Parmalash usullari
Teshiklarni parmalash. Parmalash dastgohida ish boshlashdan oldin dastgohning yerga
ulanganligini tekshirish, stolni tozalash, dastgohni salt ishlatib, sozligini tekshirib ko’rish
kerak. Dastgohni ishga tayyorlash kesuvchi asbobni shpindelga mahkamlash, zagotovkani
stolga joylashtirish, kesish va surish tartibini tanlashdan iboratdir. Parmani teshik diametri va
ishlov beriladigan zagotovka materialining qattiqlik darajasiga ko’ra tanlanadi. Parmalash
jarayonida radial tepish natijasida teshik diametri parmaning diametridan kattaroq bo’lib
qolishini doimo esda tutish kerak. Bu farqning qiymatlari quyidagicha:
Parma diametri, mm:
5
10
25 50
Parmalangan teshik diameri, m:
5,03 10,12 25,2
50,28
Dastgohni sozlash, parmani to’g’ri charxlash yoki kondo’qtor vtulkalarni qo’llash
hisobiga parmalash aniqligiga erishish mumkin. Patron yoki o’tish vtulkasini o’rnatishdan
oldin, uning quyrug’ini va teshigini yaxshilab artish, tozalash kerak, sirtlariga qirindi
zarrachalari yopishib qolmasligi zarur.
Parma shpindelь teshigiga qo’lning yengil zarbasi bilan kirishi va va o’rnab qolishi
kerak. Parmani o’rnatishda uning uchi patron tubiga tegib turishi lozim, aks holda u ish
jarayonida o’z o’zidan yuqoriga siljib ketishi mumkin. SHundan keyin dastgoh stoli va boshqa
kerakli moslamalarni artib-tozalab o’z o’rniga o’rnatiladi. Parron teshik parmalashda esa
detalning tagiga yog’och taglik (agar dastgoh stolida teshiklar bo’lmasa) o’rnatiladi. Kesuvchi
asbobning ishlov beriladigan yuzaga qat’iy perpendikulyarligiga alohida e’tibor berish lozim.
Dastgohni ma’lum aylanish chastotasiga sozlash va surish tartibi uning konstruktsiyasiga
bog’liq. Ayrim dastgohlarda aylantiruvchi tasmalarni bir pog’onadan ikkinchi pog’onaga
o’tkazish, boshqalarida esa tezliklar qutisida tishli g’ildiraklarni dastalar bilan bir rejimdan
ikkinchisiga o’tkazish mumkin. Kesuvchi asbobning turg’unligini ta’minlash maqsdida toza va
sifatli parmalash uchun sovutish suyuqligi qo’llaniladi, suyuqlik beriladigan materialning
rusumiga ko’ra ma’lumotnomalardan tanlanadi.
Yopiq teshiklar parmalashning ikki usuli bor:
1-usul-parmani zagotovka yuzasiga tekkunga qadar yaqinlashtiriladi va kesuvchi
qismining kattaligiga monand chuqurlikda parmalanadi. Vtulkali tirgak zagotovkaning
yuzasiga yetganida, unda belgilangan chuqurlikda teshik parmalanadi.
2-usul-zagotovkani dastgoh stoliga o’rnatiladi va mahkamlanadi, zagotovka yuzasiga
parmani ko’ndalang kesuvchi qirrasi bilan tekuniga qadar yaqinlashtiriladi. Dastgohdagi
- 35 -
chizg’ichni nolga o’rnatiladi. Parma kesuvchi qismining kattaligiga monand chuqurlikda
parmaning va miliga qarab chizg’ichning boshlang’ich holati belgilanadi. Bu ko’rsatkichga
parmalash chuqurligi o’lchamini qo’shish orqali kerak bo’lgan teshik chuqurligi hosil qilinadi.
Parmalash jarayonida chizg’ichga qarab, parmaning metallga qanday chuqurlikda kirib
borganligini kuzatib borish kerak.
Ko’pgina dastgohlarda chizg’ichdan tashqari limbli avtomatik surish mexanizmi
bo’ladi, bo’lar parmaning talab etilgan chuqurlikka kirish yo’lini aniqlaydi.
Aniq teshiklar parmalashga parmaning ikki yo’lida erishish mumkin. Avval detalning
teshigidan 1-3 mm dan kamroq bo’lgan, keyin teshikning o’lchamiga mos bo’lgan parma bilan
parmalanadi. Aniqlikka erishishning sharti shuki, parma yaxshi charxlangan bo’lishi kerak.
Juda yuqori aniqlikda teshik ochish uchun avtomat usulida surish, qirindilarni uzluksiz olib
tashlash va ish jarayonida suyuqlik bilan sovutish usulidan foydalaniladi.
Kichik diametrli teshiklar ulьtratovush, elektr uchqunlar bilan yoki juda aniq sozlangan
dastgohlarda parmalanadi. Ularni kichik parmalangan teshiklarni kengaytirish yo’li bilan ham
hosil qilinadi. Ammo quyish, shtamplash va shunga o’xshash usullarda tayyorlangan detal
teshiklarini parmalar bilan kengaytirib bo’lmaydi. CHunki detal teshigining markazi bilan
parma o’qining markazi har doim ham bir xil bo’lmaydi.
Spiral parma bilan parmalashda zagotovkani kalta parma bilan teshib, keyin normal
parmada to’liq chuqurlik hosil qilinadi.
Bunday parmalashda ichki kanal orqali sovituvchi suyuqlik yuborish, yo’naltiruvchi
konduktor vtulkalarini qo’llash, ikkita parma bilan parmalashni unutmaslik kerak.
Qiyin ishlov beriladigan qotishmalar va plastmassalarni parmalash. Parmalash
ishlarida parma sovituvchi suyuqliklar materialning xossalariga ko’ra tanlanadi. O’tga
chidamli po’latni parmalashda juda kuchli deformatsiyalangan tasmasimon qirindi hosil bo’lib,
u parmaning ariqchalariga tiqilib parmaga sovituvchi suyuqlikni o’tkazishni qiyinlashtiradi.
SHuning uchun bunday po’latlarni parmalashda parmaning orqa sirtlariga qirindi ajratuvchi
ariqchalar o’yiladi. O’tga chidamli po’latlarni parmalash jarayoni xlorli bariyning 5% suvli
eritmasini parmaga yuborish bilan olib boriladi.
Engil qotishmalarni parmalash e’tibor talab qiladi. Ayniqsa, magniy ML4, ML5,
alyumin va boshqa qotishmalarni parmalash birmuncha qiyinchilik tug’diradi. Magniy
qotishmalarini parmalovchi parmaning oldingi sirtiga 50
burchak ostida raxlar qilingan.
Parmaning oldingi burchagi katta, uchidagi burchak kichik (24
-90
), orqa burchaklari 15
bo’ladi. Magniyli qotishmalarga ishlov berishda asbobga katta tezlik berish qotishmaning
yonib ketishiga olib keladi.
Alyumin qotishmasiga ishlov beradigan parma burchaklari katta qilib tayyorlanadi (65
-
70
). Vintli ariqchalarning qiyalik burchagi 35
-45
, orqa burchak esa 8
-10
ga teng.
Plastmassani parmalash. Plastmassa buyumlarga hamma turdagi kesuvchi asboblar
bilan ishlov berish mumkin.
Termoreaktiv materiallarga (tekstolit, aminoplastlar, getinaks, voloknit, penoplast K18-
2 va b.) quruq usulda ishlov beriladi, kesuvchi asbobni sovutish maqsadida keskichga qisilgan
havo yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |