Quvurlarni egishni mexanizatsiyalash. Diametri 350 mm gacha bo’lgan quvurlar
maxsus dastgoh va presslarda egiladi. Quvurni halqaga aylantirish uchun uch rolikli eguvchi
dastgohdan foydalaniladi.
Zagotovkani cho’zish yordamida egish, burish stoliga ega bo’lgan eguvchi-cho’zuvchi
mashinalarda amalga oshiriladi. Bunda material mustahkamlik chegarasigacha cho’ziladi va
mustahkamligini yo’qotmaydi. Bu usul samolyot, avtomobil, dengiz kemalarining quvurlarini
egishda qo’llaniladi. Quvurni yuqori chastotali tok bilan qizdirib egish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |