Uch rolikli dastgohdan egri profillarni egishda foydalaniladi. Uning yuqoridagi roligini
pastdagi roliklarga qisilgan holatda turishi kerak. Qisqichni zagotovka profillarining tokchalari
bo’rtib ketmaydigan qilib o’rnatish kerak. Egishda roliklarga tushgan qirindi va boshqa
chiqindilarni cho’tka bilan tozalash yoki lattada artib turish, profil zagotovkaga (ular alyumin
- 22 -
qotishmalaridan tayyorlanadi) quyuqroq moy surtish kerak.
Katta radiusdagi profillar uch rolikli dastgohda bir necha marta takror egiladi. Profil
prokatni aylana yoyi yoki spiral bo’yicha egish uchun to’rt rolikli dastgohlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: