- 13 -
qulay. Bu chiziqlar eng oldin chizib olinadi.
Rejalanadigan sirtlarni bo’yash
Bo’yash vositalari
Rejalanadigan sirt
Surkash usullari
Suvda sut quyuqligigacha qorilgan bo’r,
zag’ir moy (elimlovchi modda), sikkativ
(tez qurish uchun)
Quyma va
pokovkalarning
ishlanmagan sirtlariga
CHo’tka bilan surkaladi
Suvda sut quyuqligigacha qorilgan bo’r,
1l suvga 50g duradgorlik yelimi (elimni
aloxida eritib, so’ngra bo’r bilan birga
qaynatish kerak)
Qora metallarining
ishlanmagan sirtlari
CHo’tka bilan surkaladi
Bo’r bo’laklari
Uncha mas’uliyatli
bo’lmagan hollarda
ishlanmagan sirtlar
uchun
Ishqalab surkaladi
Mis kuporosi (1 stakan suvga 2-3 choy
qoshiq kuporos), kimyoviy ta’sir
natijasida detalь sirtida mis qatlami
o’tirib qoladi
Ishlangan sirtlar
(po’lat, cho’yan)
CHo’tka bilan (eritma
zaharli). Kuporos bo’lagi
xo’llangan sirtga ishqalanadi
Tez quruvchi bo’yoq va laklar
Ishlangan katta po’lat
va cho’yan sirtlar,
alyuminiy quymalar
CHo’tka bilan surkaladi
Sirtda eritilgan shellak, ufo’qsin bilan
qizil rangga bo’yaladi
Ishlangan sirtlar,
alyuminiy quyma
CHo’tka bilan yupqa qilib
surkaladi
Bo’yalmaydi
Rangli metallar,
qaynoqligicha
dumalatib ishlangan
list va profilli po’lat
materiallar
Barcha o’lchamlar shu tanlangan bazalarda qo’yilishi kerak. O’lchamlarni zanjir
tarzida, ya’ni birin-ketin qo’yish mumkin emas, chunki bunda xatolar ko’payadi.
Rejalash plitasi
Rejalash maxsus plitalarda bajariladi (6-
rasm). Rejalash plitalari mayda donli kul
rang cho’yandan quyib yasaladi. Ularning ish
sirti yaxshi ishlangan bo’ladi. Plitalarni
yog’och
stollar
yoki
fundamentlarga
o’rnatishda
ularning
yuqori
tekisligi
gorizontal turishiga e’tibor beriladi (bu
«shayton»ga qarab tekshirib ko’riladi).
Rejalash chiziqlari chizishning quyidagi tartiblari qabul qilingan: oldin gorizontal
chiziqlar (chizg’ich va chizg’ich yordamida), so’ngra vertikal chiziqlar (chizg’ich va go’niya
yordamida), keyin qiya chiziqlar va oxirida yoy va aylanalar (tsirkulь, shtangentsirkulь va
h.k.lar yordamida) chiziladi. Yoylarni oxirida chizish to’g’ri chiziqlarning aniq chizilganligini
tekshirishga imkon beradi, agar ular to’g’ri chizilgan bo’lsa, yoy ularni ravon tutashtiradi.
Ba’zan, yoy hamda aylanalarni qiya chiziqlar, ba’zi vertikal va gorizontal chiziqlardan
ham oldinroq chizish yaxshiroq bo’ladi. To’g’ri chiziqlarni chizishda-chizg’ichni chizg’ichga
zich taqab yurgizish kerak.
Buning uchun uni rejalanayotgan sirtga 75-80
0
burchak ostida qiya ushlanadi. Bundan
tashqari, chizg’ich harakat yo’nalishi tomonga og’dirib ushlanadi. Rejalash chiziqlari o’tkazish
paytida qrolning vaziyati o’zgarmasligi
lozim.
- 14 -
CHiziqni faqat bir marta chizishga ruxsat beriladi. Uni ikkinchi marta chizganda xuddi
ilgarigi joy ustidan yurgizish qiyin, natijada bir necha parallel chiziqlar hosil bo’ladi va ulardan
qaysi biri zarurligini bilib bo’lmaydi. Agar chiziq yaxshi tortilmagan bo’lsa, uni bo’yab
yuborish va boshqatdan chizish kerak.
Vertikal chiziqlar go’niya yordamida chiziladi. Bunda yassi go’niya lineykaga taqab
qo’yiladi. Tokchali go’niya esa zagotovkaning ishlov berilgan qirralariga taqab yurgiziladi.
Agar detalning sirtlari ishlanmagan bo’lsa, go’niyani rejalash plitasiga qo’yib, surilib
ketmasligi uchun ustidan yuk bostirib qo’yiladi. Go’niya plitaning yon tekisliklariga nisbatan
to’g’rilanadi. SHundan so’ng chiziqlar chiziladi. Aniq rejalashda perpendikulyar chiziqlarni
geometrik yasashlar yo’li bilan chiqariladi.
Parallel chiziqlar chizishda ularning boshi va oxiriga belgi tushirib, shular orqali chiziq
tortiladi. Agar imkon bo’lsa, parallel chiziqlarni T-simon tokchali go’niya yordamida chiziladi.
Bunda u zarur masofaga surib turiladi.
CHiziqlarga o’lchamlarni qo’yishda boshlang’ich nuqtaga kichkinagina kern
(chuqurcha) tushirish kerak. SHunda tsirkulь surilib ketmaydi. So’ngra tsirkulь bilan kaltagina
yoycha chizib, kesishish o’rni kernlab va h.k. Barcha kesmalar qo’yilgandan so’ng ularning
umumiy uzunligi tekshirib ko’riladi, chunki har bir kesmani qo’yishda xatoga yo’l qo’yilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |