Tekshiruv taxtalari katta sirtli detallarni tekshirish uchun qo’llaniladi. Ular mayda
donali kulrang cho’yandan yasaladi. Ish yuzasining aniqligi bo’yicha taxtalar 4 klassga
bo’linadi: 0, 1, 2 va 3. Birinchi uch klassi tekshiruvda, to’rtinchisi esa rejalashda qo’llaniladi.
Taxtalarda bo’yoq usulida tekshirish yuqorida ko’rsatib o’tilgandek bajariladi.
SHtangenasboblar
SHtangenasboblar mashinasozlikda ko’p qo’llaniladi. Ulardan detallarning ichki, tashqi
diametrlari, uzunligi, eni, qalinligi, chuqurligi va boshqa qismlarini o’lchashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |