markaz teshiklari bo’lsa, markazlash yoki bo’lish moslamalarida rejalanadi. Oldin o’zaro
- 57 -
perpendikulyar ikkita markaz chiziqlari-koordinata o’qlari, keyin boshqa o’lcham va chiziqlar
chiziladi.
Andazalar bo’yicha rejalash. Har bir sirt uchun zarur shaklli andaza tayyorlab olinadi.
Zagotovkada joylashtirish uchun unda uchlariga kertiklar qilingan markaz chiziqlari bo’ladi.
Reysmas vositasida zagotovkaga markaz chiziqlari chiziladi. Andazadagi markaz chiziqlari
zagotovkadagi markaz chiziqlariga to’g’ri keladigan qilib andaza zagotovkaga taqaladi va
chizg’ich bilan uning konturi chizib olinadi. Andazadan foydalanish natijasida rejalashga
ketadigan vaqt ancha qisqaradi va rejalash osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: