1. Metall sirtini boshqa metall bilan koplash. Temirni rux bilan qoplash anod qoplama deyiladi. Qoplama
yemirilmaguncha qoplanuvchi metall yemirilmaydi. Temirni mis yoki qalay bilan qoplash katod qoplama deyiladi.
2. Metall sirtini metall bo’lmagan moddalar bilan koplash. Lak, buyoq, rezina, surkov moylari (solidol, vazelin,
3. Metallarga turli qo’shimchalar kiritish. Odatdagi po’latga 0,2-0,5% mis qo’shish yo’li bilan po’latning kor-
roziyaga chidamliligi 1,5-2 marta oshirish mumkin. Zanglamaydigan po’lat tarkibida 12% ga qadar xrom bo’ladi. Bun-
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
64
4. Metall sirtida kimyoviy birikmalar hosil qilish usuli bilan qoplamalash. Maxsus kimyoviy operatsiyalar
o’tkazib, metall sirtini korroziyaga chidamli birikmalar pardasi bilan qoplash mumkin. Bunday pardalar — oksidli,
fosfatli, xromatli va h. pardalar nomi bilan yuritiladi. Metall sirtida korroziyaga chidamli oksid parda hosil qilish ja-
rayoni oksidirlash deyiladi. Metall buyumni oksidlashning uch xil usuli mavjud: 1) metall buyum sirti yuqori haroratda
organik moddalar bilan oksidlantiriladi (qoraytiriladi, ko’kartiriladi va hokazo); 2) metall buyum (MnO
2
, NaNO
3
,
K
2
Cr
2
O
7
kabi) oksidlovchi moddalar ta’sirida konsentrlangan ishqor eritmasi bilan suyuqlikning qaynash haroratigacha
qizdiriladi; 3) metall buyumni biror elektrolit eritmasi ichida anod qutbga joylab elektroliz o’tkaziladi, bu jarayon
an-
odirlash deyiladi.
Korroziya jarayonining tezligiga eritmalarda bo’lgan ionlar, ya’ni H
+
va OH
–
ionlari (eritma muhiti - pH) katta
ta’sir ko’rsatadi. H
+
ionlari ko’paysa korroziya kuchayadi, OH
–
ionlari temirning korroziyalanishini susaytiradi, ammo
amfoter metallarning korroziyalanishini tezlashtiradi.
Korroziyani tezlashtiruvchi moddalar korrozion aktivatorlar deyiladi. Korrozion muhitga qo’shilganda metal-
larning korroziyalanishini susaytiruvchi moddalar korrozion ingibitorlar deyiladi. Masalan, aminlar, mochevina,
aldegidlar, xromatlar, fosfatlar, nitritlar, silikatlar va h. korrozion ingibitorlardir.
Nazorat uchun savol va mashqlar.
1. Metallar korroziyasi deb nimaga aytiladi? Kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya orasida kanday farq bor?
2. Ushbu metallar bir-biriga tegib turadi: Zn va Fe, Fe va Sn, Fe va Cu.
Shu metallar juftlaridan qaysilari sulfat kislotada ancha shiddatli eriydi?
3. Odatdagi po’latning suvda korroziyalanish jarayonlarining tenglamalarini yozing?
4. Metallarni korroziyadan himoya qilishning eng muhim usullarini aytib bering?
5. Metallar korroziyasining ingibitorlari nimadan iborat va ular qanday hollarda ishlatiladi?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
1. Korroziya
5. Katod qoplama
2. Korrozion aktivatorlar
6. Elektrokimyoviy korroziya
3. Korrozion ingibitorlar
7. Gaz korroziya
4. Anod qoplama
8. Kimyoviy korroziya.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rahimov X.R. «Anorganik ximiya», T.: «O’qituvchi»-1984.
2. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9
b.
3. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. «Umumiy va anorganik kimyo», T.: «O’qituvchi»-1996.
4. Glinka N.L. «Umumiy ximiya», T.: «O’qituvchi»-1986.