13.3. Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish
Zamonaviy, shu jumladan xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy moliyalashtirish
kabi istiqbolli va dinamik yo’nalish borgan sari ko’proq rivojlanish olmoqda. Bu
innovatsion faoliyatda moliyaviy va bank ishtirokining turi sanoatning ko’p resurslar va
sarmoyalar iste’mol qiluvchi sohalari ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash,
takomillashtirish va yangilashga ayniqsa muhtoj mamlakatlar va mintaqaoar uchun ayniqsa
dolzarbdir.
Hozirga qadar rivojlangan mamlakatlarda moliyalashtirishda elektr energiyasi, foydali
qazilmalarni qazib olish bilan bog’liq investitsion loyhalar katta ommaviylikka ega
bo’lganlar. Endi loyihaviy moliyalashtirish ham sanoatning infratuzilmasini va qayta ishlab
chiqaruvchi sohalari bilan bog’liq va ham ilmiy-texnik yangiliklar va ilg’or
texnologiyalarga qaratilgan sanoat ob’ektlarining ko’pchiligiga keng tarqalgan. Keyingi
yo’nalish yuqori texnologik, ko’p ilm iste’mol qiluvchi ishlab chiqarishlarga investitsiyalar
kiritishning kam sonli tajribasida paydo bo’lgan.
Loyihaviy moliyalashtirish an’anaviy ravishda investitsion loyihalarga
mo’ljallanganligiga qaramasdan, hozirgi vaqtda bu usullar noyob novatorlik yondoshishlar
va tubdan yangi ishlab chiqarishlar sohasiga tez kirib bormoqda. Bunda, shubhasiz,
loyihaviy va moliyaviy xatarlar, demak loyihalarni ekspertli baholashga talablar ham
o’sadi. Bu masalalarni ham uslubiy va ham amaliy va tashkiliy jihatdan hal qilish zarur.
Nafaqat kreditorlarni, balki mahsulotning yaroqligini baholash va xatarni bartarf qilishga
qodir mustaqil maslahatchilarni topish qiyin. Ishonchli ta’sischilar, samoyadorlar,
kafolatchilar, pudratchilar va operatorlardan tashkil topgan loyihaviy jamoani tanlab olish
undan ham qiyin. SHunga qaramasdan xuddi innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish
bugun eng katta qiziqishni uyg’otadi.
Loyihaviy moliyalashtirish kamida innovatsion faoliyatni tashkil qilish va
moliyalashtirish haqidagi uchta printsipial qoidalarni ishonchli ravishda namoyish qiladi.
Birinchisi-sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida shu narsa ko’rinadiki, innovatsion
jarayonlarning asosiy qismini har xil darajada va ko’lamdagi xususiy kompaniyalarning
kuchlari bilan malga oshirish mumkin. SHubhasiz, innovatsion jarayonlar bu yerda
maqsadning o’zi emas, balki tadbirkorlik muvaffaqiyatiga erishish vositasi sifatida
bo’ladilar. Innovatsion biznes har xil tashkiliy fondlarda akademik “sof fan” va xususiy
sarmoya manfaatlari o’rtasida vositachi bo’ladi, chunki innovatsion jarayon daromadli
sifatida ko’rib chiqiladi.
Ikkinchisi- davlatning innovatsion siyosati nafaqat innovatsion jarayonga to’g’ridan
to’g’ri ta’sir ko’rsatishda, balki innovatsiyalar uchun innovatsiyalarni davlat tomonidan
vositali qo’llab-quvvatlanishining har xil moliyaviy qonunchilik, soliq, sotsial va boshqa
usullari bilan bir qatorda qulay iqtisodiy muhitni yaratilishida namoyon bo’lishi mumkin.
Davlat o’zbek iqtisodiyotining hozirgi holatida innovatsion siyosatning asosiy yukini
o’ziga ololmaydi, ammo innovatsion biznesni qo’llab-quvvatlovchi tadbirlarning to’liq turli
tumanligini ta’minlashi mumkin.
Va nihoyat, uchinchisi- inovatsion faoliyatning egiluvchanligi, ko’p variantliligi va
muqobilliligi davlat va xususiy tadbirkorlik, xususiy va xorijiy sarmoyadorlar
hamkorligining ko’p sonli shakllarini vujudga kelishiga juda yaxshi yordam beradi.
Loyihaviy moliyalashtirishning kengroq amaliyoti va innovatsion faoliyatni rivojlanishi
agar davlat siyosiy, makroiqtisodiy va yirik ekologik xatarlardan kafolatchi bo’lgan holda
o’ziga munosib o’rinni topishlari mumkin. O’zbekistonda innovatsion biznesni rivojlanishi
uchun dastlabki sharoitlar yaratilgan.
155
Agar venchurli sarmoyalardan ilmiy faoliyatni uning har qanday bosqichida
moliyalashtirishni tashkil qilish uchun foydalanish mumkin bo’lsa, unda loyihaviy
moliyalashtirishning tashkilotchisi bunday xatarga bora olmaydi. SHuning uchun
loyihaviy moliyalashtirish holida bozor sharoitida loyihani amalga oshirishdan pul
mablag’larining oqimi krelditni qaytarishning yagona manbai bo’ladi. Innovatsion va
venchurli biznes va loyihaviy moliyalashtirish o’rtasidagi katta farq shundan iboratki,
loyihaviy moliyalashtirish tijorat talabi shakllantirib bo’lingan mahsulotlarga nisbatan
qo’llaniladi.
Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirish ostida ko’pincha moliyalashtirishni
tashkil qilishning shunday turi nazarda tutiladiki, unda loyihani sotishdan olingan
daromadlar qarz majburiyatlarini to’lashning yagona manbai bo’ladi. SHunga qaramay har
xil mamlakatlarda “loyihaviy moliyalashtirish” atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan,
AQSHda uning ostida moliyalashtirishni shunday tashkil qilish tushuniladiki, unda
investitsion loyihalarning katta qismi ta’sischining shaxsiy mablag’lari hisobiga
moliyalashtiriladi, loyihani sotishda daromad qarz majburiyatlarini to’lashning yagona
manbalaridan bo’ladi.
Evropada bu atama loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy
resurslarni taqdim etishning har xil variantlari va yo’llariga nisbatan qo’llaniladi. Keyingi
vaqtda “loyihaviy moliyalashtirish” atamasi ham banklar tomonidan taqdim etiladigan
kreditlarga va ham vositali byudjetli qo’llab-quvvatlashga, har xil davlat tashkilotlari,
investitsion fondlar, sug’urta kompaniyalari va boshqa manfaatdor sarmoyadorlarning
qo’llab-quvvatlashiga asoslangan moliyaviy va tijorat operatsiyalari tizimiga nisbatan
qo’llaniladi.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishga asosiy talablar ta’sischilar va ularning
sheriklarining nufuzli tarkibi, loyihaning malakali tahlili, omilkorona tuzilgan texnik-
iqtisodiy asoslanish, loyiha tadbirlarining bank bilan oldindan kelishib olish, loyihani
yetarlicha kapitallashtirilishi, uni texnik-texnologik amalga oshirilishi va yuqori
foydalanish ta’riflarida iborat. Loyiha va hukumat muassasalarini aniq taqsimlanishi,
loyihaviy moliyalashtirish ob’ektini atroflicha bilishni muhim deb hisoblash kerak.
Loyihaviy yondoshish talablariga mosroq keluvchi sohalarga qazib chiqaruvchi
sohalar va energetika, neftь- gaz xomashyoni qayta ishlash, energiyaning muqobil
manbalari, mashinasozlik, asbobsozlikning belgilangan turlari, qurilish materiallarining
ba’zi bir turlari hamda istiqbolli kimyoviy mahsulotlarni kiritish mumkin. SHu jumladan,
“sof” loyihaviy moliyalashtirish na moliyalashtirishning qo’shimcha manbalarini va na
qo’shimcha kafolatlarni talab qiladi va xatarning har xil turlarining ma’qul darajasiga
asoslangan.
Agar pul mablag’larining birlamchi manbai (loyiha) talablarga adekvat bo’lmasa, unda
kafolatchining aktivlari yoki byudjet subsidiyalari qarzni to’lashning ikkilamchi manbai
bo’lib xizmat qilishlari mumkin. Misol sifatida qazib chiqaruvchi sohalarning ko’p ilm
iste’mol qiladigan ishlab chiqarishlari, yuqori texnologiyalar, telekommunikatsiyalar
tizimlari, kompьyuter tarmoqlarini ishlab chiqish dorivor moddalar va nozik organik
sintezning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishni keltirish mumkin. Loyihaviy
moliyalashtirishning ko’pgina operatsiyalari “sof” sxemadan farq qiladilar. Bu nostandart
xavflarning o’rnini qoplash va sotishdan tashqari tushumlar, yuqoriroq foizli stavkani
taqdim etish va amortizatsion ajratmalar, soliq imtiyozlari hisobiga tushumlar va ko’pgina
boshqa narsalar bo’lishlari mumkin.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishda hukumat idoralari va xalqaro
tashkilotlarning kafolatlarini olish alohida rolь o’ynaydi. Ammo loyihaviy
156
moliyalashtirishga, qoidaga ko’ra, pul mablag’larining beqaror oqimi generatsiyalanadigan,
ularning aktivlari esa qarzni to’lashning ishonchli ikkilamchi manbai bo’lib xizmat
qiladigan ob’ektlar kiritiladi. Xatarlar loyihaning tashkilotchilari, kreditorlari va
kafolatchilari o’rtasida taqsimlanishi uchun ko’pgina loyihalarni turkumlashtirishga imkon
beruvchi loyihaviy xatarlarni diversifikatsiyalash loyihaviy moliyalashtirishning
imkoniyatlarini kengaytirishning muhim tamoyili bo’ladi.
Innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning bir necha turlari mavjud. Loyihaning
o’zining, uning ishtirokchilarining kredit qobiliyati, ularning kreditni uchinchi shaxslar
tomonidan to’lash kafolatlari hisobga olinmagandagi yashash qobiliyatiga asoslangan
molyailashtirish asosiy bo’ladi. Loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan
aul oqimlari qarzni to’lashning manbai bo’luvchi investitsiyalarni moliyalashtirishni
uchinchi tur deb hisoblash mumkin. Moliyalashtirishning shunday turi uchinchi deb
hisoblanadiki, bunda ham loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan naqd
mablag’lar oqimlari va ham korxona aktivlari kreditni ta’minlanishi bo’lib xizmat
qiladilar.
Korxonaning o’zining iqtisodiy va texnik yashash qobiliyati kreditni ta’minlashi loyihaviy
molilashtirishning to’rtinchi turi bo’ladi
21
.
Innovatsion loyihalar o’z xususiyatalriga ega. Loyihali moliyalashtirish usullari va
yirik kapital kiritmalarni baholash va ilmiy-texnik loyihalarni tanlab olish uchun talab
qilinadigan moliyaviy tahlil tadbirlari qo’llanilayotgan tadbirlarni adekvatligi va bir
xildaligi o’aqidagi farazlarga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi G.N.Bicc. Ammo bu ikki
loyihalar o’rtasida muhim farqlar mavjud. Yangi sanoat ob’ektlari qurilishiga kapital
kiritmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborotlar hatto eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarning
ko’pchiligi uchunligiga qaraganda, ayniqsa boshlang’ich bosqichlarda ancha
ishonchliroqdir.
Innovatsion loyihalar ancha katta noaniqlik bilan farqlanib turib, shunday afzallikka
ega, ular ishlab chiqarishning ancha erta bosqichlaridayoq kichik moliyaviy yo’qotishlarda
to’xtatilishlari mumkin. Ilmiy-texnik loyihalarni tanlab olishda axborotlarning
investitsiyalarga nisbatan cheklanganlik omili o’ziga e’tiborni qaratadi.
Ilmiy-texnik loyihalarda axborotlarni adekvant emasligicha ancha ko’p duch kelishi
mumkin. Mustaqil ekspertlarning fikrlarini korrelyatsiyalash g’oyatda murakkabdir.
SHunday hollarda ma’lumki, ekspertizaning birinchi bosqichida qaytarilgan innovatsion
loyihalar keyin ishlab chiqaruvchilarga misli ko’rilmagan muvaffaqiyat keltirganlar
(masalan, British Airlines, “Mitsubisi”, Appel va ko’pincha boshqa kompaniyalarga).
Innovatsion loyihalar nafaqat ko’p mezonliligi va noaniqlikning katta darajasi bilan,
balki sifatli bahosi bilan ham past ajralib turadilar. Xuddi shuning uchun
muvaffaqiyatning integral mezonlari va qo’llangan harakatlarning olingan natijalarga
muvofiq mosligini belgilashning maxsus tadbiri zarur. Innovatsion loyihani tanlashning
eng muhim mezonlari 2-rasmda berilgan.
SHubhasiz, mezonlarning ko’proq miqdorlarini qanoatlantiradigan loyiha
muvaffaqiyatliroq bo’ladi. Albatta, taklif qilingan innovatsion loyihalardan variantni tanlab
olish g’oyatda qiyin. SHuning uchun loyihaviy xatarlarni kamaytirish va loyihaning
muvaffaqiyatliligi parametrlarini muvofiqlashtirish uchun portfelli yondoshish keng
qo’llaniladi.
Innovatsiyalar portfeli yirik va kichik, muddatlari bo’yicha uzoq va qisqa,
belgilanishi va amalga oshirilishi tamoyillari bo’yicha har xil bo’lgan turli tuman
21
Âåðòàêîâà Þ.Â. Ñèìîíåíêî Á.Ñ. Óïðàâëåíèå èííîâàöèÿìè: òåîðèÿ è ïðàêòèêà. –Ì.: Âыñøåå
ýêîíîìè÷åñêîå îáðàçîâàíèå, 2008.
157
loyihalarga ega bo’lishi kerak. Bu innovatsiyani moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning
yuqori natijaviyligi bilan bir vaqtda muvofiq tatbiq etish, hamda firma raqobatining
muvaffaqiyatli strategiyasi uchun zarurdir. Portfelning mazmuni yetarlicha tez tez tavtish
qilinishi, qayta ko’rib chiqilishi va yangilanishi kerak.
Katta portfelga xatarning yuqori darajasi bilan ta’riflanadigan ustuvor yangilik
kirtishlari bo’yicha loyihalarni kiritish mumkin bo’ladi, chunki bu holda cheklashlar
portfelning umumiy xatari yo’l qo’yiladigan chegarasidan oshib ketmasligidan iboratdir.
Mana shuning uchun bunday portfelning tarkibiga eskilikka xos innovatsiyalar bilan bir
qatorda yangilikning yuqori darajasiga, ammo past rentabellikka ega loyihani va
aksinchasini kiritish mumkin.
Kichik va mayda loyihalardan tashkil topgan loyiha har bir qator xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Har bir loyiha muvaffaqiyat holida sotishlarning nisbatan kamtarona hajmi
va foydaning katta bo’lmagan miqdori bilan ta’riflansa ham, u yirikroq loyihalarga
qaraganda, foydaning yuqori me’yori bilan generatsiyalanishi mumkin. Buning ustiga
kichik loyihalar ancha kam resurslarni talab qiladilar. Kichik loyihalarni ishlab chiqish
sur’atlarini bashoratlash osonroq. SHunday qilib, kichik loyihalarning portfeli, tezroq,
yetarlicha foydali innovatsiyalarning bir tekisdagi oqimin shakllantiradilar. Ammo, kichik
loyihalar bir qator kamchiliklar bilan ham ajralib turadilar: ular beqaror tashqi muhitga
ta’sirchandirlar, ishlab chiqarish fondlari va texnologiyalar sifatiga yuqoriroq talablarni
ilgari suradilar, xatarlarni rivojlanishi imkoniyatlarini toraytiradilar.
Har qanday loyihaning yakuniy muvaffaqiyati nafaqat uning o’lchamiga, balki
inovatsion va moliyaviy menejerning loyihalarni rejalashtirish va boshqarish bo’yicha
malakasiga bog’liqdir.
Inovatsion loyihalarni sinchiklab va ko’p tomonlama tahlil qilish va tanlab olish
portfelining tarkibini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Yechimni ishlab chiqish uchun
yagona algoritm mavjud emas. Har bir aniq holda mezonlarning o’z guruhi ustun kelishi
mumkin. SHundan kelib chiqqan holda, innovatsion loyihalarni tahlil qilish tizimi
qo’llanilayotgan uslubiyotining ko’pligi bilan ajralib turadi: bu moliyaviy, investitsion va
texnik-iqtisodiy tahlil usullari, metematik-statistik modellar, ekspert baholari tizimi,
mahsulotning ilmiy-texnik darajasi va sifati tahlilidir. Ilmiy-texnik yangiliklarni
bashoratlash va tizimli tahlili bilan ko’pgina mamlakatimiz va xorijiy olimlar
shug’ullanganlar.
Ta’kidlash kerakki, innovatsion loyihalarni tahlil qilish va tanlab olish yangilik
yashash davrining barcha bosqichlari uchun xarajatlarni har xil texnik yechimlar va
moliyaviy iqtisodiy omillarni hisobga olish bilan bashoratlashga imkon beruvchi usullar va
yo’llarning yig’indisi asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |