5
1-Mavzu. Iqtisodiy geografiya fanining predmeti, mazmuni, maqsadi va
vazifalari
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. 2011-2015 yillarda
Respublika sanoatini rivojlantirish to’g’risidagi Qarori va “Mustaxkam oila yili”
ma’ruzalari mohiyati.
2. Fanni o’rganish ob’ekti va predmeti.
3. Iqtisodiy geografiya tushunchasi.
4. Fanning asosiy vazifalari.
5. Fanning metodologik asosi va tadqiqot usullari.
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. 2011-2015 yillarda
Respublika sanoatini rivojlantirish to’g’risidagi Qarori va “Mustaxkam oila
yili” ma’ruzalari moxiyati.
O’z-o’zidan ayonki, jahon bozorida kechayotgan inqiroz jarayonlari o’tgan
davrlar mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish ko’rsatkichlariga
ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi
2010 yili sanoat ishlab chiqarishi 6,3 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari
yetishtirish 6,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 16,4 foiz va aholiga pullik xizmatlar
ko’rsatish 16,1 foizga barqaror yuqori sur’atlar bilan o’sdi.
Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini birgina
misolda, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda
sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011
yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga yetganini yaqqol ko’rish mumkin.
Sanoat mahsuloti umumiy o’sishining qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha
qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan sohalar
tashkil
etdi.
Bugungi
kunda
iqtisodiyotimizning
lokomotiviga
aylangan
mashinasozlik va avtomobilsozlik (12,2 foiz), kimyo va neftь-kimyo sanoati (9,4
foiz), oziq-ovqat sanoati (13,1 foiz), qurilish materiallari sanoati (11,9 foiz),
farmatsevtika va mebelsozlik (18 foiz) 2011 yilda jadal sur’atlar bilan rivojlandi.
Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan
yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya
siyosati yuritishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2011 yilda iqtisodiyotimizning real sektoriga qariyb 2 milliard 900 million
dollar hajmida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, ularning 78,8 foizi to’g’ridan
to’g’ri xorijiy investitsiyalardir. Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib
borilishi natijasida o’nlab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Jumladan, “Jeneral
Motors Pavertreyn O’zbekiston” qo’shma korxonasida yuqori texnologiyalar
asosida avtomobilь dvigatellari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. SHuningdek,
avtomobilь generatori va kompressorlari ishlab chiqarish bo’yicha quvvatlar barpo
etildi, energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo’yicha uchta loyiha amalga
oshirildi. SHular qatorida “Zenit elektroniks” qo’shma korxonasida “Samsung” kir
yuvish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari,
6
konditsionerlar, elektr pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish
yo’lga qo’yildi.
“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho’’ba korxonasida suyultirilgan
gaz ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi
qurilmasining birinchi navbatini, Samarqand viloyatida “MAN” yuk tashish
mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod
etish ishlari yakuniga yetkazildi.
Navoiy issiqlik elektr stantsiyasida bug’-gaz qurilmasini barpo etish,
O’zbekiston — Xitoy gaz quvurining uchinchi yo’nalishi kabi yirik loyihalarni
amalga oshirishda qurilish-montaj ishlari qizg’in pallaga kirdi.
Navoiy shahridagi erkin industrial-iqtisodiy zona muvaffaqiyatli faoliyat yurita
boshladi, uning hududida yangi tashkil etilgan korxonalarda spidometrlar,
avtomobillar uchun o’tkazgichlar, kompressorlar, raqamli televizion tyunerlar,
energiyani tejaydigan lampalar, yoritish uskunalari, diodli lampalar, modemlar,
polietilen va polipropilen quvurlar, kosmetika vositalari hamda tibbiyot mahsulotlari
ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin
tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka
erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh
etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish,
yuqori
texnologiyalarga
asoslangan
yangi
korxona
va
ishlab
chiqarish
tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni
modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan
amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi
turlarini o’zlashtirish bo’yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
dasturiga muvofiq, 2012 — 2016 yillarda hisob-kitoblar bo’yicha qiymati 6 milliard
200 million dollar bo’lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha
tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o’ta muhim
ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshirish mo’ljallanmoqda. Jumladan,
Surg’il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o’g’itlar va
Qo’ng’irot soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg’i ishlab
chiqarish zavodini qurish ishlari yakunlanmoqda.
SHuningdek, Tollimarjon issiqlik elektr stantsiyasida ikkita bug’-gaz
qurilmasi, Angren issiqlik elektr stantsiyasida yangi energoblok qurish, avtomobilь
shinalari va transportyor tasmasi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, to’qimachilik
korxonalari quvvatlarini yanada kengaytirish va butun texnologik jarayonni
takomillashtirish bo’yicha loyihalari amalga oshirilmoqda.
Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash
ishlarini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasining roli tobora ortib bormoqda.
Hozirgi vaqtda ushbu Jamg’arma kapitali 9 milliard dollardan oshib ketdi.
2012 yilda Jamg’arma mablag’lari hisobidan sanoat va ishlab chiqarish
7
infratuzilmasining yetakchi tarmoqlarida 758 million dollardan ziyod hajmdagi 29
ta strategik investitsiya loyihasini birgalikda moliyalash mo’ljallangan bo’lib, bu
2011 yilga yilga nisbatan 38,2 foizga ko’p demakdir.
Strategik
ahamiyatga molik loyihalarning amalga oshirilishini alohida
nazoratga olish, loyiha-smeta hujjatlarining puxta ishlanishini, tanlov savdolarining
o’z vaqtida o’tkazilishini, zarur asbob-uskunalarning yetkazib berilishi bo’yicha
shartnomalar tuzilishi hamda qurilish-montaj ishlarining belgilangan muddatlarda
bajarilishini ta’minlash maqsadida 2011 — 2015 yillarda infratuzilmani, transport
va kommunikatsiya qurilishi rivojlanishini jadallashtirish to’g’risidagi dasturni
qabul qilinishi sanoatni rivojlantirishda ayni muddao bo’ldi. Dasturda nazarda
tutilgan ushbu loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirishga to’sqinlik
qilayotgan muammolarni hal etish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilinishini
ta’minlash Vazirlar Maxkamasi zimmasiga yuklatilgan bo’lib, mas’ul idoralar,
tashkilotlar tomonidan doimiy nazorat komissiyalaari tuzilgan.
2012 yil 27- fevral kuni Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan “Mustahkam
oila yili” Davlat dasturi qarorini qabul qilindi. 2012 – yilni “Mustahkam oila yili”
davlat
dasturining
asosiy
maqsadi
jamiyatning
asosi
bo’lgan oilalarni
mustaxkamlash va rivojlantirish, ayniqsa yosh oilalarni xuquqiy va ijtimoiy-
iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish
borasida olib borilayotgan ishlarni sifat jihatdan yaxshilash, jismonnan sog’lom, har
tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish,
mustahkam, sog’lom oilani shakllantirishda mahallalarning mavqeini yanada
oshirish va rolini kuchaytirishga qaratilgan.
Oila sog’lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustaxkam ekan – mamlakat
barqaror degan tamoyildan kelib chiqqan holda “Mustahkam oila yili” Davlat
dasturini amalga oshirishning eng muhim yo’nalishlari quyidagilar belgilandi:
- Qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish
- Yosh oilalarga e’tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish
- Oila, birinchi navbatda ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda
davlat va jamiyat tomonidan hamkorlikni yanada kuchaytirish
- Sog’lom ona-sog’lom bola ta’moyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik
va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish
- Jamiyatning ma’naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy
qadriyatlarni asrab avaylash va mustaxkamlash
- Jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol
avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish.
Ushbu yo’nalishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish va hayotga joriy
etish bo’yicha Davlat dasturi ishlab chiqildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, mazkur
dasturni amalga oshirish uchun 2012 yilda moliyalashning barcha manbalari
hisobidan qariyb 4 trillion 400 milliard so’m va 370 million dollardan ortiq mablag’
yo’naltirilishi rejalashtirildi.
Bu mablag’ning 60 foizga yaqinini davlat mablag’lari, 25 foizini tijorat
banklari kreditlari, qariyb 15 foizini mas’ul ijrochilarning o’z mablag’lari hamda
8
360 million dollardan ortig’ini xalqaro institutlar va donor mamlakatlar mablag’lari
tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |