Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

4.Rekultivatsiya 
 
Ma’danlar  qazib  olingan  kar  yerlar,  chiqindi  jinslar  to’plamalari  terrikonlar, 
ag’darmalar,  burg’ilash  maydonlari,  kon  qazib  olish  bilan  bog’liq  bo’lgan  boshqa 
hududlarda  tabiiy  muhit  buziladi.  Bunday  joylar  odatda  «buzilgan  yerlar»  deb  ataladi. 
Buzilgan  yerlar  rel  yefi  o’ydim-chuqur,  qir-tepalik  bo’lib  ketadi  va  o’simlik  olami 
umuman  yo’qoladi.  Konlar  qazib  olib  bo’lingandan  keyin  ular  o’rnida  tarkib  topgan 
bunday  buzilgan  yerlardan  foydalanish  qiyin  bo’lib  qoladi.  SHuning  uchun  ular  qayta 
tuzatilishi,  ya’ni rekul  tivatsiya  qilinishi  lozim  bo’ladi. 
Buzilgan 
yerlarning  mahsuldorligini  qayta  tiklash  va  ularning  xo’jalik 
samaradorligini  yana  ko’tarish  maqsadida  rekul  tivatsiya  ishlari  amalga  oshiriladi. 
Rekul  tivatsiya  ikki  bosqichda,  ya’ni  texnik  va  biologik  bosqichlarda  kechadi. Texnik 
bosqichda  yerlar  tekislanadi,  rel  yefning  notekisligi  foydalanish  maqsadiga  moslab 
o’zgartiriladi,  tub  tog’  jinslari  ustiga  tuproq  yotqiziladi.  Terrikonlar,  ag’darmalar  usti 
tekislanadi,  yonbag’irlari  zarur  qiyalikka  keltiriladi.  SHundan  so’ng  biologik  rekul 
tivatsiya  bosqichida  tuproqlarning  umumdorligini  oshirish  bo’yicha  tadbirlar  amalga 
oshiriladi,  deflyatsiya  va  sho’rlanish  hodisalarning  oldini  olish  bo’yicha  ishlar 
bajariladi.   
Karerlar,  shaxtalar,  burg’ilash  ishlari  olib  borilgan  joylarda  odatda  yerlar  turli 
darajada  buziladi.  Ma’dan  qazib  olish  ishlari  tugagandan  so’ng  yerlar  xo’jalikda 
foydalanish  uchun  topshirilishi  lozim.  CHunki  yerlar  buzilgan  holda  qoldirilib  ketilsa, 
ularda  turli  noxush  tabiiy  jarayonlarning  rivojlanishi,  yerlarning  obdon  ishdan 
chiqishiga  olib  keladi.  Terrikonlar,  ag’darmalar  agarda  ular  radioaktiv  jihatidan 
xavfsiz  bo’lsa,  usti  tekislanishi,  ortiqcha  gruntlar  atrofidagi  pastkamliklarga 
tashlanishi,  yon  bag’irlari  juda  ham  kichik  0,5-2  daraja  qiyalikda  tekislanishi  zarur 
bo’ladi.  Katta  qiyalik  (2-3°  dan ko’p) eroziya, surilma, o’pqon hodisalarining vujudga 
kelishiga  sababchi  bo’lishi  mumkin.  Ag’darmalar  va  terrikonlar  yuzalari  dag’al  tog’ 
jinslaridan  iborat  bo’lsa,  ularni  mayda  jinslar,  tuproq  solinishi,  tabiiy  o’simliklar 
o’sishiga  yaroqli  qilinishi  kerak.  Biologik  rekultivatsiya  bosqichida  avvaliga  tez 
o’suvchi  tabiiy  o’simliklarni  ekish  maqsadga  muvofiq.  Keyinchalik  tuproq  sharoitlari 
yaxshilanishi  va  sug’orish  imkoniyatlari  hal  qilinishi  bilan  madaniy  ekinlarni  ekish 
uchun qulay ekologik  sharoit tarkib topadi. 
Qurilish  materiallari  (shag’al,  qum,  tosh,  gil,  lyoss,  lyossimon  jinslar  va  b.) 
olingan  karerlar  ko’pincha juda chuqur va katta maydonni egallagan bo’ladi. Toshkent 


 
165 
atrofidagi  (Yalong’och)  g’isht  zavodlarining  karerlari  nihoyatda  katta,  bu  yerda  relef 
juda  ham  o’zgarib  ketgan.  Ko’pincha  kar  yerlar  shundayligicha  tashlab  ketiladi.  U 
keraksiz  tashlandiq  yer  bo’lib  yotadi.  Lekin  qarovsiz  qoldirilgan  kar  yerlar  rekul 
tivatsiya  bosqichlaridan  o’tkazilib,  xo’jalikda  foydalanilsa  iqtisodiy  jihatdan  katta 
foyda  beradi.  Daryo  qayirlaridagi  shag’al,  tosh  va  qum  kar  yerlari  foydalanib 
bo’lingandan  so’ng,  odatda  tabiiy  holda  ko’lga  aylanadi  yoki  axlatxona  sifatida 
foydalanish  boshlanadi.  CHunki,  turli  korxonalar  o’zlarida  foydalanilmagan  turli 
chiqindilarni  ularga  olib  kelib  tashlaydilar.  Binobarin,  kar  yerlarning  turli  chiqindilar 
bilan  to’lishi  daryo  suvining  ham  ifloslanishiga  olib  keladi.  CHunki,  qayir  va  past 
terrasalarda  grunt suvlarining  sathi yer betiga juda yaqin turadi. 
Bizningcha,  daryo  qayirlari  va  quyi  terrasalardagi  chuqur  kar  yerlarni  qo’lbola 
ko’llarga  aylantirish  maqsadga  muvofiq.  Ko’l  atrofida  odamlarning  xordiq  chiqarishi 
uchun  daraxtzorlar  bunyod  etish,  ovqatlanish,  sport,  madaniy–maishiy  xizmat 
ko’rsatish  korxonalari  kabi  infratuzilma  ob’ektlarini  vujudga  keltirish  mumkin. 
Bunday  ko’lda  yozda  cho’milish,  baliq  to’tish,  suv  sporti  o’yinlarini  o’tqazish uchun 
chiroyli  manzarali  so’lim go’sha tarkib topadi. 
Buzilgan  yerlarni  rekul  tivatsiya  qilish  umuman  olganda  juda  ham  kichik 
maydonlarda  amalga  oshirilmoqda.  Rasmiy  ma’lumotlarga  qaraganda  O’zbekistonda 
1987  yilda  atigi  2,3  ming,  1988  yilda  1,6,  1989  yilda  1,9,  1990  yilda  3,3,  1991  yilda 
0,52,  1992  yilda  1,7,  1993  yilda  0,CAPut!’  ming  ga  buzilgan  yerlar  tuzatib 
foydalanish  uchun  topshirilgan.  Bu  ish  Ustyurt  platosida  bundan  ham  sust.  SHarqiy 
chinkka  yaqin  joyda  o’tkazilgan  ikki  qator  magistral  gaz  quvurlarini  joylashtirish  60-
yilarda  amalga  oshirilgan  edi.  Lekin  shu  vaqtga  qadar  ham  buzilgan  yaylov  o’zining 
avvalgi  tabiiy  holiga  qaytgani  yo’q.  CHunki,  quvurlar  qo’yilgan  xandaq,  shoshma-
shosharlik  bilan  pala-partish  bekitilgan,  eng  ustki  tuproq  qatlami  ustida  qattiq 
ohaktosh  jinslar  parchalari  mavjud,  mayda  tuproq  umuman  solinmagan,  natijada  har 
bir  yo’nalish  bo’yicha  eni  3-4  m.  li  yalong’och  mintaqa  saqlanib  qolgan,  biror  giyoh 
topilmaydi.  Binobarin,  katta  maydondagi  yaylovlar  butunlay  ishdan  chiqqan.  Agar 
qazilgan  xandaqlar  keyin  sifatli  qilib  bekitilib,  usti  mayda  tuproq  bilan  qoplanganda, 
hozirga  qadar yaylovlarning  buzilganligi  hatto sezilmas  edi. 
Hozirgi  kunda  rekul  tivatsiya  ishlarini  keng  miqyosda  Olmaliq,  Navoiy, 
Muruntov, 
Uchquduq 
tog’-metallurgiya 
korxonalarining 
terrikonlari 
va 
ag’darmalarida,  qizilqum  fosforit  konining  ag’darmalarida  amalga  oshirilishi  o’ta 
zarur.  CHunki,  katta  miqdorda bo’sh tog’ jinslari va ishlatib bo’lingan shlaklar yig’ilib 
qolgan. Ularning  bir qismi zaharli  hisoblanadi.   

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish