2. Aholining jinsiy va yosh tarkibi, ularning mehnat resurslariga ta’siri
O’zbekistonda aholi jinsiy tarkibida ayollar 50,2% va yerkaklar 49,8 tashkil
qiladi va bu farq tobora qisqarmoqda. Bu jarayon muhim ijtimoiy ahamiyatga ham
egadir. O’rtacha umr ko’rish darajasi 72,5 yosh bo’lib, yerkaklar 70,2 yosh va ayollar
74,9 yosh umr ko’radilar. O’zbekistonda shahar aholisining salmog’i 1979 yildan
boshlab qisqarmoqda. (MDH davlatlari o’rtasida urbanizatsiya darajasi jihatdan 10-
o’rinda turadi). Agar, 1979 yil shahar aholisining salmog’i-42,2% bo’lgan bo’lsa,
1983 yil-40,7, 1995 yil 38,7 va 2003 yil 38% va 2008 yilga kelib 36% ni, 2010 yil
33% ni tashkil qildi. Bugungi kunda, O’zbekistonda 120 shahar va 113 shaharcha,
11811 qishloq aholi punktlari bor. Yirik shaharlar 17 ta bo’lib, jami shahar
aholisining 60% yashaydi. Yirik shaharlari-Toshkent, Namangan, Samarqand,
Andijon, Buxoro, Nukus, Qarshi, Farg’ona, Navoiy, Jizzax, Urganch, Termiz va
boshq.
O’zbekiston mehnat resurslari bilan yuqori darajada ta’minlangan mintaqadir.
Uning hisobiga Markaziy Osiyodagi 40% mehnat resurslari to’g’ri keladi. Bu jarayon
bir tomondan milliy iqtisodiyot tizimlarini yetarli darajada mehnat resurslari bilan
ta’minlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan bandlik va ishsizlik muammolarining
yechimlarini ishlab chiqish va maxsus dasturlarni davlat tomonidan tizimli va izchil
amalga oshirishni taqozo qiladi. Mamlakatdagi mehnat resurslari salohiyatining
xarakterli xususiyati iqtisodiyotda band to’rt kishidan birining oliy va o’rta
ma’lumotliligidir.
XX asrning 90-yillardan boshlab mehnatda band aholining iqtisodiyot tarmoqlari
va institutsional taqsimlanishida o’zgarishlar yuz berdi. Xizmat ko’rsatish sohalari,
iqtisodiyotning nodavlat sektorida, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik
sohalarida bandlar soni ortdi. CHunonchi, mehnatda band aholining sanoat va
qurilishda 19,9% (MDH davlatlari o’rtasida 5-o’rinda), qishloq xo’jaligida 30,4% (7-
o’rinda) va xizmat ko’rsatish sohalarida 49,7% (5-o’rinda) mehnat qilmoqda.
O’zbekiston milliy iqtisodiyotida nodavlat sektori bandlar jihatidan (umumiy
bandlarning 77,9%) yetakchidir.
2003 yildan boshlab mamlakatda bandlik sohasida uch asosiy o’zgarish - sanoat
ishlab chiqarishida bandlikning ortishi (ushbu tarmoqdagi bandlar soni 2002 yildagi
26,0 ming kishidan, 37,3 ming kishiga ko’paydi); boshqaruv apparati ishchi-
xodimlari sonining o’sish sur’atlarining sekinlashuvi (2002 yilda 61,0 ming kishidan,
2003 yilda 60 ming kishiga tushishi); qishloq xo’jaligida ishga tortilmagan ishchi
kuchining boshqa sohalarga o’tishi (agrar sohalarda ishlovchilar soni 4,6 ming
kishiga yoki 0,2% qisqarishi) bilan bog’liqdir.2007 yilda iqtisodiyot tarmoqlarida
band aholi soni 10735,4 ming kishini tashkil etib, 2006 yilga nisbatan 2,6 foizga
ortdi. Ayni vaqtda, mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloq
joylarida (mamlakat aholisining 64% ortig’i qishloq joylarda istiqomat qiladi) jiddiy
muammo bo’lib qolmoqda. qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida bandlik ko’p jihatdan
qishloq xo’jalik ishlarining mavsumiylik Harakteri bilan ham bog’liqdir. qishloqlarda
87
bandlik darajasini ko’tarish - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat
korxonalarini, xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish va o’z-o’zini band qilishning
samarali tizimlarini amaliyotda qo’llash bilan bog’liq. Bu sohada hukumat va
mahalliy hokimliklar tomonidan juda katta tadbirlar majmuasi amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |