2. BMT tamoyillari bo’yicha mamlakatlarni guruhlashtirish
Bugungi dunyo siyosiy kartasida 210 ta davlat mavjud. 1900 yilda dunyo siyosiy
kartasida - 55 ta mustaqil davlat bo’lsa, 1947 yilda - 57 ta, 1980 yilda - 160 ta va
1999 yilda - 187 taga yetdi. Dunyo siyosiy kartasida mamlakatlarni turli
ko’rsatkichlar bo’yicha guruhlashtiriladi. Jumladan:
Hududlar bo’yicha-chunki mamlakat hududi va aholisining kattaligi-siyosiy
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish omilidir. SHunga ko’ra, dunyo siyosiy kartasidagi
mamlakatlar yirik, o’rta, kichik (mitti) davlatlarga bo’linadi. Hududi va aholi soni
jihatidan mamlakatlar, o’rtasida farq juda katta, ya’ni Rossiyadan (17,8 mln.kv.km.)
to eng mitti davlat Vatikanga (0,44 km.kv) qadar bo’linadi. 3 mln.kv.kmdan ortiq
hududga ega bo’lgan (Rossiya, Kanada, XXR, AQSH, Braziliya, Avstraliya va
Hindiston) ya’ni 7 davlat quruqlikning 50,0 foizdan ortig’ini egallaydi. 100,0 mln.dan
ortiq aholiga ega mamlakatlar 10 ta bo’lib jahon aholisining 3/5 qismini tashkil
qiladi.
Mamlakatlarning
siyosiy,
iqtisodiy-geografik
holati
bo’yicha,
(N.N.Baranskiy) guruhlashtirish: dunyo siyosiy kartasida davlatlarning joylashishi
holatiga ko’ra orol, yarim orol, arxipelag mamlakat, dengiz bo’yi mamlakatlariga
bo’linadi. 40 ga yaqin mamlakat esa dengizga va dunyo okeaniga chiqa olmaydi.
Dunyo
mamlakatlarining
ma’muriy-hududiy
bo’linishiga
ko’ra
guruhlashtirish. Bugungi kunda dunyodagi 187 ta mustaqil mamlakatlarning va
ma’muriy-hududiy bo’linish turlichadir. Dunyo mamlakatlari ma’muriy-hududiy
bo’linishiga ko’ra unitar va federativ davlatlarga bo’linadi. Dunyo siyosiy kartasidagi
federativ davlatlar 20 ga yaqin bo’lib yo milliy - etnik xususiyatlariga ko’ra,
(Rossiya, Belgiya, Hindiston, Nigeriya) yog’i tarixiy-geografik xususiyatlari (GFR,
Avstriya, AQSH) bilan bog’liq holda federatsiya sifatida tarkib topgan.
Unitar davlat (frantsuzcha «unitar», lotincha «unitas» - birlik yaxlit,
birlashgan, bir butunni tashkil qiluvchi) tashkil qiluvchi qismlari davlat maqomiga
ega bo’lmagan davlat. Bunday davlatda yagona oliy konstitutsiya, yagona fuqarolik,
yagona oliy qonun chiqaruvchi, yagona boshqaruv va sud organlari mavjud bo’ladi.
Unitar davlatning u yog’i bu qismida faoliyat ko’rsatayotgan davlat organlari
mahalliy davlat organlari hisoblanadi. Unitar davlat ma’muriy-hududiy birliklarining
chegaralari markaziy organlar tomonidan qabul qilingan qonunlar asosida
o’zgartiriladi va buning uchun mahalliy davlat organlari yog’i aholining roziligi talab
qilinmaydi. Davlat organlari o’z faoliyatlarini markazdan tayinlanadigan maxsus
vakil (gubernator, komissar, hokim va xokazo) nazorati ostida amalga oshiradilar.
32
Federativ - lotincha «federal» - ittifoq bo’lib mustahkamlash) - davlat
tuzilishi shakllaridan biri. Federativ davlatlar murakkab tuzilishga ega davlatlar deb
ham yuritiladi. Buning boisi shundaki, federativ davlat, odatda, davlatlarning o’z
siyosiy mustaqilligini ixtiyoriy ravishda va muayyan doirada cheklashi yo’li bilan
ittifoqqa birlashuvi natijasida yuzaga keladi.
Federatsiyaga xos belgilar:
Federatsiya hududi, uning sub’ektlari, ya’ni tarkibiy qismlari ba’zi davlatlarda
- shtatlardan (AQSH, Meksika, Braziliya, Venesuela, Hindiston, Avstraliya,
Malayziyada), ba’zilarida - provintsiyalardan (Argentina, Kanada), yoki yerlardan
(Olmoniya va Avstriyada va xokazo) iborat bo’ladi.
Federatsiya sub’ektlari, odatda federativ davlat konstitutsiyasiga zid
bo’lmagan o’z konstitutsiyasini qabul qilish huquqiga ega bo’ladi, lekin ba’zi bir
federativ davlatlarda (masalan, Kanadaning provintsiyalari, Venesuelaning shtatlari,
shuningdek, Hindistonning ko’pgina shtatlari) bunday sub’ektlar o’zlarining mustaqil
konstitutsiyalariga ega emas.
Federatsiya va uning sub’ektlari vakolatlari o’rtasidagi chegara ittifoq
konstitutsiyasida belgilanadi. Barcha federativ davlatlarda ikki pog’onali davlat
hokimiyati, boshqaruvi va sud organlari mavjud. Birinchi pog’ona - federatsiyaning
oliy qonun chiqaruvchi, ijrochi va sud hokimiyatlari. Ikkinchi pog’ona esa har bir
federatsiya sub’ektining oliy qonun chiqaruvchi, ijro qiluvchi va sud hokimiyatidan
iborat. Ularning vakolatlari konstitutsiya bilan belgilanadi. Vakolatlarning chegaralari
turli xildir. Masalan, bir qator davlatlarda, jumladan, AQSH, SHveytsariya, Braziliya,
Kanada, Argentina, Venesuela va Meksikaning federal konstitutsiyasida ikki turdagi
vakolat doirasi belgilangan: a) federal hokimiyatning mutlaq vakolat doirasiga kirgan
masalalar (mudofaa, pul chiqarish, tashqi aloqa); b) federatsiya sub’ketlarining
mutlaq vakolatiga kirgan masalalar (shtat, oliy qonun chiqaruvchi, ijro qiluvchi va
sud organlarini tuzish, shtatlarning o’z qonunlarini qabul qilishi, byudjet masalalari).
Ba’zi bir davlatlarda (masalan GFR, Hindiston, Malayziyada) yuqoridagi ikki
vakolat doirasi uchinchi vakolat doirasi bilan to’ldiriladi. Unga ko’ra, ba’zi masalalar,
bir vaqtning o’zida ham federatsiya sub’ekti vakolatiga kiritilgan. Bu vakolat doirasi
turiga binoan, agarda bir masalani federal qonunchilik bilan federatsiya sub’ekti
qonunchiligi turlicha tartibga soladigan bo’lsa, federal qonunchilik amal qiladi, ya’ni
umum federativ qonunchilikka imtiyoz beriladi.
Har bir federatsiya sub’ekti o’zining huquq va sud tizimiga ega bo’ladi.
Masalan, 50 shtatdan tashkil topgan AQSH da har bir shtat bir-biridan farq qiluvchi
huquq tizimi va o’z sud tizimiga ega.
Ko’pgina federativ davlatlarda umumdavlat fuqaroligi va ayni vaqtda
federatsiya sub’ektlarining o’z fuqaroligi ham mavjud bo’ladi. Lekin bu xususiyat
hamma federativ davlatlarga xos emas. Masalan, Kanada, Venesuela, Hindiston va
Malayziyada faqatgina federal fuqarolik belgilab qo’yilgan.
Federatsiya sub’ektlari odatda o’z manfaatlarini himoya qilish maqsadida
federal parlamentga maxsus palataga egadirlar (masalan, AQSH Kongressining
yuqori palatasi - Senat, Olmoniya parlamentida - Bundestag, Hindiston parlamentida
33
- SHtat kengashi, Meksika Kongressida - Senat va xokazolar shu vazifasini
bajaradilar). Lekin, ular unitar davlatlardagi parlamentlarning yuqori palatasidan juda
kam farq qiladilar. CHunki, odatda, federatsiya sub’ektlari milliy davlat tuzilmalari,
sifatida qaralmaydi va ular maxsus manfaatlarga ega emas (Mustaqillik: izohli ilmiy-
ommabop lug’at.: 1998. 219-220-b).
Respublika - (lotincha «res» - ish va «publikas» - ijtimoiy: umumxalq ishi) –
davlatni boshqarishning asosiy shakllaridan biridir. Boshqarishning respublika shakli
o’rnatilgan mamlakatlarda davlat hokimiyatining oliy organlari muayyan muddatga
saylanib qo’yiladi.
Tarixda respublikaning har xil turlari bo’lgan. qadimgi Yunoniston va o’rta
asrlar davridayok, ayrim davlatlar, boshqarish shakliga ko’ra, aristrokratik yoki
demokratik respublika shaklida bo’lgan. qadimgi davrda - Sparta va Rim, o’rta
asrlarda Genuya, Venetsiya, Florentsiya, Buyuk Novgorod va Pskov shahar -
davlatlari aristrokratik respublika shaklida bo’lganlar. Demokratik respublika
qadimgi Gretsiya - Afinada o’rnatilgan bo’lib, fuqarolar uchun umumiy saylov
huquqi joriy qilinganligi, har yili qonunlarning qaytadan tasdiqlanganligi va
mansabdor shaxslarning qaytadan saylanganligi, oliy hokimiyat organi - Xalq majlisi
ekanligi bilan harakterlanadi.
Respublikaning turli shakllari va ularning o’ziga xos xususiyatlari xaqidagi
fikrlar qadimgi davr mo’tafakkirlari asarlarida ko’plab uchraydi. XIX-XX asrlarga
kelib, respublika davlatni boshqarishning eng keng tarqalgan shakliga aylandi.
Hozirgi davrda respublikaning uchta asosiy turi mavjud: Prezidentlik respublikasi,
parlamentar respublika va aralash respublika.
Prezidentlik respublikasining Amerika qo’shma SHtatlari, Argentina, Braziliya,
Venesuela, Gvatemala, Zambiya, Keniya, Kolumbiya, Meksika, Paragvay, Peru,
Salvador kabi mamlakatlar uchun xos xususiyatlari: maxsus tashkil etilgan kollegial
organ tomonidan saylanishi; prezidentning parlamentdan mustaqilligi: bosh vazir
lavozimining yo’qligi: hukumatning prezident tomonidan tuzilishidir.
Parlament respublikasida ko’ppartiyaviylik tizimi rivojlangan bo’lib, mamlakat
aholisi davlat hokimiyatining oliy qonun chiqaruvchi organ-parlament depo’tatlarini
ma’lum bir muddatga saylaydi: parlament saylovlarida g’alaba qozongan partiya
rahbarlari hukumatni tuzadilar, agar hech bir partiya vakillari parlamentda ko’pchilik
o’rinlarni ololmasa, koalitsion (aralash) hukumat tashkil qilinadi: davlat boshlig’i -
Prezident parlament tomonidan saylanadi; hukumat boshligi bosh vazir bo’lib, real
hokimiyat uning qo’lida to’planadi, hukumat, parlament oldida javob beradi;
hukumat tarkibini parlament belgilaydi, uning qabul qiladigan qarorlariga o’z ta’sirini
ko’rsatadi, butun hukumatni yoki uning ayrim a’zolarini iste’foga jo’natadi.
Parlamentar respublikada boshqarish, qonun chiqarish, davlatning ichki va tashqi
siyosatini amalga oshirishda prezident emas, balki bosh vazir hal qiluvchi rolni
o’ynaydi. Davlatni boshqarishning parlamentar respublika shakli hozirgi davrda
Olmoniya
Federativ
Respublikasi,
Italiya,
Hindiston,
Avstriya,
Albaniya,
Bangladesh, Isroil, Polьsha, Ruminiya, Turkiya kabi mamlakatlarda o’rnatilgan.
Aralash respublikada prezidentlik va parlamentar respublikaning asosiy
xususiyatlari birgalashib o’z aksini topadi. Uning muhim xususiyatlaridan biri
shundaki, prezident bilan hukumat o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yuridik aloqa zaifdir.
34
Prezident bevosita xalq tomonidan ma’lum muddatga saylanadi. U bevosita
hukumatga rahbarlik qilmaydi. Hukumatni bosh vazir boshqaradi. Parlament bilan
hukumat o’rtasida kelishtirib bo’lmaydigan nizo kelib chiqqanda, prezident
konstitutsiyaga binoan, parlamentni yoki uning quyi palatasini tarqatib yuborish
huquqiga ega. qonun bilan belgilangan muddat o’tgandan so’ng, xalq tomonidan
saylangan hokimiyat organlarining vakolati tugatiladi va ularga qaytadan saylov
o’tkaziladi. Aralash respublika shakli hozirgi davrda Frantsiya va Rossiya
Federatsiyasi uchun xosdir.
80-yillarning oxiri 90-yillarning boshida sobiq ittifoq hududida nihoyatda
murakkab siyosiy va mafkuraviy vaziyat mavjud paytda, O’zbekistondagi muayyan
vaziyatni inobatga olib, ijodiy ravishda respublikaviy boshqarishning shunday shakli
tanlab olindiki, u Prezident respublikasi, parlamentar respublika va aralash
respublikaga xos tomonlar va jihatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bu narsa
davlatimizni hozirgi zamonning murakkab vaziyatida talab darajasida boshqarish
imkonini beradi. (Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug’at. T.: 1998, 185-187
betlar.).
Davlat boshqaruvining monarxiya shakli 30 ta mamlakatda mavjud. Monarxiya -
davlat boshqaruvining shunday shakliki - davlat boshlig’i imperator, qirol (qirolicha),
gertsog, knyaz, sulton, shayx va boshqalar. Bunda oliy hokimiyatni boshqarish
avloddan-avlodga meros tarzida o’tadi. Monarxiya boshqaruvi xilma-xil bo’lib,
konstitutsion monarxiya, absolyut (teokratik) monarxiya shakliga ega, yevropada
mitti davlatlar Monako, Lixtenshteyn kabilarda-gertsoglik va Vatikanda esa teokratik
monarxiya boshqaruv shakllari qaror topgan.
Buyuk Britaniya dunyodagi eng qadimgi konstitutsion monarxiya boshqaruviga
ega. qirol (qirolicha) Yelizaveta II-davlat boshlig’i, oliy sud, qirollik qo’shinlari oliy
bosh qo’mondoni, anglosaks cherkovi va Britaniya hamjamiyati
3
boshlig’idir.
Amalda esa qonun chiqaruvchi oliy organ parlament va ijro etuvchi organ ministrlar
kabinetidir. qirol parlament qabul qilgan qarorlarni tasdiqlaydi.
Yaponiya ham konstitutsion monarxiya tipida bo’lib, imperator davlat va millat
ramzi hisoblanadi, qonun chiqaruvchi organ parlament, ijro etuvchi organ - ministrlar
kabinetidir.
Saudiya Arabistoni esa absolyut monarxiya bo’lib, davlat boshlig’i qirol ham
qonun chiqaruvchi ham ijro etuvchi hokimiyat, bir vaqtning o’zida bosh ministr,
qurolli kuchlar oliy bosh qo’mondoni, oliy sud va din peshvosidir. Hukumat asosan
qirol oilasi a’zolaridan iboratdir.
Xalqaro amaliyotda dunyo mamlakatlari 3 ta asosiy guruhga:
a) iqtisodiy rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari;
b) bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar;
v) rivojlanayotgan mamlakatlarga bo’linadi. Dunyo mamlakatlarini bunday
guruhlashtirish BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) tomonidan tahlil
qilishni qulaylashtirish maqsadida qilingan.
“Britaniya hamjamityati” Buyuk Britaniyaga qarashli sobiq mustamlakalar ozodlikka erishgandan so’ng yuzaga kelgan
bo’lib, hozir uning tarkibiga 50 ta mamlakat kiradi.
35
a) Iqtisodiy rivojlangan bozor iqtisodi mamlakatlari - tarkibiga 24 ta davlat
kiradi. Bu guruh tarkibida sanoati rivojlangan yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi
katta bo’lgan iqtisodiy rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari - Germaniya,
Italiya, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSH, Frantsiya, Yaponiya; yevropa Ittifoqi (EI) -
Bel giya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, SHvetsiya, Finlyandiya va
Avstriya; yevropa yerkin savdo assotsiatsiyasi (EAST) Avstriya, Islandiya,
Lixtenshteyn,
Norvegiya,
SHveytsariya,
SHvetsiya;
Benilyuks,
(Bel
giya),
Niderlandiya va Lyuksemburg va SHimoliy Amerika yerkin savdo kelishuvi
(NAFTA) - AQSH, Kanada, Meksika va Avstraliya mavjud.
b) Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar quyidagi kichik guruhlarga:
SHarqiy yevropa mamlakatlari - Albaniya, Bolgariya, VEngriya, Pol sha, Ruminiya,
CHexiya, Slovakiya; MDH va Boltiq bo’yi mamlakatlari - Rossiya, Ukraina, Belarus,
Qozog’iston, O’zbekiston, qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Armaniston,
Moldova, Ozarbayjon, Gro’ziya, Latviya, Litva va estoniya, shuningdek sobiq
Yugoslaviya o’rnida yuzaga kelgan mustaqil davlatlar; Xorvatiya, Sloveniya,
Makedoniya, Yugoslaviya (Serbiya va CHernegoriya federatsiyasi)dan iborat.
Bu guruh mamlakatlarida XX asr 80-yillarining o’rtalaridan boshlab dastlab Pol
shada, so’ngra SHarqiy yevropaning boshqa mamlakatlari va 90-yillarining
boshlaridan sobiq SSSR va Yugoslaviyada yirik siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotda
katta tarixiy o’zgarishlar boshlandi, 90-yillar boshidan boshlab deyarli yuqoridagi
barcha mamlakatlarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi
natijasida - bozor munosabatlariga o’tish va bozor iqtisodiyotini rivojlantirish
bosqichi boshlandi.
90-yillarning oxiriga kelganda Pol sha, CHexiya, VEngriya, Ruminiya,
Bolgariya va O’zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar o’zining natijasini
berdi va iqtisodiy-ijtimoiy hayotda sezilarli o’zgarishlar - barqaror iqtisodiy o’sish
boshlandi.
v) Rivojlanayotgan mamlakatlar - odatda iqtisodiy-geografik holatlariga ko’ra
mintaqalar bo’yicha guruhlanadi. Tahlil qilish maqsadlarida, ular faol to’lov
balansiga ega mamlakatlarga va kapital import qiluvchi mamlakatlarga bo’linadi.
Kapital import qiluvchi mamlakatlar o’z navbatida energo resurslarni eksport
qiluvchi va energo resurslarni import qiluvchi mamlakatlarga bo’linadi. energo
resurslarini eksport qiluvchi mamlakatda dastlabki energo resurslarini ishlab
chiqarish (toshko’mir, lignit, neft, tabiiy gaz, gidro va atom energetikasi) o’zining
ehtiyojlaridan kamida 20,0 foiz ortiqroq bo’lishi lozim. Rivojlanayotgan mamlakatlar
safida faol to’lov balansiga ega, energo resurslarini import qiluvchi, keyingi yillarda
tayyor buyumlarni katta muvaffaqiyat bilan eksport qiluvchi Osiyo mamlakatlari va
hududlar (Syangan, Koreya Respublikasi, Singapur va Tayvan) mavjud.
Rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida keyingi 20 yilda chuqur iqtisodiy
tabaqalanish yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda ularni 3 ga ajratish mumkin. Birinchi
guruhni sanoati rivojlangan mamlakatlar - «yangi industrial mamlakatlar» (YaIM)
guruhi tashkil qiladi. Bunga - Argentina, Braziliya, Syangan, Koreya Respublikasi,
Meksika, Singapur, Tayvan va Turkiya kiradi. Oraliq guruhga yalpi ijtimoiy
mahsulot, sanoat ishlab chiqarish hajmi, aholi jon boshiga tovarlar ishlab chiqarish va
36
xizmatlar ko’rsatish bo’yicha sezilarli darajada orqada bo’lgan Yaqin SHarq
mamlakatlari kiradi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyotning tarmoq tarkibi, aholining
ijtimoiy qatlamlari va jamiyatdagi holati g’oyat turlichadir.
SHuningdek, nisbatan «rivojlangan mamlakatlar» guruhiga 50 ga yaqin
mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlar tor monokul tura xo’jalik tizimi va xorij
kapitaliga bog’liqligi bilan ajralib turadi. BMT bu mamlakatlarga nisbatan 3 ta
o’lchov bilan yondoshadi. Ular uchun aholi jon boshiga YaIM 350 AQSH dollaridan
oshmasligi, katta aholi o’rtasida o’qishni biluvchilar - 20 foiz atrofida va ishlov
beruvchi sanoatning YaIMdagi hissasi - 10 foizdan oshmasligi xosdir. Bu guruhga
Osiyodan-8, Afrikadan - 28, Lotin Amerikasi va Okeaniyadan 5 ta mamlakat kiradi.
Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyoda ko’plab yerkin savdo mintaqalari, bojxona,
iqtisodiy ittifoqlar yuzaga keldi. Bular - And pakti (Boliviya, Venesuela, Kolumbiya,
Peru), Markaziy Amerika umumiy bozori - Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika,
Nikaragua va Sal vador, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi - 14 ta
rivojlanayotgan mamlakatlar shuningdek, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan
AQSH, Kanada va Yaponiya kiradi. Janubiy-SHarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi
- (ASEAN-Bruney, Ve’tnam, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand va Fillippin),
MERKOSUR (Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvay), Janubiy Afrika
rivojlanish qo’mitasi - SADK (Angola, Botsvana, Lesato, Malavi, Mozambik,
Namibiya, YuAR, Svazilend, Tanzaniya, Zimbabve), Arab umumiy bozori - Misr,
Iordaniya, Iroq, Yaman, Liviya, Mavritaniya va Suriya kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |