Siyosiy geografiya:
Hozirgi bosqichda dunyodagi mamlakatlarning davlat va jamiyat qurilishining
bosh belgilari va xususiyatlari, mamlakatlarning ichki va tashqi siyosatining asosiy
yo’nalishlari;
Mamlakatlarning siyosiy-geografik ya’ni (geostrategik) mikro, mezo va
makro holati, davlat chegaralarining, hududiy tarkibining shakllanish bosqichlari;
Mamlakatlar aholisining milliy, ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy hayotdagi roli va
o’rnini;
28
Mamlakatlarning jahon hamjamiyatidagi, xalqaro siyosiy, iqtisodiy va
nodavlat tashkilotlardagi o’rni, mamlakatlarning siyosiy maqsadlari va xalqaro
munosabatlar tizimidagi ishtirokini tadqiq qiladi.
Siyosiy-geografiyadagi eng muhim geografik muammolaridan biri-dunyo
siyosiy kartasining shakllanish jarayonidir. Bu jarayon iqtisodiy Harakterga ham ega
bo’lib, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining «vaqt chizig’i» davomida rivojlanish
bosqichlarini ifodalaydi. Dunyo siyosiy kartasining shakllanish jarayoni avvalo
ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, xususiy mulkchilikning rivojlanishi,
sinflarining
va
turli
ijtimoiy
tabaqalarning
manfaatlarini
himoya
qiluvchi
davlatlarning ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida tashkil topishini ifodalaydi.
Dunyo siyosiy kartasining shakllanishini quyidagi bosqichlarga bo’lib o’rganish
maqsadga muvofiq:
1. Mil.old IV ming – III minginchi yillardan to mil. Vasriga qadar;
2.
Mil V asrdan to XVII asrning o’rtalari;
3.
XVII asr o’rtalaridan to XIX asr o’rtalari;
4.
XIX asr 70-yillaridan to XX asr boshlari (1913);
5.
XX-asrning 20-90 yillari va XXI asr boshlari;
1. Mil. old. IV ming - III minginchi yillardan to mil. V asriga qadar. Bu
bosqichda Atlantika okeanidan Tinch okeaniga qadar bo’lgan mintaqada o’z
davrining yirik quldorlik davlatlari shakllandi. Rim imperiyasida 50,0 mln. aholi,
Hindiston va Xitoyda 40-50 mln.dan aholi yashagan. Dastlabki davlatlar bilan bir
qatorda davlat tuzilishining ikki shakli: (qadimgi Misr, Vavilon, Ossuriya, yeron va
Rim imperiyasi) monarxiya va (Finikiya, Gretsiya shahar davlatlari, qadimgi Rim
(birinchi bosqichda) respublika yuzaga keldi. Ayni vaqtda, quldorlik mintaqasidan
tashqari yirik hududlarda turli qabila va xalqlar yashab, taraqqiyot boshlang’ich
bosqichida ekanligi bilan Harakterlanar edi. Yeramizning I-asrida xalqlar va
kabilalarning Buyuk ko’chishi yirik quldorlik davlatlarining siyosiy jihatdan
talvasaga soldi. Jumladan, V-asrda Rim imperiyasi quladi va quldorlik tuzumi barbod
bo’ldi.
2. Milodning V asridan to XVII asrning o’rtalarigacha . Bu bosqich Yevropada
V asrdan - XVII asrga qadar davom etdi, 1500 yilga kelib yer shari aholisining soni
400-500 mln.kishiga yetdi. Buning 3g’4 qismi Osiyo qit’asiga to’g’ri kelar edi.
SHahar hayoti bo’yicha Osiyo Yevropadan o’zib ketdi. Ammo, Yevropada uzoq
davom etgan turg’unlikdan so’ng shaharlar - hunarmandchilik, savdo, madaniy va
siyosiy markazlar sifatida katta rol o’ynay boshladi.
Natural xo’jalik va mehnat taqsimotining pastligi oqibatida siyosiy karta g’oyat
mayda-mayda bo’laklardan iborat edi. (birgina Germaniya hududida 300 dan ortiq
kichik davlatlar bo’lgan). Ichki bozorning shakllanishi, xalqlar o’rtasida etnik
konsolidatsiyaning kuchayishi bilan yirik markazlashgan, absolyut monarxiya
tipidagi davlatlar - Frantsiya, Angliya, Ispaniya, Rus davlati, Hindiston, Xitoy, Temur
davlati va boshq. yuzaga keldi.
Sanoat rivojlanishi bilan bir qatorda shaharlar tez rivojlandi. CHunonchi, XVII
asr boshlarida Londonda 200 ming, Parij va Neapolda 300 mingdan ortiq aholi
yashay boshladi. Aholining migratsion harakatlari kuchaydi. Bu jarayonlar Yevropa
29
mamlakatlaridan Angliya, Niderlandiya, Frantsiyaga, ozroq Italiya, Ispaniya,
Germaniyaga xos bo’lib, Osiyo, Afrika, SHimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya va
Okeaniyada ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti past darajada qola berdi. Natijada,
Yevropa jahon xo’jaligida yetakchi mavqega ega bo’lib qoldi va bugungi
sanoatlashgan qiyofa uchun asos solindi..
3. XVII asr o’rtalaridan XIX asr o’rtalariga qadar bo’lgan, bosqichda tom
mahnosi bilan Yevropada «sanoat inqilobi» davri bo’lib, manufaktura (qo’l bilan
ishlab chiqarish) bosqichidan fabrika - zavod ishlab chiqarish bosqichiga
o’tayotganligi bilan Harakterlanadi. Yevropa mamlakatlarida industrlashtirish,
sanoatning moddiy ishlab chiqarishning bosh sohasiga aylanishi jarayoni boshlandi.
Bug’ mashinasining (1784) ixtiro qilinishi esa sanoat va transportda (parovoz,
paroxod) inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi.
1789-1793 yillardagi Buyuk Frantsuz inqilobi siyosiy ustqurmada ham muhim
o’zgarishlarga olib keldi. Absolyut monarxiya o’rniga respublika (Frantsiyada),
konstitutsion monarxiya (Buyuk Britaniya, Niderlandiya) tizimlari qaror topdi va
bugungi kunga qadar ham saqlanib kelmoqda. Bu bosqichning muhim ijtimoiy
oqibatlari avvalo aholi sonining g’oyat tez ko’payishi (1650 yilda 550 mln.kishidan,
1850 yilda 1250 mln.kishiga yetdi) va shaharlarning yiriklashuvi, kontinentlararo
migratsion harakatlarning jonlanishi (asosan Yevropa mamlakatlaridan Amerika va
Avstraliyaga), millatlarning shakllanishi bilan Harakterlanadi. Osiyo, Amerika,
Avstraliyaning ichki rayonlarini o’zlashtirish davom etdi.
Evropada ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishiga sanoat inqilobi
g’oyat kuchli ta’sir etdi. Jahon iqtisodiyotida Yevropa so’ngra, 1776 yilda tashkil
topgan AQSH katta o’rin tuta boshladi. Angliya jahon mamlakatlari o’rtasida sanoat,
savdo, moliya va harbiy jihatdan yetakchi mavqega ega bo’ldi. London jahondagi eng
yirik shahar, port va moliya marqaziga aylandi. 1870 yil jahon sanoat ishlab
chiqarishning 33,0 foizi Angliya hissasiga, 25,0 foizi esa AQSH hissasiga to’g’ri
kelar edi. Buyuk Britaniya Ispaniya, Niderlandiya, Frantsiya bilan urushlar olib borib,
umumiy maydoni 22,0 mln.km.kv bo’lgan (Hindiston, Kanada, Avstraliya, Janubiy
Amerikada) hududlarni o’ziga qaratib oldi. Ispaniya esa o’zining Lotin
Amerikasidagi deyarli barcha mustamlakalaridan ajrab qoldi. (Lotin Amerikasidagi
1810-1825 yillardagi milliy ozodlik harakati natijasida.) Bu holat Angliyani jahon
iqtisodiyoti va siyosiy kartasida haddan tashqari katta o’rin tutishiga olib keldi.
4. XIX asr 70-yillaridan XX asr (1913 y) boshlarigacha. Bu bosqichda ishlab
chiqarish kuchlari yanada rivojlandi. Ayniqsa, sanoat tarmoqlari gurkirab o’sdi.
1870-1913 yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 5 martaga ko’paydi.
Sanoatning yangi tarmoqlari - elektro energetika, neft qazib chiqarish, mashinasozlik,
kimyo tez rivojlandi.
Og’ir sanoat Yengil sanoatdan ustun rivojlandi. Ishlab chiqarish va kapital
kontsentratsiyasining kuchayishi esa ishlab chiqarishni boshqarishning yuqori va
samarali shakllari (monopoliyalar, kontsernlar va sindikatlarni) yuzaga keltirdi.
Ishlab chiqarishning umumlashuvi hududiy umumlashuvning kuchayishiga va sanoat
tugunlari, markazlari, rayonlarining shakllanishiga olib keldi. Og’ir sanoat asosan
ko’mir havzalarida (Rur, Donetsk, Appalachi, Markaziy Angliya va boshq.)
rivojlandi. Dastlabki, sanoat-shahar aglomeratsiyalari yuzaga keldi.
30
Ichki yonuv dvigatelini ixtiro qilinishi oqibatida transport tarmoqlarida yanada
kuchli o’zgarishlar ro’y berdi. Rossiya, AQSH va Kanadada dastlabki
transkontinental temir yo’llar qurildi. Dengiz transporti kontinentlararo ahamiyat
kasb etdi. (Elkanli kemalar bug’ bilan yuradigan kemalar bilan almashdi.) Suvaysh va
Panama kanallarining qurilishi tufayli okeanlararo yuk yo’nalishlari shakllandi.
Transportning rivojlanishi xalqaro bozorni yanada kengayishiga olib keldi.
5. XX asrning 20-90 yillari va XXI asr boshlari XX asrning 20-90 yillari va XXI
asr bo’sag’asi dunyo siyosiy kartasida va jahon xo’jaligida muhim miqdor va sifat
o’zgarishlari yuz berganligi bilan ajralib turadi. Dunyo siyosiy kartasidagi
o’zgarishlar:
a) 1917 yil Rossiyada oktyabr to’ntarishi bilan bog’liq jahonning ikki ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumga bo’lib yuborilishi;
b) 1939-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushi oqibatida Yevropa siyosiy
kartasida Germaniyaning uchga (GFR, GDR va g’arbiy Berlin) bo’linishi; SHarqiy
Yevropada xalq demokratiyasi shaklidagi davlatlarning (PXR, CHSSR, VXR, RSR,
BXR, YuSFR, AXDR, GDR, Osiyoda,-XXR, KXDR, VSR) Lotin Amerikasida esa
1959 yil Kubaning, 1970 yil o’rtalaridan LXDR ni yuzaga kelishi;
v) XX asr 50-yillarning o’rtalaridan mustamlaka va qaram hududlarda
mustaqillik uchun kurashning kuchayishi oqibatida Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi, Okeaniya hududida 120 dan ortiq mustaqil davlatlarning yuzaga kelishi
2
va taraqqiyot yo’liga kirishi bu mamlakatlar dunyo siyosiy kartasida umumiy nom
bilan «rivojlanayotgan mamlakatlar» deb yuritilishi
1
;
g) XX asrning 80-yillari o’rtalaridan boshlab sotsialistik tuzumning ijtimoiy-
iqtisodiy tizim sifatida tanazzulga yuz tutishi, avvalo SHarqiy Yevropa
mamlakatlarida, so’ngra 90-yillarning boshlarida sobiq Ittifoq hududida sifat
jihatidan yangi mustaqil davlatlar - Polsha, CHexiya, Slovakiya, VEngriya,
Ruminiya, Bolgariya, Albaniya, Serbiya, CHernegoriya, (Serbiya va CHernegoriya
birgalikda Yugoslaviya ittifoqini tashkil qildilar), Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va
Gertsegovina hamda Latviya, Litva, Estoniya, Belarus, Moldova, Gruziya,
Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston va
Turkmanistonning
tashkil
topishi
va
jahon
hamjamiyatiga
qo’shilishi va
Germaniyaning yagona davlat sifatida birlashuvi;
d) Yaqin SHarqda Isroil-Falastin muammosining bosqichma-bosqich hal qilish
jarayonining boshlanishi (1993-1999 yillar) bilan bog’liq. SHuningdek bu
bosqichdagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar:
1. Sanoatning bir qator tarmoqlari, chunonchi, elektro-energetika, neft ,
alyuminiy yeritish, samolyotsozlik, plastmassa ishlab chiqarish, transport tizimida -
avtomobil , havo, quvur, aloqada - radio tez rivojlandi. qishloq xo’jaligi intensiv
taraqqiyot yo’liga kirdi.
1Собиқ мустамлака, ярим мустамлака ва қарам худудлар ўрнида метрополия давлатлари бошч илигида иттифоқлар: чунончи, Буюк
Британия етакчилигида “Хамдўстлик”, Франция хамкорлигида “Хамжамият”, АҚШ етакчилигида “Эркин қўшилган худудлар” юзага келди.
2
1919 йили қуруқликнинг 70 фоизи (Биргина Буюк Британия мустамлакаларининг худуди 35 млн. км. кв бўлиб, 300 млн. дан ортиқ а ҳ о ли
яшаган ) мустамлака, ярим мустамлака, қарам худудлар бўлса, 2000 йил мустамлака ва қарам худудлар қуруқликнинг 0,2 фоизи ва
аҳолининг 0,1 фоизини ташкил қилди.
31
2. 50-yillardan boshlab jahon xo’jaligida muhim sifat o’zgarishlarga olib kelgan
ilmiy-texnika inqilobi (ITI) boshlandi. ITI jamiyatning yoqilg’i-energetika asosiga,
mehnat vositalari, mehnat predmetlari va ishlab chiqarish texnologiyasiga kuchli
ta’sir ko’rsatdi va muhim sifat o’zgarishlari yuz berdi.
3. ITI jahon xo’jaligida muhim tarmoq o’zgarishlarga olib keldi. Tarmoq
tarkibida makro o’zgarishlar-sanoatni moddiy ishlab chiqarishning barqaror va
samarali sohasiga aylanishi, noishlab chiqarish (infrastuktura) sohalari hissasining
barqaror ortib borishi va qishloq xo’jaligi hissasining qisqarish jarayoni boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |