4. Bandlik va ishsizlik.
Jamiyat iqtisodiy nuqtai nazaridan olib qaraganda bandlik-bu mehnatga layoqatli
aholining ijtimoiy va milliy daromadni yaratishdagi faoliyatidir. Barcha qobiliyatli va
ishlashni xoxlovchilarga ishlab chiqarishda mehnat qilish imkoniyatining berilishi
ideal darajadagi to’liq bandlikka olib kelishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishdagi bandlik umumiy va maxsus ta’lim muassasalarida
o’qish, harbiy xizmatda bo’lish, uy xo’jaligida band bo’lish, qariyalarga va
bemorlarga g’amxo’rlik qilish kabi foydali bandlikning barcha ko’rinishlarini istisno
qilmaydi.
Iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan foydali faoliyatning barcha ko’rinishlarinining
hisobi global bandlik tushunchasida o’z ifodasini topgan. Bu doiraga ob’ektiv va
sub’ektiv sabablarga ko’ra o’zining qonuni va foydali faoliyat doirasini topa
olmaganlar kirmaydi. Jamiyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan ijtimoiy ishlab
chiqarishdagi bandlik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib, u jamiyatning iqtisodiy
salohiyatini, aholining turmush darajasining sifatini belgilaydi. Ijtimoiy ishlab
chiqarishdagi bandlikni samarali bandlik sifatida ko’rib chiqish mumkin. Samarali
bandlik bilan foydali bandlikni boshqa ko’rinishlari o’rtasidagi bog’liqlik ratsional
(maqsadga muvofiq) bandlikni aniqlash imkonini beradi.
Bu tushunchalar mehnat bozoridagi bandlik siyosati uchun qanday ahamiyatga
ega? Birinchidan,
ijtimoiy
mehnatda
ishtirok
etish
va etmaslik iqtisodiy
omillardangina emas, balki insonning o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
jamiyatning mehnat salohiyatini aniqlash va milliy daromadni yaratishdagi ishtirokini
aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchidan, butun mamlakat, mintaqalar miqyosida ularning iqtisodiy va
demografik rivojlanishining hisobga olgan holda mehnat salohiyati va undan
foydalanish ko’lamini yanada aniqrok bashoratlashga yordam beradi.
Uchinchidan, ijtimoiy siyosatni mukammalroq ishlab chiqish, ijtimoiy dasturlar
yaratish, ularni moliyalashtirish manbaalarini va sotish sharoitlarini belgilash uchun
kerak bo’ladi.
Xalqaro statistikada «iqtisodiy faol aholi» va «iqtisodiy nofaol aholi»
tushunchalari keng qo’llaniladi.
50
Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiyalariga ko’ra o’z ehtiyojlari uchun tovar
yaratuvchidan tortib to tovar va xizmat ishlab chiqarishda ishtirok etuvchilarning
barchasi iqtisodiy faol aholi tarkibiga kiritiladi. Ular quyidagi toifa shaxslarni o’z
ichiga oladi: yollanma mehnat ko’rinishidagi - ishchi va xizmatchilar; mustaqil
ishlovchilar; xaq olmaydigan oila (uy xo’jaligi) a’zolari; mavsumiy va tasodifiy
ishchilar; ma’lum bir sabablarga ko’ra vaqtinchalik ishlamayotganlar (kasallik, ta’til
va boshqa sabablariga ko’ra); to’liqsiz ish kunida o’qish bilan bir vaqtda
ishlayotganlar; o’quvchilar hamda ishlab chiqarishda stipendiya yoki ish haqi olgan
holda mo’taxassislikka tayyorgarlikdan o’tayotganlar.
Turli mamlakatlarda iqtisodiy faol aholini aniqlash ko’pchilik mamlakatlar kabi
bir-biridan farq qiladi. Masalan, faol mehnatga o’tish yoshi AQSH da 15 yosh deb
belgilangan, SHvetsiyada esa 16 yosh Bundan tashqari toifalar bo’yicha ham farqlar
mavjud. Misol uchun, Buyuk Britaniyada o’qiyotganlar, to’liqsiz ish vaqtida
ishlayotganlar hamda ish qidirayotganlar iqtisodiy faol aholi tarkibiga kiritilmaydi.
Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiy faol aholi o’tayotgan davr uchun «ishchi
kuchi» sifatida belgilanadi.
Iqtisodiy faol aholining mehnat maqomi (statusi) ma’lum bir davr (12 oy yoki
bir yil) ichida ishlagan hafta yoki kunlari soniga qarab belgilanadi va shu bo’yicha
iqtisodiy faol aholi bandlar, qisman bandlarga va ishsizlarga ajratiladi.
Xalqaro statistikada iqtisodiy nofaol tarkibiga, yoshidan qat’iy nazar, yuqorida
aytib o’tilgan iqtisodiy faol aholi tarkibiga kirmaydigan barcha aholi qatlami
kiritiladi.
Iqtisodiy nofaol aholi tarkibini ham bir nechta guruhlarga ajratish mumkin.
Kundo’zgi bo’lim talabalari, uy bekalari, pensionerlar, tashkilotlardan moddiy
yordam oluvchilar eng katta guruhni tashkil qiladi.
Xalqaro Mehnat Taqsimoti va OESR (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkiloti) kabi xalqaro tashkilotlarning aniqlashiga ko’ra, ishsizlar bular ishga ega
bo’lmagan, ishlashga tayyor va oxirgi 4 hafta ichida ish qidirayotganlar yoki ishga
joylashib bo’lgan, lekin hali ish boshlamagan odamlardir.
Misol uchun AQSH da quyidagi fuqarolar ishsiz hisoblanadilar:
1.
Tahliliy hafta davomida band bo’lmaganlar.
2.
O’tgan 4 hafta davomida ishga joylashishga harakat qilganlar.
(to’g’ridan-to’g’ri yollovchiga yoki davlat bandlik xizmati ko’rsatish tashkilotiga,
do’stlariga murojaat qilgan holda).
3.
Vaqtinchalik ishdan bo’shatilganlar yoki yangi ishga qabul qilingan va
30 kun ichida ish boshlashi kerak bo’lgan fuqarolar.
Asosiy ishsizlar ommasi - bular ish stajiga ega bo’lgan va ishdan bo’shatilgan
shaxslardir. Bu toifaga asosan ishlab chiqarish va iqtisodiyotdagi tarkibiy
o’zgarishlar, korxonalarning tugatilishi, ishlab chiqarishni takomillashuvi hamda
yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga o’tilishi kabilar oqibatida ish o’rnini
yo’qotgan ishchilar kiradi. Ular orasida turli darajada malakaga va mutaxassislikka
ega bo’lgan, qayta tayyorgarlikdan o’tishga hamda o’z malakasini oshirishga,
mutaxassisligi bo’yicha boshqa korxonalarda ishlashga tayyor odamlar mavjud
bo’lib, aynan ular yangi ish o’rinlarida ishlash uchun talab qilinadigan minimal
51
tayyorlov va qayta tayyorgarlikdan o’tgan malakali, mahoratli kadrlarning tiklanish
manbai ya’ni ishsizlikning dinamik asosini tashkil qiladi.
Mehnat qilish yoshida bo’lib ishlamaydigan odamlar majburan band
bo’lmaganlar hamda ishsizlar toifasiga ajratish aholining ishga joylashmagan
qatlamiga ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko’rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni
nazarda tutuvchi bandlik siyosatining asosini tashkil qiladi.
To’liqsiz bandlik siyosatini belgilash va yuritishda alohida e’tiborni talab
qiluvchi kishilar turkumi toifasi bo’lib, uning ikki xil ochiq va yashirin, boshqacha
aytganda miqdorli va sifatli ko’rinishlari mavjuddir.
To’liqsiz bandlikning miqdoriy shakli ish vaqtining davomiyligida, me’yoriy ish
vaqtiga nisbatan qisqarishida o’z ifodasini topadi. Ish xaqining pastligi, mehnatni
tashkil
etishning
quyi
darajalari,
ishchilarning
malakasi-mahoratidan
to’liq
foydalanmaslik kabi ishchi kuchidan foydalanishning o’ziga xos sifat jihatlari
to’liqsiz bandlikning sifat mezonini belgilaydi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiyoti tobora jahon tsivilizatsiyasining (madaniyati)
rivojlanishiga bog’liq bo’lib bormoqda. Bugungi kunda hech bir mamlakat o’zi
alohida yutuqlarga yerisha olmaydi. Ishlab chiqarish va kapitalning qizg’in
«baynalminallashuvi» mehnat bozorining «baynalminallashuvi» bilan bog’lanib
ketmoqda. Xalqaro migratsiya zamonaviy jahon xo’jaligi tizimining ajralmas qismi
bo’lib qoldi.
Xorijiy ishchi kuchidan foydalanish allakachon normal takror ishlab chiqarish
jarayonining zaruriy shartiga aylandi. Xorijiy ishchilardan faol foydalanadigan
mamlakatlarda butun bir iqtisodiyot tarmoqlari ishchi kuchi importiga bog’liq bo’lib
qolgan. Jumladan Dyussel dorfda (GFR) o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,
chet el ishchilarining qaytib ketishi natijasida qurilish ishlarining ko’lami kamayishi,
bolalar bog’chalari, maktablar yopilishi mumkin.
Frantsiyada
esa
muhojirlar
qurilishda
bandlarning
1/4
qismini,
avtomobilsozlikda 1g’3 qismini, Belgiyada konchilarning yarmini, SHvetsariyada
quruvchi ishchilarning 40%ni tashkil qiladi. Ayni vaqtda, ishchi kuchini eksport
qiluvchi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bu faoliyatdan voz kechish muhim
valyuta manbaidan mahrum bo’lishni ham bildiradi. Misol uchun, Misrda 80-
yillarning oxirida Suvaysh kanalidan foydalanish 970 mln. dol., turizm 60 mln.dol.
foyda keltirgan bo’lsa, muhojirlar mablag’larining o’tqazishlaridan kelgan foyda 3,1
mlrd. dollarni tashkil etgan. Yamanda esa emigrantlar o’tkazadigan mablag’lar
mamlakat eksport tushumlariga nisbatan 30 marta yuqoridir.
Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab, ko’p qirrali jarayon bo’lib jamiyatning
iqtisodiy hayoti va jahon miqyosi rivojlanishida jiddiy o’rganishni taqozo qiladi.
Xorijiy
mamlakatlar
mehnat
bozorining
xarakterlovchi
xususiyatlari
quyidagilarda yaqqol ko’rinadi. Umuman, 60-70 mln.kishi yashash va mablag’ topish
maqsadida chetga chiqib ketgan. 80-90-yillar ma’lumotlariga ko’ra, yiliga 19,7-21,7
mln.kishi ish qidirib o’z mamlakatlaridan xorijiy mamlakatlarga ketadi. CHet el
ishchilarining soni g’arbiy yevropada 7,0-8,0 mln. AQSHda 5-5,6 mln. Lotin
Amerikasida 3,5-4 mln., Yaqin SHarq va SHimoliy Afrikada 2,8 mln., Janubiy
Afrikada 1,3 mln. kishini tashkil etadi.
52
Immigratsiyaning birinchi markazi g’arbiy yevropa mamlakatlarida shakllangan
bo’lib, u yerda chet el ishchi kuchidan doimiy ravishda foydalanishga o’tilgan.
Faqatgina yeI da 13 mln. immigrantlar o’z oila a’zolari bilan birga hisobga olingan,
shundan 8 mln.ga yaqini (yoki 61%i) yeI a’zosi bo’lmagan mamlakatlardan kelgan.
FRG da chet ellik ishchilar umumiy bandlarning 8%ini, Frantsiyada 7%ini,
SHvetsariyada va Lyuksemburgda 30%ini tashkil qiladi.
Muhojirlarning to’ldiruvchi ishchi kuchi sifatidagi roli shundan iboratki,
davlatlararo ko’chishda asosan 25 yoshgacha bo’lgan, jismoniy sog’lom, mehnatga
layoqatli yoshlar keng ishtirok etmoqda.
Oxirgi vaqtlargacha chet el ishchilarini ko’proq qo’l mehnatini talab qiladigan
(qurilish, xizmat ko’rsatish) sohalarda, mahalliy aholi uchun unchalik muvofiq
bo’lmagan, ishlash o’ta xavfli va zararli, iflos bo’lgan tarmoqlarda band qilingan. Bu
yerda chet elliklarning ulushi juda yuqori bo’lib, 70% gacha miqdorni tashkil etadi,
bu esa bunday tashkilotlar kelgindi ishchi kuchlardan foydalanish uchun
«mo’ljallanganligini» bildiradi.
Mehnat resurslari immigrantlar hisobiga shakllangan AQSH an’anaviy tarzda
immigratsiyaning ikkinchi markazi bo’lib hisoblanadi. Hozir u yerga kelgan ishchi
kuchi doimiy 5% ga yaqin miqdorini tashkil qiladi va qirg’oq bo’ylarida bir muncha
ko’proqdir (assimlyatsiya bo’lib ulgurmaganlar).
Urushdan keyingi migratsiya AQSH da 2 bosqichdan iborat: birinchi bosqich:
40-50 yillarning oxiridagi kuchli yevropa immigratsiyasini o’z ichiga oladi, 60-
yillarning o’rtalarigacha yevropadan AQSH ga 7 mln.kishi kirib keladi; ikkinchi
bosqich: 1965 yildan Osiyo va Lotin Amerikasidan chiqib ketuvchilar uchun qulay
sharoitlar yaratgan qonunningqabul qilinishidan boshlangan.
1993 yildan yevropa mamlakatlari, ayniqsa Irlandiya, Buyuk Britaniya, Italiya,
Pol sha, shuningdek, Argentinaning immigratsiyadagi ustunligi sezila boshlanishi
bilan uchinchi bosqich boshlandi. Bu jarayon shu bilan izohlanadiki, AQSH keyingi
o’n yillikda qora tanli aholi o’rtasida tug’ilish darajasining yuqoriligi oqibatida oq
tanli aholi ozchilikni tashkil etuvchi mamlakatga aylanishi mumkin. Xadson instituti
bashoratlariga qaraganda 1985 yildan 2000 yilgacha oq tanli aholining bandlikdagi
ulushi 83% dan 57% ga kamaysa, qora tanlilarniki esa aksincha 10% dan 20% gacha
o’sadi. Immigrantlar ulushi esa 7% dan 22% gacha ko’tarilishi mumkin.
SHuningdek, iqtisodiy rivojlangan g’arbiy yevropa va SHimoliy Amerika ishchi
kuchini o’ziga jalb qilgan birinchi markazlar bo’lgan bo’lsa, 70-yillardan boshlab
jahon mehnat bozori neft qazib chiqaruvchi Yaqin SHarq mamlakatlarida ham
shakllana boshladi.
80-yillarning boshlarida Yaqin SHarqda xorijiy ishchilarning soni 3 mln.
kishidan ortdi va asosan BAA, qatar, Saudiya Arabistoni va Bahrayn, Ummon
davlatlarida 75% joylashdi. Asosiy ishchi kuchi eksport qiluvchi mamlakat Misrdir.
To’rtinchi markaz Lotin Amerikasida asosan Argentina va Venesuelada
shakllandi. 3 mln. dan ortiq immigrantlar uchun migratsiyaning mavsumiy (qishloq
xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish bilan bog’liq) shakli Harakterlidir.
SHuningdek mamlakatlararo ishchi kuchi migratsiyasi Osiyo va Afrikaning bir
qator mamlakatlariga xos jarayondir.
53
Ishchi kuchi eksporti eksport qilinayotgan tovar - mehnat resurslari uchun o’ziga
xos to’lov rolini bajaruvchi muhojirlarning valyuta mablag’larini o’tqazish bilan
nazorat qilinadi. Bunda ishchi kuchi eksportidan olinayotgan valyuta tushumi eksport
qiluvchi mamlakatda tovar sotishga xos bo’lgani kabi ishlab chiqarish Harajatlariga
sabab bo’lmaydi.
Asosan ishchi kuchi eksportiga ixtisoslashgan davlatlarda bu ulush yuqori
darajada saqlanib qolmoqda. Sobiq Yugoslaviya va Pokistonda hatto ko’payish
jarayoni kuzatilmoqda.
Ishchi kuchi eksportidan bevosita valyuta tushumining 4 ta manbai mavjud:
Vositachi firmalarning foydasidan olinadigan soliqlar;
Immigrantlar oilasi va yaqinlarini qo’llab-quvvatlash uchun o’tkaziladigan
mablag’lar;
Muhojirlarning shaxsiy investitsiyalari (ishlab chiqarish vositalari va uzoq
muddat foydalanadigan buyumlarni vataniga olib kelish, yer sotib olish, ko’chmas
mulk, qimmatbaho qog’ozlar sotib olish);
Ishchi kuchini import qiluvchi davlatlardan mehnat resurslarini takror barpo
qilish va ijtimoiy sohaga yunaltiruvchi mablag’lari;
Hisob-kitoblar shuni ko’rsatmoqdaki, ishchi kuchini eksport qilishning valyuta
samaradorligi tovar eksport qilish samaradorligidan besh marta yuqoridir.
Rivojlanayotgan davlatlarning ishchi kuchi eksport tushumi, boshqa tushumlarga
nisbatan yuqori sur’atda o’sdi va yiliga 10 foizga teng bo’ldi. Bunday o’sish jarayoni
bundan keyin ham davom etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, tovar sotishda kon
yuktura tez o’zgarib turadi, ishchi esa shartnoma bo’yicha shartnoma muddati uchun
ma’lum summani valyutada muntazam olib turadi. Ayrim tovarlarning narxi goh
keskin pasayib, goh ko’tarilib turadi, ishchi kuchining narxi muntazam ravishda o’sib
boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |