4.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiatdan foydalanishni tubdan o’zgartirish
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish bo’yicha faoliyat olib borayotgan
tashkilotlardan biri “Ekosan” faoliyat ko’rsatmoqda. Xalqaro tabiatni va tabiiy
resurslarni muhofaza qilish uyushmasi (XTMU). YuNESKO tashabbusi bilan tashkil
etilgan (Fonteblo, 1948) bo’lib, u asosiy xalqaro noxukumat tashkiloti, Jahon tabiatni
muhofaza qilish harakatining asoschisidir. Uning tashabbusi bilan noyob va yo’qolib
borayotgan sut emizuvchilar, kushlar, sudralib yuruvchilar (reptiliya), amfibiya turlari
populyatsiyalarining xolati to’g’risida Kizil kitob yaratildi, hozir yer sharining unikal
va noyob landshaftlari to’g’risidagi ma’lumotlar tuplangan Yashil kitob tuzilmokda.
Umuman dunyoda tabiat muhofazasi bilan shugullanuvchi 300 dan ko’prok
tashkilotlar bor.Masalan, 1992 yil Rio-de-Janeyro (Braziliya) shaxrida BMT ning
atrof-muhit va rivojlanishga bagishlangan Konferentsiyasi bo’lib, unda 178
mamlakatning davlat va xukumat boshliklari qatnashdi. Unda barkaror rivojlanish
strategiyasi, tsivilizatsiyaning ekologik makbul rivojlanishi muammolari muhokama
kilinib, muhim karorlar qabul qilindi. Konferentsiyada qabul kilingan karorlar konun
kuchiga ega bo’ldi. SHu munosabat bilan konferentsiya qatnashchilari-Har bir davlat
o’z konunchiligini uning karorlariga moslashtirib tartibga solishlari kerak.
Konferentsiya Harakatlar dasturi- “XXI asrga kun tartibi” xujjatini qabul kildi. Uning
karorlarida tabiatdan foydalanishning hozirgi davrdagi asosiy xususiyati uning milliy,
millatlararo manfaatlarining o’zaro yaqin aloqalari, ekanligi, sof iqtisodiy
maksadlardan umuminsoniy kadriyatlarning ustun va ustivor ekanligi alohida qayd
etilgan. Barkaror rivojlanish BMT ning rasmiy pozitsiyasi sifatida qabul qilindi.
“Barkaror rivojlanish” (kullab quvvatlovchi rivojlanish ma’nosida) tushunchasi
1987 yilda atrof muhit va rivojlanish bo’yicha BMT Xalqaro Komissiyasining
(Brundland komissiyasi) “Bizning umumiy kelajagimiz” ma’ro’zasida birinchi marta
kullanilgan. Unga kura “barkaror rivojlanish-kelajak avlodlarning o’z extiyojlarini
ta’minlash imkoniyatlaridan maxrum kilmay bugungi avlodlarning extiyojlarini
at’minlashdir”. Barqarorlik yaqin kelajakda rivojlanishning istiqbolini saklash va
kengaytirishni bildiradi. Barkaror rivojlanish mamlakatlarning ijtimoiy - iqtisodiy
rivojlanishi modeli bo’lib, ularga hozirgi, ko’p xollarda vayron kiluvchi usish va
rivojlanish jarayonlaridan barkaror rivojlanish yo’nalishga o’tishiga imkon beradi.
Uning asosiy shartlari kuyidagilar:
Mikdor kursatkichlaridan (soni, iste’moli) sifat kursatkichlarining (yashash
sifati) ustivorligi;
biologik va madaniy xilma-xillikni saqlab kolish;
tabiatdan foydalanishni tabiiy jarayonlarning evalyutsion davriyligi bilan
muvofiklashtirish.
Uning asosiy mazmuni usish sifatini o’zgartirish bo’lib, u kamrok material va
energiya xajmi va foydani taksimlashda ko’prok adolatli bo’lishi lozim. Agar
152
iqtisodiy rivojlanish zaif bo’lsa va iqtisodiyotni buxronga maxkum etsa, bunday
iqtisodiy rivojlanish bekaror bo’ladi. Barqarorlik odamlar extiyojlari va farovonligini
hisobga olishni talab qiladi, ta’lim va salomatlik kabi noiqtisodiy kategoriyalarni o’z
ichiga oladi.
Lekin kishilarning yashash sifatini yaxshilash atrof muhit ekotizimlarining
imkoniyatlari bilan cheklanadi va barqarorlik oxir oqibatda yer shari aholisining soni
va biosferaning oxirgi imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Mavjud loyixalarga kura, hozirgi demografik tendentsiyalarda dunyo aholisi
11,6 mlrd kishi mikdorida stabillashadi. Xolbuki hozirgi paytda, dunyo tizimining
biosfera va resurs modelining ilmiy asoslangan ishlanmalariga kura, yer shari
aholisining yo’l kuyish mumkin bo’lgan chegarasi biosfera uchun 1-2 mlrd va
resurslar uchun 7-8 mlrd kishiga (jami 8-10 mlrd kishiga) barobar. Bundan
ko’rinadiki, hozirgi vaqtda dunyo iqtisodiyoti global ekologik buxrondan chikish
stsenariyasi bo’yicha emas, balki uni inertsion chukurlashtiruvchi stsenariyadan
borayotir.
Dunyo tizimi rivojlanishining barkaror modeli biosfera, insoniyat (dunyo
mamlakatlari) o’rtasida mikdoriy o’zaro aloqalarga va global boshqarish
mexanizmini joriy etishga - xalqaro hamkorlikning markaziy vazifasiga asoslanadi.
SHunday qilib, insoniyat, dunyo tizimi, dunyoning ayrim mamlakatlarining
barkaror rivojlanishi - bu kishining takomillashuvi asrab kolinishiga yunaltirilgan.
Hozirgi fanning oliy yutuklari va barkaror biosferaga asoslangan optimal
boshqariladigan rivojlanishdir. Global boshqarish - bu uslublar va institutlar bo’lib, u
atrof muhitdagi usib borayotgan okimlarni shunday nazorat qilish va yunaltirishga
imkon beradiki, unda dunyo xavfsizligini ta’minlash uchun qulay sharoit va
muvozanatlashgan, rivojlanishning yashash muhitini saklash bilan birga kushilgan
rivojlanishga yerishiladi.
5. Xalqaro moliya institutlari - Xalqaro rivojlanish va rekonstruktsiya banki
(XRRB), yevropa rivojlanish va rekonstruktsiya banki (ERRB), Jahon banki (JB)
atrof muhitni muhofaza qilishni o’z faoliyatlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida
belgilaganlar. yeRRB o’z ustavida ustuvor yo’nalish sifatida kuyidagi yo’nalishlarni
belgilagan birinchi Xalqaro Moliya institutidir:
Mamlakatlarga ekologik siyosatni shakllantirish operatsiyalarida, samarali
xukukiy va normativ xujjatlarni ishlab chikishni ham kushib, yordam berish,
shuningdek Monitoringni ta’minlash va standartlarga rioya qilishni ta’minlash uchun
kadrlar tayyorlash va tashkiliy sharoitlarni yaratish;
Milliy ekologik dasturlarni boshqarishda bozor uslublarini kullashga
yordamlashish;
mamlakatlarda ekologik tovarlar va xizmatlar bozorida operatsiyalarni
rivojlantirishni, shuningdek atrof muxni asrash, saklash va yaxshilash bo’yicha
loyixalarga investitsiyalarni ragbatlantirish;
aholi, ishbilarmonlar, bankirlar va boshqalarga ekologik ta’lim berish
bo’yicha maxsus dasturlar va tadkikotlarni tashkil etish va kullab quvvatlash;
ekologik baxolash, rejalashtirish, boshqarish, auditlash va bank operatsiyalari
va loyixalari monitoringi bilan bog’liq ekologik protseduralarni utqazish.
153
Do'stlaringiz bilan baham: |