Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


Tabiatdan foydalanishni strategik rejalashtirish va prognozlashtirish



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

3.Tabiatdan foydalanishni strategik rejalashtirish va prognozlashtirish 
 
Hozirgi  paytda  xavfli  vositalar  va  faoliyatdan  tabiatni  muhofaza  qilish  bo’yicha 
kuyidagi  xalqaro  Konventsiyalar  qabul  kilingan:  Xavfli  yuklarni  tashish  to’g’risida 
Konventsiya  (Jeneva,  1989),  Avariyadan  ifloslanish  kurbonlariga  kompensatsiya 
to’g’risida  kelishim.  (Parij,  1989),  Atrof  muhit  uchun  xavfli  faoliyat  oqibatidagi  zarar 
to’g’risida  Konventsiya  loyixasi  (Bryussel  ,  1990),  Transchegaralarda  xavfli 
chikitlarni  tashish  va  chiqarishni  nazorat  qilish  haqida  Bazel  Konventsiyasi, 
Iqlimning  o’zgarishi  va  biologik  turlarni  saqlash  to’g’risida  Konventsiya  (1994), 
Xalqaro  dengiz  xukuki  to’g’risida  Konventsiya,  azom  katlamini  yemiruvchi  xlorli  va 
ftorli  uglevodorodlarni  atmosferaga  chiqarishni  kamaytirish  (2000  y.da  50  %  ga) 
to’g’risida  Monreal  protokoli  (1987),  biologik  xilma  -  xillikni  saklash  to’g’risida 
Konventsiya  (1992),  yo’qolib  borayotgan  flora  va  fauna  turlari  bilan  xalqaro  savdo 
to’g’risida  Konventsiya  (1990),  Antarktidada  foydali  qazilmalarni  razvedka  qilish  va 
qazib olishni  ta’kiklash  to’g’risida xalqaro bitim  (1991)  va boshqalar. 
Umuman  davlatlar  178  dan  ortiq  ekologik  bitimlar  tuzdilar,  ularning  2/3  BMT 
ning  odamning  yashash  muhiti  to’g’risida  Konferentsiyasidan  keyin  qabul  kilingan. 
Qabul  kilingan  Konventsiyalar,  bitimlar  global,  regional  va  Milliy  miqyoslarda  tabiiy 
muhitni  yaxshilashga  xizmat  qilmoqda. 
BMT  xuzurida  xukumatlararo  ixtisoslashgan  tashkilotlarning  tuzilganligi  va 
ularning  faoliyati  ham  xalqaro  hamkorlikning  muhim  shaklidir.  BMT  (1945)  o’zining 
sessiyalari  va  ixtisoslashgan  komitetlarida  tabiatni  muhofaza  qilish  masalalarini 
ko’rib  chikdi.  BMT  Bosh  Assambleyasi  (1962)  “Iqtisodiy  rivojlanish  va  tabiatni 
muhofazasi”  rezolyutsiyasida  BMT  va  uning  ixtisoslashgan  muassasalarining  atrof 
muhitni  muhofaza  qilish  to’g’risidagi  siyosatini  bergan.  Tabiat  muhofazasi  bo’yicha 
xalqaro  hamkorlik  BMT  xomiyligida  ikki  tomonlama  yo’nalishdan  global 
mikyosgacha amalga  oshirilmokda. 
BMT  ning  Stokgolьm  Konferentsiyasi  (1972)  karorlariga  asosan  Konferentsiya 
ochilgan  kun  -  5  iyun  Xalqaro  atrof-muhit  kuni  deb  e’lon  qilindi.  Ushbu 
Konferentsiya  karoriga  asosan  BMT  ning  atrof-muhit  dasturi  (YuNEP)  qabul  qilindi 
(shtab  kvartirasi  Nayrobi,  Keniya).  U  xalqaro  tabiat  muhofazasining  hamma  turlarini 
koordinatsiyalovchi  organ  hisoblanadi  va  BMT  byudjeti  va  YuNEP  fondidan 
moliyaviy  ta’minlanadi.  YuNEP  ekologik  buxronning  eng  muammolari  bilan 
shugullanadi  (erlarning  cho’llashuvi,  tuprok  degradatsiyasi,  urmonlarni  kesish, 
chuchuk  suv  zahiralarining  kamayishi,  okeanlar  ifloslanishi,  biologik  xilma-xillikning 
kamayishi)  YuNEP  ning  eng  muhim  ishlaridan  biri-biosfera  xolati  va  o’zgarishlarini 
dunyo bo’yicha ko’zatish tizimini  barpo etganidir  (monitoring). 
BMT  ning  tabiat  muhofazasi  bilan  shugullanuvchi  ixtisoslashgan  ta’lim,  fan  va 
madaniyat  masalalari  bilan  shugullanuvchi  bulimi  (YuNESKO),  (London,  1946) 
hisoblanadi.  Uning  tabiiy  va  madaniy  merosdan  foydalanish  va  asrash  bo’yicha 
faoliyait  YuNESKO  ning  Jahon  madaniy  va  tabiiy  merosini  muhofaza  qilish 
Konventsiyasida  o’z aksini  topgan. 
BMT  ning  atrof  muhit  va  rivojlanish  bo’yicha  xalqaro  komissiyasi  (1983)  turli 
regionlarda,  eng  avvalo  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  ekologik  va  ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarning  o’zaro aloqalarini  urganadi. 


 
151 
Global  ekologik  muammolar  bilan  xalqaro  ijtimoiy  partiyalar,  tashkilotlar, 
guruhlar,  Harakatlar  (“yashillar”  yoki  ekologistlar)  ham  shugullanadilar.  Ulardan  eng 
mashxuri  “Grinpis”  -  “Yashil  dunyo”  ekologik  tashkiloti  bo’lib,  uning  faoliyatining 
asosiy yo’nalishi  - biosferaning  radiaktiv  ifloslanishidir. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish