18.1-rasm. Mamlakatning innovatsion siyosat o’tkazishni quyidagicha ifodalash mumkin.
Boshqa mamlakatlar tajribalaridai kelib chiqqan holda innovatsion jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:
akademik va tarmoq, institutlari, universitetlar va firmalarning ilmiy-tadqiqot
bo’linmalari ular davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi yoki boshqa turda qo’llab quvvatlanuvchi fundamental ilmiy-tadqiqotlar va izlanish loyihalari uchun mas’ul bo’ladi. Sanab o’tilgan tashkilotlar hisobotlar, turli hujjatlar, ixtirolar, ilmiy maqolalar shaklida intellektual mahsulot ishlab chikaradi hamda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shug’ullanadi;
texnik va sanoat-texnik tashkilotlar— ular innovatsion nou-xauga ega bo’lib, boshlang’ich loyihalar ustida ishlaydilar, sinov namunalari yaratish va ularni sinab ko’rish bilan shug’ullanadilar, texnik tavsiflar, patentlar, standartlar va reglament tayyorlaydilar. Mazkur tuzilmalar namunalar tayyorlash uchun kuchli ishlab chiqarish quvvatlari, professional va texnologik markazlarga ega bo’lishi kerak (18.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |