Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Qadimgi  Xett.  Milolddan  avvalgi  XVII–XII  asrlarda  hukm  surgan  va 
Kichik  Osiyoni  deyarli  barcha  qismini  tasarruf  etgan  Xett  podsholigi  qadimgi 
Sharqdagi xalqaro munosabatlarda yetakchi davlatlardan biriga aylangan. 
Xettlar  poytaxti  bo’lgan  Xattusa  shahri  arxivlaridan  topilgan  mixxat  bilan 
yozilgan  sopol  parchalari  ushbu  podsholik  diplomatiyasi  tarixiga  oid  asosiy 
manbalar  hisoblanadi.  Xett  podsholarining  solnomalarida  ham  qiziqarli 
ma’lumotlar mavjud. 
 Xett  hukmdorlari  asosan  harbiy  kuch  tufayli  erishgan  tashqi  siyosiy 
muvaffaqiyatiarini diplomatik shartnomalar orqali mustahkamlashga intilganlar.  
Shartnomalarda  davlatlar  o’rtasidagi  chegaralar  kelishib  olingan.  Qaram 
podshoga boshqa davlatlar bilan separat bitim imzolash va ittifoqlarga a’zo bo’lish 
qat’iyan  ma’n  etilgan.  Xett  podshosi  urushga  kirgan  paytda  u  bilan  shartnoma 
tuzgan  tomon  majburiy  tarzda  o’z  qo’shinlarini  urushga  safarbar  etishi  shart 
bo’lgan. “Betaraflik” yoki xettlar dushmani bilan maxfiy aloqada bo’lish g’animlik 


10 
harakati  deb  baholangan.  Shartnomalarning  ko’plab  moddalari  ichki  va  tashqi 
dushmanlarning  har  qanday  tajovuzlariga  qarshi  birgalikda  kurashishga 
bag’ishlangan bo’lib, uning ayrim bandlari faqat bir tomon uchun taaluqli bo’lishi 
mumkin  edi.  Shartnomada  ko’zda  tutilgan  shartlarning  to’liq  bajarilishi  ustidan 
nazorat qilish asosan guvoh - xudolar zimmasiga yuklatilgan. 
Xett  mamlakatining  tashqi  siyosatida  sulolaviy  nikohlar  muhim  o’rin 
egallagan.  Xett  podsholarining  qizlari  boshqa  davlatga  uzatilgan  vaqtda  ularga 
bosh  xotin,  ya’ni  mamlakat  malikasi  maqomini  kafolatlovchi  shartlar  ilgari 
surilargan.  
Xett manbalarida diplomatik elchilik vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs, 
“aso odami” (gerold) haqida ma’lumotlar uchraydi. Ushbu daraja oddiy elchi yoki 
vakil  darajasidan  ancha  yuqori  hisoblangan,  chunki  “aso  odami”  unvoni  ko’p 
hollarda podsho urug’iga mansub kishilarga berilgan. 
Hukmdorlarning  diplomatik  munosabatlarida  mirzalar  (kotiblar)  muhim  rol 
o’ynagan.  Ular  o’z  hukmdorining  ko’rsatmalariga,  xettlarning  o’zida  shakllangan 
mezonlarga  tayanib,  shartnomalar  va  xatlarning  matnlarini  tayyorlaganlar.  Xett 
jamiyatining  talabalaridan  kelib  chiqib,  mirzalar  bir  necha  tillarni  bilishlari  lozim 
bo’lgan. Ular maxsus mirzolar maktablarida ta’lim olganlar. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish