Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

 
 
 
Mas`ul muharrir:   
 
Erqo’ziyev Anvarjon Ashurovich,  
tarix fanlari nomzodi, dotsent 
 
Taqrizchilar: 
 
 
Agzamova Gulchehra Azizovna, 
tarix fanlari doktori, professor  
Xalmuratov Bahtiyor Rejavaliyevich, 
tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) 
 
 
 



KIRISH 
“Xalqaro  munosabatlar  va  diplomatiya  tarixi”  fani  Jahon  tarixining  eng 
qadimgi  davrlaridan  to  bugungi  kunga  qadar  bo’lgan  davriy  chegara  oralig’ida 
mavjud  bo’lgan  davlatlar  o’rtasidagi  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  aloqalar  tarixini 
o’rganadi.  Turli  davrlarda  mavjud  bo’lgan  davlatlar  o’rtasidagi  diplomatik 
munosabatlar  va  elchilik  aloqalari  tarixini  yoritish  kursning  asosiy  maqsadi 
hisoblanadi.  
Ma’lumki,  iqtisodiy  asosi  qulchilik  munosabatlarini  o’z  ichiga  olgan 
qadimgi  dunyoda  diplomatiya  davlatlarning  tashqi  siyosatga  doir  masalalarini  hal 
etuvchi  muhim  omilga  aylangan.  Quldorlik  tuzumi  taraqqiyotdan  to’xtab 
qolmagan.  U  bosqichma-bosqich  bir  nechta  jarayonlarni  boshdan  kechirgan. 
Urug’-qabilaviy  munosabatlardan  butkul  qutilib  ulgurmagan  ilk  quldorlik 
jamiyatlari  Qadimgi  Misr,  Ossuriya,  Xett  podsholigi,  Qadimgi  Xitoy,  Qadimgi 
Hindiston  kabi  davlatlarning  shakllanishiga  muhim  turtki  berdi.  Ushbu  diniy-
harbiy  boshqaruvga  asoslangan  davlatlarning  tashqi  siyosati  asosan  bosqinchilik 
xarakteriga  ega  edi.  Yangi  yerlarni  bosib  olish,  qullar  va  chorva  mollarini  qo’lga 
kiritish,  boyliklarni  talash  maqsadida  tez-tez  urushlar  sodir  bo’lar  edi.  Bunday 
urushlar  xalqaro  masalalarni  hal  etishning  yagona  yo’li  hisoblangan.  Quldorlik 
tuzumining asta-sekin mustahkamlanib borishi bilan davlatlar o’rtasida diplomatik 
munosabatlarga  ehtiyoj  sezilgan.  Qadimgi  Sharqning  yirik  hukmdorlari  ba’zi 
o’zaro  masalalarni  diplomatik  yo’l  bilan  hal  etishga  alohida  e’tibor  qarata 
boshlaganlar.  Nikoh  diplomatiyasi  xalqaro  munosabatlarda  o’z  o’rniga  ega  bo’lib 
bordi. Lekin bosqinchilik urushlari Qadimgi Sharq dunyosida xalqaro masalalarga 
yechim topishda asosiy vosita bo’lib qolavergan.  
Tovar-pul  munosabatlariga  asoslanuvchi  rivojlangan  quldorlik  jamiyatlari  – 
Qadimgi  Yunoniston  va  Rimda  xalqaro  munosabatlar  hamda  diplomatiya  yangi 
bosqichga  qadam  qo’ygan.  O’z  yerlarini  kengaytirish,  qullarni  qo’lga  kiritish, 
bozorlarga egalik qilish maqsadida tashqi siyosat olib boruvchi ushbu davlatlar o’z 
maqsadlariga  erishishi  yo’lida  ittifoqlar  tuzganlar,  turli  siyosiy  diplomatik 
o’yinlarni  amalga  oshirganlar.  Bunday  diplomatik  jarayonlar  ayniqsa,  Yunon–



Eron,  Rim–Karfagen  munosabatlarida  yaqqol  namoyon  bo’lganligini  ko’rish 
mumkin. 
Yunon–Rim  jamiyatida  zamonaviy  elchilikning  dastlabki  kurtaklari 
shakllangan,  diplomatik  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  alohida  davlat 
tashkilotlari  vujudga  kelgan,  professional  diplomatlar  yetishib  chiqqan, 
diplomatiga  oid  bilimlar  takomillashib  borgan.  Elchilarning  daxlsizligini 
ta’minlashga  qaratilgan,  ularning  huquq  va  majburiyatlarini  ifodalovchi  dastlabki 
qonun  hujjatlari  yaratilgan.  Yunon-Eron,  Peleponess,  Puni  urushlari  davomida 
nafaqat  harbiy  kuch-qudrat,  shuningdek,  diplomatiya  ham  urushlar  taqdirini  hal 
qiluvchi  muhim  kuchga  aylanganligi  yaqqol  ko’zga  tashlandi.  Ayniqsa,  Rim 
diplomatiyasiga  oid  bilim  va  tajribalar  asosida  o’rta  asrlar  so’ngida  zamonaviy 
diplomatiya  shakllangan.  Xalqaro  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  yangi 
me’yorlar,  tamoyillar,  qonun  hujjatlari  ishlab  chiqilgan.  “Bo’lib  tashla  va 
hukmronlik  qil”  deb  nomlangan  Rim  tamoyili  keyingi  davrlarda  ham  eskirmagan 
holda  dunyoga  hukmronlikni  da’vo  qiluvchi  yirik  davlatlarning  asosiy  tamoyiliga 
aylangan.  
Yangi  va eng  yangi davrga kelib  xalqaro  munosabatlarni amalga oshirishda 
diplomatiya  yagona  yechim  sifatida  tan  olinadigan  bo’ldi.  Birinchi  va  ikkinchi 
jahon  urushi  davrida,  “sovuq  urush”  munosabatlari  avj  olgan  yillarda  va  yadro 
urushi  xavfi  susaymagan  bugungi  kunda  ham  diplomatiyaga  bo’lgan  ehtiyoj 
o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Insoniyat jamiyatining saqlanib qolishi va 
kelgusida  ham  mavjud  bo’lishi  xalqaro  munosabatlardagi  muammo  va 
kelishmovchiliklarni  faqat  va  faqat  diplomatiya  yo’li  bilan  hal  etishga  bog’liq 
bo’lib qolganligi bugun hech kimga sir bo’lmay qoldi. 
Hozirgi kunda jahon siyosatida ro’y berayotgan keng qamrovli va murakkab 
jarayonlarni to’liq anglab etish uchun xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixiga 
oid  bilimlarga  ega  bo’lish  zarur.  Shu  nuqtai  nazardan,  taqdim  etilayotgan  o’quv-
uslubiy  qo’llanma  qadimgi  davrdan  to  hozirgi  kungacha  xalqaro  munosabatlar  va 
diplomatiyaga oid tarixiy jarayonlarni tahlil etishga yordam beradi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish