Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Mualliflar  5  QADIMGI SHARQDA XALQARO MUNOSABATLAR VA



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Mualliflar 



QADIMGI SHARQDA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Qadimgi Mesopotamiya diplomatiyasi. 
2. Qadimgi Misr diplomatiyasi. 
3. Qadimgi Xett diplomatiyasi. 
4. Qadimgi Ossuriya diplomatiyasi. 
5. Qadimgi Hindiston diplomatiyasi. 
6. Qadimgi Xitoy diplomatiyasi. 
 
Tayanch
 
so’z va
 
iboralar: Diplomatiya. Lugal. Lagash. Gir’avn  maktublar 
uyi.  Nikoh  diplomatiyasi.  Garovga  olish  diplomatiyasi.  Xazianu.  Kontragent 
shartnoma. Aso odami. Ashshurbanipal kutubxonasi. Al-Amarna arxivi. Abarakku. 
Rabshakku. Marshipri. Mandala. Artxashastra. Duta. Yuyshi. 
 
Qadimgi 
Mesopotamiya. 
Diplomatiya 
qadimgi 
davrdagi 
xalqaro 
munosabatlarda  davlatlarning  siyosiy  hamda  qulchilikka  asoslangan  iqtisodiy 
manfaatlarini  himoya  qilishga  qaratilgan.  Aynan  qulchilik  munosabatlari  qadimgi 
Misr,  Akkad,  Bobil,  Ossuriya  diplomatiyasi,  Xett,  Hindiston  va  Xitoy  kabi 
davlatlarning  vujudga  kelishi  hamda  gullab-yashnashida  muhim  rol  o’ynagan. 
Miloddan  avvalgi  IV–III  ming  yilliklarda  diniy,  harbiy  xarakterga  ega  bo’lgan 
kuchli  davlatlar  o’z  iqtisodiyotini  mustahkamlash  maqsadida  qo’shni  davlatlarga 
bostirib  kirganlar  hamda  ularning  boyliklarini  talaganlar,  aholisni  esa  qulga 
aylantirgan.  Xalqaro  masalalar  faqatgina  urush  bilan  hal  qilingan.  Miloddan 
avvalgi  II  ming  yilliklarga  kelib  qadimgi  Sharq  mamlakatlari  o’rtasidagi  xalqaro 
munosabatlarda diplomatiyaning o’rni kuchayib borgan.  
Miloddan  avvalgi  III–II  ming  yilliklarda  Mesopotamiyada  yigirmaga  yaqin 
“en”lar,  ya’ni,  shahar-davlatlar  mavjud  bo’lib,  Mesopotamiyada  gegemonlikka 
da’vogarlik  qiluvchi  dastavval  “Kish  podshosi”  unvoniga  ega  bo’lishi  kerak 



bo’lgan.  “Kish  lugali”  unvoni  podsho-gegemonning  an’anaviy  unvoni  bo’lib 
qolgan.  
Mesopotamiyaning  tashqi  aloqalari  asosan,  Sharq  tomonga  qaratilgan  edi. 
Miloddan  avvalgi  IV  ming  yillikda  Mesopotamiya  Eronning  yassi  tog’lik 
hududlari bilan jadal savdo aloqalariga ega bo’lgan. 
Miloddan 
avvalgi 
III 
ming 
yillikda 
Mesopotamiyaga 
keltirilgan 
mahsulotlarning  aksariyat  qismi  aynan  savdo  karvonlari  orqali  ta’minlangan.  Bu 
esa savdo karvonlarining yorkin qatnovini ta’minlovchi o’zaro kafolatlarni vujudga 
keltirishni talab qilgan. 
Kish hukmdori Menbaragessi (mil. avv. 2600-y.) ishtrokidagi bizga ma’lum 
bo’lgan  harbiy  to’qnashuvlardan  eng  qadimgisi  Elam  bilan  bog’liq  edi.  Elam 
keyingi  asrlar  davomida  eng  xavfli  dushmanga  aylanib,  Mesopotamiya  davlatlari 
aynan  shu  paytda  to’xtovsiz  harbiy  to’qnashuvlar  davriga  kirib  borgan.  Kish 
hukmdorlaridan  tashqari  Ur,  Uruk,  Lagash  hukmdorlari  ham  o’zlarini  “Kish 
podshosi”  deb  nomlay  boshlaganlar.  Akkad  sulolalariga  tegishli  bo’lgan  shohlar 
ham keyinchalik ushbu unvonni o’zlarining unvonlari qatoriga kiritganlar.  
Butun Mesopotamiya  hududlarini o’z  ichida qamrab olgan davlatni birinchi 
bor Akkad podshosi Sargon I (mil. avv. 2316–2261) Shumerni va Mesopotamiyani 
katta barpo etgan. Akkad deb nomlangan bu davlat o’zining tuzilishi jihatidan ham 
konfederatsiya,  ham  markazlashgan  davlatni  eslatgan.  Yaqin  Sharqda  Misr  va 
Elamning  asosiy  raqobatchisiga  aylangan  Akkad  davlati  uchun  harbiy  yurishlar 
an’anaviy tus olgan. O’zini “to’rt iqlim podshosi” deb e’lon qilgan Naramsin (tah. 
mil. avv. 2237–2200) va elamliklar hukmdori Xita (mil. avv. XXIII asr) o’rtasidagi 
birinchi  xalqaro  shartnoma  hozirgi  kungacha  saqlanib  qolgan.  Shartnomaga  ko’ra 
mag’lub  tomon  hisoblanuvchi  Elam  podshosi  katta  tovon  to’lashdan  tashqari 
Akkadga nisbatan samimiy va do’stona munosabatda bo’lish, uning dushmanlariga 
qarshi  harakatlarda  harbiy  yordam  ko’rsatish,  dushmanlik  kayfiyatidagi 
qochoqlarni tutib berish, Naramsinga dushmanlik qilganlarga panoh berishdan voz 
kechish kabi majburiyatlarni o’z zimmasiga olgan. 



Miloddan  avvalgi  II  mingyillik  birinchi  yarmida  Mesopotamiyada  yetakchi 
davlatga  aylangan  Bobilning  siyosiy  tartibsizlik  sharoitida  yuksalishi  harbiy 
muvaffaqiyatlar  bilan  birga  o’ta  mahorat  bilan  olib  borilgan  diplomatiyaning 
natijasi edi. Bobil hukmdorlari qo’shni davlatlar bilan diplomatik munosabatlalarni 
tartibga  solishda  sulolaviy  nikohdan  keng  foydalanganliklari  to’g’risida  ham 
ma’lumotlar  uchraydi.  Bu  davrda  davlatlar  o’rtasida  ko’plab  ittifoqlar  (teng 
huquqli  yoki  tengsiz)  tuzilgan.  Biroq  ularning  barchasini  umri  qisqa  bo’lgan. 
Chunki diplomatik munosabatlarni kafolatlovchi  huquqiy normalar hali shakllanib 
ulgurmagan edi. Agar ittifoq teng huquqli bo’lmasa, unda gegemon-podsho qaram 
podsholiklarga,  ularni  doimo  nazorat  qilish  maqsadida,  o’zining  maslahatchilarini 
(xazianuni)  yuborardi.  Qaram  podsholar  bunday  ittifoqning  rahbariga  yuborgan 
maktublarida  unga  “ota”  yoki  “hukmdor”  deb  murojaat  qilganlar.  Ularning 
majburiyatlari  bitimlarda  aniq  belgilangan  bo’lib,  eng  asosiy  vazifasi  urushlar 
davrida  harbiy  yordam  ko’rsatishdan  iborat  bo’lgan.  Tuzilgan  shartnomalar 
xudolar oldida qasam ichish bilan mustahkamlangan. Siyosiy maqsadlarga erishish 
yo’lida  harbiy  kuch,  ayyorlik,  pora  berib  sotib  olish,  isyonlarni  keltirib 
chiqarishdan  foydalanilgan.  Bunday  usullarni  Bobil  hukmdorlari  muvaffaqiyatli 
tarzda qo’llaganlar. 
Mari  va  Bobil  o’rtasidagi  shartnomalardan  birida  siyosiy  maqsadlarga 
erishish 
yo’lida 
iqtisodiy 
“yordam”dan  foydalanilganligini  tasdiqlovchi 
ma’lumotlar keltirilgan.  
Miloddan  avvaigi  II  ming  yillikning  o’rtalarida  Yaqin  Sharqda  bir-biriga 
teng  hisoblangan bir  nechta “buyuk” davlatlar  mavjud edi: Misr,  Kassitlar Bobili, 
Shimoliy Mesopotamiyadagi Mitanni davlati va Kichik Osiyodagi Xett podsholigi, 
Suriya,  Falastin,  Finikiya,  Shimoliy  Mesopotamiya,  Kichik  Osiyodagi  kichik  va 
mayda podsholiklar yoki knyazliklar “buyuk” davlatlarga qaram bo’lib qolganlar. 
“Buyuk”  davlatlar  podsholari  o’zaro  yozishmalar  chog’ida  bir-birlariga 
“birodar”  deb  murojaat qilgan.  Bir  birlariga  o’zaro  qimmatbaho  sovg’alar  taqdim 
etish diplomatik munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bo’lgan. 




Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish