Termin
|
Termin izohi
|
Xromosoma
|
Xujayra yadrosining ipsimon, o’z-o’zidan paydo bo’ladigan murakkab mujassamlashgan, irsiyat faktorlarini chiziq tartibida tutgan elementlar
|
Avitaminoz
|
Organizmda vitaminlarning bo’lmasligi
|
Agglyunitatsiya
|
Bakteriyalar, eritrositlar, leykositlar, trombositlarning kimiyoviy aktiv zarrachalarning bir-biriga yopishib qolib, chokmaga tushishi.
|
Adaptatsiya
|
Tirik organizmning tashqi muhitga moslashishi
|
Adinamiya
|
Uzoq kasallikdan so’ng ro’y beradigan holat
|
Akkomodatsiya
|
Qo’zg’aluvchan to’qimaning qo’zg’atuvchining tobora oshayotgan kuchiga moslashish
|
Ko’z akkomodatsiyasi
|
Ko’zning turli masofadagi narsalarni ko’rishga moslashish jarayoni
|
Akromegaliya
|
Gipofiz va gipotalamus bezining shikastlanishi natijasida, qo’l- oyoq panjasi, yuz skeliti, ichki organlarning kattalashivu, modalar almashinuvini buzilishi.
|
Akseliratsiya
|
Bolalar va o’smirlarning o’sishi va rivojlanishining tezlashuvi
|
Anemiya
|
hajm birligida qonda eritrositlar va gemoglabinlar kamayishi bilan ta’riflanadigan holat, kanqonlik.
|
Aseptika
|
xirurgik aperatsiyalar, yaralarni bog’lash, endoskopiya va davolash hamda diagnostika maqsadlarida qilinadigan boshqa ishlarda bemorning yarasi, to’qimasi, organlari, bo’shliqlariga mikroorganizmlarga tushurmaslikka qaratilgan tadbirlar sistemasi.
|
Auskul’tatsiya
|
ishlab turgan ichki a’zolardan chiqadigan tovushlarni eshitish, organlarning qanday ishlayotganini bilish uchuch qollaniladigan tekshirish usuli.
|
Antigen
|
Organizmga yot moddaning tushishi va antitelilar hosil bo’lishi
|
Antitelo
|
Organizmga antigenlar tushganda qon va to’qimalarda paydo bo’ladigan oqsil immun moddalar
|
Antropologiya
|
Odamning kelib chiqishi va evolyutsiyon rivojlanishni o’rganadigan fan
|
Apatiya
|
Xislarning falaj bo’lib qolishi
|
Arteriya
|
Yurakdan tananing barcha qismlariga qon yetkazib beruvchi tomirlar
|
Aritmiya
|
Yurak urishini notekisligi
|
Vena
|
Organizmni qismlaridan yurakga qonni olib keluvchi qon tomirlar
|
Autosoma
|
Jinsiy xromasomadan boshqa xromasomalardan umumiy nomi.
|
Bazedov kasalligi
|
Kattalashgan qalqonsimon bez funksiyasi kuchayganda kelib chiqadigan kasallik
|
Bradikardiya
|
Yurak urishini sekinlashuvi
|
Refleks
|
Tashqi va ichki muhit ta’siriga organizmning javob reaksiyasi
|
Shartsiz refleks
|
Organizmning doimiy va tug’ma javob reaksiyalari
|
Shartli refleks
|
Organizmda hayot davomida paydo bo’ladigan reflekslar
|
Bronx
|
Kekirdakdan o’pka to’qimalariga va aksincha havo o’tkazib beradigan hamda uni doimiy zararlardan tozalab turadigan organ
|
Bronxiola
|
Eng kichik bronxlar
|
Rinit
|
Burun shilliq qavatini yallig’lanishi
|
Bronxit
|
Bronxlarning shilliq pardasining yallig’lanishi
|
Vitaminlar
|
Organizmning hayot faoliyati uchun zarur, kumyoviy tabiati har xil organik birikmalar guruhi
|
Gipovitaminoz
|
Organizmga vitaminlarning kamayishi
|
Stress
|
Tashqi va ichki muhitning turli noqulay omillari na’siriga javoban paydo bo’ladigan ruhan zo’riqish holati
|
Taxikardiya
|
Yurak urishining tezlashishi
|
Taxipnoe
|
Halloslash, tez-tez nafas olish
|
Tonzillit
|
Tanglay murtagining yallig’lanishi
|
Etiologiya
|
Kasalliklarning sabablari va kelib chiqish sharoitlari to’g’risidagi ma’lumot
|
Kifotik qomat
|
Bolalarda ko’kraklar qanotga o’xshash ko’tarilib turishi
|
Lardotik qomat
|
Kishilarda gavdaning orqa qismi tekis, ko’krak qafasi yassi, qorin oldinga chiqqan bo’ladi
|
Skoliyoz
|
Kishilar tik turganda yelkalarning biri past, biri baland bo’ladi
|
Gastrit
|
Me’da shilliq qavatini yallig’lanishi
|
Kolit
|
Ichaklar shilliq qavatini yallig’lanishi
|
Gepatit
|
Jigar hujayralarini kasallanishi
|
Vaksina
|
mikroblar va ularning hayot faoliyatida paydo bo’ladigan maxsulotlardan olinadigan priporatlar. Odam va hayvonlar kasalligining oldini olish yoki davolash maqsadida aktiv imunizatsiya uchun ishlatiladi.
|
Gipotrofiya
|
Organizm hujayralarini oziqlanishini buzilishi
|
Eritrosit
|
Qizil qon tanachalari
|
Leykosit
|
Oq qon tanachalari
|
Trombositlar
|
Qon plastinkalari
|
Puls
|
Yurakdan chiqgan qonning tomir devorlari bo’ylab qiladigan harakati yoki tebranishi
|
Poliuriya
|
Siydikning ko’p ajralishi
|
Anuriya
|
Siydik ajralishini yo’qolishi
|
Proteinuriya
|
Siydikda oqsilning paydo bo’lishi
|
Glyukozuriya
|
Siydikda glyukozaning paydo bo’lishi
|
Eniurez
|
Siydikni tutaolmaslik
|
Ishuriya
|
Siydikni tutilib qolishi
|
Asinoz
|
Terining ayrim qismlarini ko’karishi
|
Afoniya
|
Ovozning yo’qolishi
|
Antropometriya
|
Insonlarning jismoniy rivojlanishiga baho berish
|
Gigiyena
|
Odamning turmushi va mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqadigan fan
|
Genetika
|
Irsiyat va organizm o’zgaruvchanligi haqidagi fan
|
Giperemiya
|
Periferik qon tomirlarini qonga to’lishi natijasida terining qizarishi
|
Gipertoniya
|
Qon bosimini ko’tarilib ketishi
|
Gipotoniya
|
Qon bosimini pasayib ketishi
|
Otit
|
Quloqni shilliq qavatini yallig’lanishi
|
Glaukoma
|
Asosan ko’z ichki bosimining ortib ketishi bilan kechadigan ko’z kasalligi
|