Namangan davlat universiteti tarix kafedrasi


-MAVZU: BUXORO VOHASI SHAHARLARI URBANIZATSIYASI



Download 1,46 Mb.
bet28/46
Sana02.04.2022
Hajmi1,46 Mb.
#524403
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
Bog'liq
2 5327819678427384957

13-MAVZU: BUXORO VOHASI SHAHARLARI URBANIZATSIYASI
ReJA:
1. Buxoro ilk o’rta asrlar davrida.
2. Varaxsha, Romitan, Vobkent. Poykand – savdo shahar-davlati. Arxeologik tadqiqot natijalari. Turar-joy, saroy, ibodatxonalar me’morchiligi.
3. Buxoro – Somoniylar davlatining poytaxti, tarixiy manbalar va arxeologik ma’lumotlari.
4. Buxoro Amir Temur va temuriylar davrida.
5. Shayboniylar davrida Buxoroning ravnaqi. Buxoro XVII asrda.


Quyi Zarafshon vohasida ilk o’rta asrlar davriga tegishli Arbinjon, Dabusiya, Karmana, G’ijduvon kabi yirik, ijtimoiy-iqtisodiy shaharlari vujudga keldi. Ulardan biri Rabinjon Buyuk ipak yo’lida joylashgan Dabusiya qal’asining sharqidagi qadimiy shaharlardan biridir. Rabinjon ayrim manbalarda Arbinjon deb ham yuritiladi. U So’g’diyona davlati konfederatsiyasiga qarashli Rabinjon viloyatining ma’muriy va iqtisodiy markazi bo’lib, 100 gektardan ortiq maydonni tashkil etadi. Shahar to’rt tomondan qo’sh devor bilan o’rab olingan atrofida handaqlar qazilib suv bilan to’ldirilib qo’yilgan. Uch tomondan sarhovuzlari, bozorlari, rastalari mavjud bo’lgan. Shahristondan qadimiy Fay (Nahri poy) kanali o’tgan. Shahristondagi dastlabki mudofaa devori va inshootlar milodiy IV asrda paxsadan bino qilingan. Shahar keyinchalik So’g’dning tayanch shaharlaridan biriga aylanib, Somoniylar davrida yanada rivojlanadi. Hududdagi yana qadimiy shaharlardan biri Karmana bo’lib, arab tarixchilari asarlarida Karminiya ko’rinishida berilgan. Karmanaliklar o’ziga xos shahar madaniyatini yaratgan bo’lib, uning tarixi ham Samarqand, Buxoro, Qarshi shaharlarining tarixi kabi kam emas. Uzoq o’lkalardan chiqqan savdogarlar aynan ushbu shaharda joylashgan Raboti Malik karvonsaroyida qo’nib o’tishgan. Shahar o’zaro savdo va madaniy aloqalar bilan bog’laydigan markaz vazifasini ham bajargan37.
V asr oxiri – VI asr boshlarida Varaxshada sug’orish tarmoqlari qayta tiklanib, Varaxsha va uning atroflari obod bo’ladi, gullab yashnaydi. Bu davrga kelib, shahar atrofi mustahkam mudofaa devor bilan o’rab olinadi, uning janubiy qismida esa Ark a’lo va qasr bunyod etiladi. Ana shu davrdan boshlab Varaxsha Buxoroning feodal hokimlari buxorxudotlarning asosiy qarorgohiga aylanadi. Varaxsha shahri va uning atroflarida yangi turarjoylar, bog’u rog’lar, sug’orish inshootlari, ekinzorlar barpo etilib, yanada obodonlashtirilgan38.
O’rta asrlarda Buxoro O’rta Osiyoning eng yirik siyosiy va madaniy markazlaridan biri bo’lgan. X asrga kelib esa Somoniylar davlatining poytaxtiga aylangan. Buxoro Samarqanddan farqli ravishda hozirgi joylashgan o’rnida tarixiy davrlarda mavjud bo’lib kelgan. Shaharning rejasi shaharga bir necha marotaba ko’chmanchilar hujum qilishiga qaramasdan ming yillar davomida o’zgarmasdan qolgan. Somoniylar davrida Buxoroning ko’handiz, shahriston va rabot qismlari yagona shahar devori ichida joylashgan alohida maxsus shahar hududlarini tashkil etgan. Buxoro shahristonidan g’arbda yoki aniqrog’i Arkdan g’arb tomonda Somoniylar davri Registon deb atalgan maydonda hukmdor saroyi joylashgan. Arkdan g’arb tomonga qarab islomdan avvalgi paytdan boshlaboq, kichik saroylar qad rostlagan. Registonda buxorxudot saroyi Abul Hoshim al-Kinoniy saroyi joylashgan. Buxoroning me’morchiligi shahar qudrati bilan mos ravishda rivojlanib borgan. Dastlab arablar davrida shahar arkida joylashgan eski ibodatxona o’rnida masjid barpo etilib, keyingi xalifalar va Somoniylar davrida qal’a devorlari tashqarisida yangi masjidga asos solingan. Somoniy Nasr II tomonidan 943 yilda Registonda katta saroy va 10 ta devonxona binolari qurilgan39.
Al-Muqaddasiy Buxoro va uniig atrofidagi qasabaga katta joy ajratadi, binolarining zichligi, arxitektura jihatidan mukammalligi nuqtai nazaridan uni Misrdagi Fustat bilan qiyoslaydi40. Ibn Battutaga Buxoroning u kelgan paytdagn ahvoli yoqmagan. U qahr bilan yozadi: “Bu shahar bir vaqtlar Jayhuning u sohilidagi shaharlarning eng ulug’i edi. La’nati mo’g’ul Tengiz (Chingiz) uni shu qadar xarob qilganki, masjidu madrasalar, bozorlar deyarlik bari vayrona bo’lib yotibdi. Odamlari shu qadar tahdirlanganki, johillikka, yolg’on da’volarga, munkirlikka yuz tutganlaridan Xorazm va boshqa yurtlarda ularning guvohligi tan olinmaydi. Hozir ular orasida bilim — fandan xabardor yo unga kiziquvchi biron kimsa yo’q”41 .
Buxoro haqida butun Xuroson uchun boshqaruv idorasi Buxoroda joylashganligi, boshqa biror bir shahar aholi soni jihatidan unga teng kelolmasligini, Buxoro shahristonining Samarqand, Balx, Marvnikidan farqli ravishda yettita darvozasi bo’lganligini ta’kidlagan. Istaxriy va Narshaxiylarda shahar darvozalari nomlari Birinchi Bozor, ikkinchi Shahriston, uchinchisi Banu Sa’d, to’rtinchisi Banu Asad, beshinchisi Qo’rg’on, oltinchisi Haqq-roh, yettinchisi Yangi darvoza deb atalgan. Muqaddasiy buxoroliklar ipak va shoyidan libos kiyishini, oltin va kumush idishlarda ichimlik ichishini aytib o’tgan42.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish