12-MAVZU: SAMARQAND. O’RTA ZARAFSHON SHAHARLARI URBANIZATSIYASI
REJA:
1. O’rta asrlardagi Samarqand topografiyasi haqida (V. V. Bartol’d, A. I. Vyatkin, A. I. Masson va boshqalar).
2. Xitoy va arab geograflari Samarqand haqida.
3. Ark, shahriston, rabotlar rivojining o’sish bosqichlari. Hunarmandchilik dahalari. Mudofaa tizimi, saroy va ibodatxonalar, turar-joylar qurilishi.
4. Samarqand Amir Temur va temuriylar davrida. Amir Temurning shaharlar qurilishiga oid siyosati. Me’moriy rejali qarorlari. Asosiy mahobatli qurilishlar. XIVXV asrlarda saroy-bog’lar me’morchiligi.
Afrosiyob qadim Samarqand ko’hna shahri bo’lib, hozirgi Samarqandning shimoliy qismida tepaliklar ko’rinishida joylashgan va 220 ga maydonni egallagan edi. Ko’hna shaharni o’rab turgan qal’a devori mil.avv. VIIVI asrlarda bunyod etilgan. Shaharning bir qismini mustahkam qo’rg’on, boshqa bir qismlarini esa qal’a devorlari bilan o’ralgan saroy majmui, savdo-hunarmandchilik mahallalari tashkil etadi. Bularning barchasi So’g’diyona davlatchiligida Afrosiyob muhim ahamiyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi22 .
Ko’ktepa So’g’diyonaning ilk temir davriga oid qadimgi va Afrosiyob kabi yirik shaharlaridan biri bo’lib, mazkur yodgorlik hozirgi Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan. Maydoni 100 gektardan ziyod. Bu yerda to’g’ri burchakli xom g’ishtdan qurilgan hokim qarorgohi mavjud bo’lgan. Ushbu majmuaning bunyod etilishi mil.avv. VII asrning boshlari bilan belgilanadi23.
Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 329 yilda O’rta Osiyoga bostirib kirdi. Samarqand haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar ham aynan ushbu davrga to’g’ri keladi. Ma’lumki, Aleksandr tog’dan o’tgan savdo yo’llari bo’ylab Baqtriyadan miloddan avvalgi 329 yilning bahorida Samarqandga yaqinlashadi. Mahalliy aholi ularni avvaliga forslar zulmidan xalos etuvchilar sifatida qabul qilib, keyin esa talon-tarojliklarga duchor bo’lgandan so’ng yunonlarga qarshi So’g’dda qo’zg’olon ko’tariladi. Unga mard hukmdor Spitamen boshchilik qiladi. Spitamenning qo’li baland kelayotgan paytda Aleksandr butun ishlarini yig’ishtirib, asosiy qo’shinini Samarqandga tashlaydi.
Samarqandning o’sha davrdagi qiyofasi haqida yunon solnomachisi Kvans Kursiy Rufning shaharni ta’riflashidan bilish mumkin. U uzunligi 70 stadiy, tashqi devorlar bilan va alohida ichki devorlar bilan o’ralgan qal’a-qo’rg’on Maroqanda haqida ma’lumot qoldirgan. Aleksandr ushbu shaharni o’zining hokimiyatini asosiy tayanchiga aylantirmoqchi bo’ladi. Shahar haqida Aleksandr: Samarqand to’g’risida eshitganlarimning hammasi haqiqat, faqat bir istisno bor, u mening tasavvurimdagidan ham go’zalroq ekan. Shunday bo’lsa-da, Samarqand istilo qilinayotgan paytda u vayron etiladi24.
Ma’lumotlarga ko’ra, Aleksandr Makedonskiy 70 dan ziyod shaharlarga asos solgan. Strabonning ma’lumot berishicha, Iskandar Baqtriya va So’g’diyonada 8 ta shahar, Yustinning ma’lumotiga ko’ra esa 12 ta shaharga asos solgan. Yozma manbalar Aleksandr nomi bilan bog’liq uchta shahar Oksiana, Aleksandriya Marg’iyona, Aleksandriya Esxata. Oksiana Amudaryo bo’yida bunyod etilgan shahar turli sharoitlarni hisobga olib qurilgan. U ikkita daryoning qo’shilish (Amudaryo va Ko’kcha) joyi bo’lgan qulay joy tanlangan. Bu yerda tabiiy baland tepalikning ham borligi muhim bo’lib, tepalik ustiga shahar akropolini qurish imkoniyati bor edi. Shahar tekislikda ham, daryo bo’ylab ham mustahkam devor bilan o’rab olingan. Ushbu shahar Sharqiy Baqtriyaning muhim markazlaridan biri bo’lgan. Shahar yunon-makedonlarning tayanch nuqtasi bo’lib, foydali qazilmalarga nihoyatda boy bo’lgan va Badaxshonga ketuvchi yo’lni ham nazoratga olib turgan25.
V asrdan boshlab Samarqand yana Xitoy manbalarida tilga olinadi. Eftaliylar davrida qo’hna Varaxsha shahrini tubdan qayta qurish ishlari olib borilgan. Bu yerda o’zlarini Buxorxudotlar deb atagan, eftaliylar davrida o’z mavqyeini saqlab qolgan Buxoro hukmdorlarining saroyi va uning yonida esa juda katta istehkom qurilgan26. Buxoro shahristoni 30-35 ga maydonni egallagan27.
Ilk o’rta asrlar davrida Buyuk ipak yo’li orqali borilgan keng ko’lamdagi iqtisodiy va madaniy aloqalar eftaliylar, Turk hoqonligi, Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan O’rta Osiyo qadimgi viloyatlari o’rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo-sotiq jarayonlarining taraqqiy etishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan edi. Bu jarayonda ilk o’rta asrlar davri So’g’d shaharlarining o’rni beqiyos bo’lgan. Janubiy So’g’ddagi ilk o’rta asrlar yirik ko’hna shaharlardan biri Qal’ai Zahoki Maron hisoblanadi. Ushbu shahar Qashqadaryoning quyi oqimi chap qirg’og’ida, Qarshi vohasida miloddan avvalgi III asr boshlarida asos solingan. Uning markazi saroydan iborat bo’lib, uch qatorli devor bilan o’rab olingan. Milodiy IVV asrlar shaharning ikkinchi qurilish davri bo’lib, devorlarining ikki qatori va qal’a qayta quriladi. Quyi Qashqadaryo oqimlaridagi ilk o’rta asrlarda paydo bo’lgan yirik ko’hna shaharlardan biri Nasaf hisoblanadi. Bu ko’hna shahar arab va fors manbalarida Nasaf yoki Naqshab nomi bilan tilga olinadi va shaharning qal’a hamda ko’handizidan tashqari shahristoni, to’rt tarafda darvozasi ham bo’lganligi eslatib o’tiladi.
Darg’om kanalining chap qirg’og’i, Afrosiyobning janubiy ostonasida joylashgan Kofirqal’a xarobalari ilk o’rta asrlarda yirik madaniy va savdo markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ko’hna shahar milodning IVIII asrlarida mavjud bo’lib, shahar aholisi asosan hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Shahar uch qismdan ark, shahriston, rabotdan iborat bo’lib, himoya devorlari bilan o’ralgan kvadrat shaklidagi umumiy maydoni 16 gektarni tashkil etgan. So’g’dning yana bir ko’hna shaharlaridan biri hozirgi Buxoro shahri bo’lib, ushbu shahar va arki taxminan miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ladi va qo’rg’on devor bilan o’rab olinadi. Devorlar to’g’ri burchak shaklida bo’lib, taxminan 35 gektar maydonni egallagan. Miloddan avvalgi IIII asrlarda ark hududlari ya’ni 12 gektar maydon paxsadan qilingan devor bilan o’rab olinadi. Milodiy VI asrning ikkinchi yarmida esa ularning ustidan ikkinchi qator himoya devorlari bunyod etiladi. Bu davrda shahar ark, shahriston va shahar atrofidan iborat uch qismdan tshkil topadi.
Somoniylar hukmronligi yillarida Samarqand Movorounnahrning iqtisodiy, madaniy va ilmiy markaz bo’lib qolaverdi. Arxeologlar Afrosiyobda X asr Somoniy hukmdorlarining hashamdor xonalari bo’lgan qasrlarini topganlar. Bu esa IXX asrlarda Samarqand yana gullab- yashnagani, Movorounnahrning eng yirik savdo hunarmandchilik va madaniy markaziga aylandi va hududi kengaydi. XI asrda Samarqand Qoraxoniylar davlati qo’l ostiga mulk sifatida kirdi, keyin ushbu davlat G’arbiy tarmog’ining poytaxti bo’lib qoldi. Ana shu vaqtda shahar hayotida yangi bosqich boshlandi28.
IXXII asrlarda Samarqand Sharq madaniyatining yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda Eron, Iroq, Xurosondagi yirik shaharlari bilan madaniy aloqalar jadal rivojlandi. So’g’d zodagonlari Abbosiy xalifalarning eng obro’li a’yonlaridan, turk qo’shinlari esa uning tayanchi bo’lib qoldi. Avval Sosoniylar so’ng esa Qorahoniylar davrida ko’plab qurilish ishlari olib borildi. Samarqand hajm va aholisining soni jihatidan har doim Movorounnahrda birinchi shahar bo’lib qolavergan. Hattoki, Somoniylar davrida davlatning poytaxti Buxoro bo’lganda ham Samarqand yuqoridagi holatlar bo’yicha Buxorodan oldinda bo’lgan. Shahardagi binolar loy va yog’ochdan qurilib, aholisi chiroyli ekanligi, o’zlariga xarajat hamda hamxo’rlik qilishda sahiy bo’lganligini e’tirof etib, har jihatdan Movorounnahr shaharlaridan ustun turishi keltirilgan29.
Istahriyning Samarqandga bergan ta’rifida, shahar qasrlari uning daraxtlari soyasida qolib ketganligi, bog’larining go’zalligi, hovuz suvlari jilvalanib aks etishini ta’riflagan. Shaharga suv maxsus qo’rg’oshin quvur Jo’yiarziz orqali keltiriladi. U Markaziy Ras ut toq bozori qubbalari ostidan shahar devori orqali o’tkazilgan bo’lib, yer osti suv o’tkazgich quvurlari bilan qasr va jom’e masjidiga olib borilishi haqida yozib qoldirgan.
Ibn Havqal 960970 yillar orasida Samarqandga kelganda shahar Movorounnahr nozik ta’b odamlari yig’ilgan joy bo’lib, ularning eng yaxshilari Samarqandda tarbiyalanganlar30. Shaharning sharqda Xitoy, g’arbda Navbahor, shimolda Buxoro, janubda Katta darvozalari bo’lib, ularning barcha balandda joylashgani keltirilgan31.
Do'stlaringiz bilan baham: |