Namangan davlat universiteti tarix kafedrasi


-MAVZU: QASHQADARYO VOHASI SHAHARLARI URBANIZATSIYASI



Download 1,46 Mb.
bet25/46
Sana02.04.2022
Hajmi1,46 Mb.
#524403
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
2 5327819678427384957

11-MAVZU: QASHQADARYO VOHASI SHAHARLARI URBANIZATSIYASI
REJA:
1. Kesh tarixiy xujjatlarda. IX–XII asrlardagi Kesh haqida arxeologik ma’lumotlar.
2. O’rta asrlarda Shaxrisabz. Qashqadaryo daryo­sining yuqori va o’rta oqimlaridagi o’rta asr shahar­lari.
3. Amir Temur va temuriylar davrida Shahrisabzning gullab-yashnashi. Rejalashtirish, asosiy me’moriy yodgorliklar. Naxshab ilk o’rta asrlarda. Yerqo’rg’on shahri. Rejalashtirish, so’nggi arxeologik tadqiqotlar.
4. O’rta Asrlardagi Nasaf (Shulluktepa), Kasba (Kasbi), Bezda (Ko’hna Fazli), Gubdin (Tallisart), Qarshi. Shaharning vujudga kelishi va rivojlanishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar. Rejalashtirish, o’rta asrlardagi Qarshining asosiy me’moriy yodgorliklari.


KeSh (arab, manbalarida Kashsh, Kass, Kise) — tarixiy shahar va viloyat. Hoz. Qashqadaryo viloyatining shim.sharqiy qismini egallagan. Dastlab Kesh Kitob o’rnida bo’lgan, keyin 9—10-a. larda Shahrisabz hududiga ko’chgan. Kesh nomining xitoycha transkripsiyasi 1-marta 7-a. ga oid xitoy yozma manbalarida Syuysha shaklida uchraydi. Uning sug’d tilidagi nomi esa 7-a. oxiri — 8-a. boshlarida hukmdorlik qilgan Kesh hokimi Axurpat tangalarida hamda 8-a. o’rtalarida Keshni idora qilgan hokim Ixshidning dastlabki arabcha fale (tanga) larida ilk bor zikr etilgan. «Kesh» atamasining kelib chiqishi Qashqa-Qashqrud nomi bilan bog’liqbo’lishi mumkin. Boshqa bir fikrga ko’ra (A. Muhammadjonov), «Kesh» toponimining ma’nosi ilk bor — uy, qishloq, shahar, poytaxt, viloyat, el-yurt, diyor, hatto «Kishvar» shaklida esa mamlakat va Vatan kabi ma’nolarni anglatgan. Xitoy yozma manbalarida qayd etilishicha, hokim Digja (Dichje) (6-a. oxiri — 7-a. boshlari) Keshga asos solgan bo’lib, o’sha vaqtda shahar aylanasi 1 km ga yetgan. Arab tarixchisi Ya’qubiynshpt yozishicha, Kesh mil. 7-a. o’rtalarida yuksalib, Sug’dning bosh shaxriga aylangan. Kesh bu davrda hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyat yuksak rivojlangan shaharga aylanib ark, ichki va tashqi shahardan iborat bo’lgan. Ichki shahar mudofaa devori va 4 darvozaga ega edi. 6-a. da arkning g’arbiy qismida shahar hokimi Digja tomonidan yangi qarorgohga asos solingan. 7-a. oxiri — 8-a. ning 1-yarmida Keshni arablar bir necha bor fath etgan. 751 y. da Kesh hukmdori Ixrid Xuroson noibi Abu Muslim buyrug’i bilan qatl qilingan bo’lib, at-Tabariyning guvohlik berishicha, arablar Keshda katta o’ljani qo’lga kiritganlar. 775-776 y. larda Kesh viloyati Muqanna qo’zg’oloninmng asosiy markazlaridan biri bo’lgan. Somoniylar davrida Kesh hududi eni va bo’yiga 1/3 farsax (2 km ga yaqin) mayd. ni tashkil etgan. Bu vaqtda aholi K. ning ko’handiz va madinasini tark etgan bo’lib, hayot faqat uning rabodida davom etayotgandi. Asta-sekin aholi rabodni ham tark etib, hoz. Shahrisabz o’rnida yangi shaharga asos solgan. Arxeologik tekshiruvlar Kitob o’rnidagi Keshning aynan shu vaqtda barham topganligini isbotladi. Keshning bundan keyingi tarixi Shahrisabz bilan bog’liq bo’lib, bu nom 14-a. da xalq ongiga uzil-kesil o’rnashgan. Shunday bo’lsada, shaharning qad. nomi talay vaqt uning yangi nomi bilan bir qatorda aytilib yurgan.
Shaharda ilm-ma’rifat rivoj topishi oqibatida «Koshiy, Keshiy» taxallusi bilan mashhur olim-fozillar yeti-shib chiqqanligi tufayli Kesh shahri «Qubbat ul-ilm val adab», ya’ni «Ilm va ta’lim gumbazi» degan sifat bilan shuhrat topgan.
Urta asr yozma manbalarida Kesh deb atalgan viloyat xududi Zarafshon tizma togining janubiy yonbagrlaridan boshlanib, xozirgi Kitob, Shaxrisabz, Yakkabog, yeuzor va Uradaryo voxasi yerlarini uz ichiga olganligi kayd etilgan. Uning markazi Shaxrisabz-Kitob voxasida rivoj toptan. V-VI asrlarda Kashkadaryo kuchmanchi kabilalar tarkalgan ulka bulib, oldin Eftalitlar davlatining, keyinrok esa Turk xokonligining tarkibiga kirgan. VI-VII asrlarda viloyat markazini kadimgi Kesh shaxri bilan boglovchi fikrlar bor. Arab muallifi Yokubiyning ma'lumot berishicha, Kesh ma'lum bir muddat butun Sugdning poytaxtiga aylanadi. Kesh shaxri VII asrda yuksak darajada rivojlanib, Xitoy bilan siyosiy- iktisodiy va madaniy alokalarni kuchaytiradi. Buyuk Ipak yuli orkali Kesh savdogarlari Uzok Shark shaxarlarigacha yetib borganlar. Kesh uz tanga pulini zarb kilgan. Kashkadaryo kuyi okimida joylashgan Naxshab xam ma'lum davrda unga karam xolatga tushib koladi. 672 yilda Turk xokonligi inkirozga yuz tutganidan keyin Samarkandning yuksalishi sodir bulib, Kesh Samarkand xukmdorlari ixshidlar kuliga utadi. Kesh ilk Urta asrlarda xam sugd konfederatsiyasining maxalliy xokimlari orasida yetakchi mavke uchun kurashgan. VII asr urtalariga Kadar xatto Sugdning ma'muriy-siyosiy markazi rolini utagan. Shishpir ixshidligi davri buning yakkol misoldir. Fakat Varxumanning ixshidligi davridagina markaziy xokimiyat Samarkandda karor topdi.[1] Musulmon yozma manbalarida Kesh nomi dastavval VII asr oxiri VIII asr boshlarida kUllanilgan. Ularda shaxarning uch xil: Kash, Kish va Kesh shaklida yozilishi uchraydi. Birok ulardan kay biri nisbatan tugrirok ekanligi masalasi noanikligicha kolmokda. Tangalardagi sugdcha matnlarda bu suz doim unlisiz - KS shaklida beriladi. Ilmiy adabiyotda va taomilda Kesh nomi karor toptan, birok bu toponimning tugri nomi Kish yoki Kiss xam bulishi mumkinki, Yokut aynan shu atamani Ibn Mukulga (vaf. 1080-1081) yeuyangan xolda ilgari surgandi. [2] Unda shaxar nomining dastlabki shakli Kishan yoki Keshan bulgan kurinadi. Tangalardagi sugdcha matnlarda u KSnK sifatida yoziladi. Xitoychada kiska Szyuysha-Kyuysha bilan bir katorda Syuyshuana shaklidagi tulik yozuvi xam uchrashi bejiz emas.[3] Bu ikki shakl taomilda bir vaktning uzida mavjud bulgan bulishi mumkin, lekin keyinchalik VIII asrdayok kiska shakldagi Kesh-Kish nomi ancha tulik Keshan-Kishanni surib chikargan. Toshkentning kuxna nomi tulik shaklda Chochon deb atalib kelgan Choch bilan xam shu xodisa ruy bergani aniklangan. [4]
Ibn Xavkal bunday yozadi: “Kesh esa kuxandiz, kUrgon va rabodga ega bulgan shaxardir. Shuningdek rabodga tutashib ketgan boshka madina xam mavjud. Undagi uylar loy va yogochdan kurilgan”.[5] Al- Makdisiy xam Kesh madina va rabodga ega bulgan shaxar bulganligini yozgan. Uning tavsifi xozirgi Shaxrisabz urnida bulgan Keshga tugri keladi, chunki manbada ichki madina kuxandizi bilan (Kitob Urnidagi ilk Kesh) tashlandik xoldaligi, tashkisida esa axoli zich joylashganligi ta'kidlangan. Lekin jome' masjid vayron bulgan madinada, bozorlar esa rabodda joylashgan. “Uning imoratlari, - deb yozadi al-Makdisiy, - Buxorodagi kabi loy va yogochdan kurilgan”. Arab mualliflari, eng avvalo, shaxarning topografiyasi va tarixiga, shuningdek asosiy darvozalarining soni va joylashuviga, sugorish manbalari - daryolar, kanallar, yerlarning xosildorligi, yirik axoli manzilgoxdari oraligidagi masofalarga e'tibor karatishadi. Jumladan, Kesh-Nasaf, Kesh-yeuzor-Termiz, Nasaf- Buxoro va boshka yunaliщlardagi karvon yullarining tafsilotlari keltiriladi. Kesh viloyati Zarafshon toglaridan yeuzordaryogacha bulgan yerlarni kamrab olgan bulib, 16 ta tuman-rustokdarni birlashtirgan. Ibn Xavkal va al-Makdisiy tomonidan keltiriladigan Keshning ta'rifi ‘ Eski Kesh (Kitob) va Yangi Kesh (Shaxrisabz)ga tugri keladi. Eski Keshning ichki madinasi va kuxandizi bu davrda tashlandik xolga kelib, undan 7 km janub tomonda tashki madina (Yangi Kesh) ravnak topayotgan bulib, uning ikkita darvozasi, ular orkali utgan markaziy kuchasi mavjud bulgan. Eski Kesh xududida jome' masjid, zindoy va bir kancha bozorlar joylashgan. Arab sayyoxlari Kesh yerlari- ning serxosilligini, axolisi esa dexxonchilik va chorvachilik bilan shugullanishini yozgan. Asrud daryosi (Kashkadaryo) Kashkrud rustokidan okib, Keshdan shimolrok tomondan Utgan, “Mato buyovchilar daryosi” (Oksuv) esa shaxarning janubiy tomonidan utgan. Daryoning nomi Kesh axolisining an'anaviy mashgulotlaridan biri bulmish tukimachilik tugrisida ma'lumot beradi. Undan tashkari shaxarda kulolchilik, temirga ishlov berish, kurilish ashyolari va buyok ishlab chikarish, shishasozlik, nonvoylik, kandolatchilik tarakkiy etgan. Shuningdek Kesh uzining kizil tuzi bilan xam mashxur bulgan. Shaxarning gullab-yashnagan davri VII asrning birinchi yarmiga tugri kelib, bu davrda Kesh Sugdning (Kashkadaryo va Zarafshon vodiylari) poytaxtiga aylandi. Yozma manbalar va numizmatik manbalarda ushbu davrda Keshni boshkargan uchta xukmdor Dichje, Shishpir, Axurpat tugrisida ma'lumot beriladi.[6]
Arab mualliflari VIII asr oxirlariga kelib, Keshning keskin tushkunlikka uchrashi sabablariga tuxtalishmaydiki, buni, eng avvalo, Mukanka isyonini eslatmaslikka xarakat kilganlik bilan izoxlash mumkin. 751 yilda Kesh xukmdori al- Ixshid (Ixrid) Xuroson noibi Abu Muslim buyrugi bilan katl kilingan bulib, at- Tabariyning guvoxlik berishicha, bu vaktda arablar Keshda katta uljani kUlga kiritganlar. Xalifalik noiblarining Sugdda amalga oshirilgan va ma'lum maksadlarga yunaltirilgan siyosati bir vaktlar kuchli bulgan Keshning ijtimoiy-ixtisodiy axamiyatini tubdan yemirishga, shu bilan isyonchi shaxar va uning mustaxkam mudofaasini vayron xilishga karatilgan edi. Shuning uchun bulsa kerak Ibn Xavkal tomonidan “tashki shaxar” sifatida ta'riflangan Shaxrisabz Urnidagi shaxar uzok davr mudofaa devorlarisiz kolib ketgan. Ibn Xavkal Kesh Kurgoni va uning ichki kismi vayronaga aylanganligi xamda tashki madinada axoli yashashi tugrisida gapirar ekan, “Kesh xukmdori karorgoxi madina va raboddan tashkarida, “al-Musallo” nomi bilan ma'lum bulgan joyda joylashgan”ligini maxsus ta'kidlab utadi. Shu tarika, X asrda ark va Kesh xukmdori karorgoxi Kitob shaxristoni (Kesh ichki shaxri) va Shaxrisabz (tashki shaxri)dan tashkarida joylashgan. U xolda Kesh viloyati ma'muriy markazi xam xukmdor karorgoxi bilan bir joyda, ya'ni “al-Musallo”da joylashgan, deb xulosa kiladi.[7] “Al-Musallo”ning joylashgan Urni borasida manbalarda ma'lumotlar yuk. Shaxrisabz tarixiga oid bir kancha asarlarda turli xil ma'lumotlar aks etgan. Bu asarlarda Kesh viloyatining tabiiy geografik Urni, tabiati, axolisi, shaxarlari xakida bir kancha kimmatli ma'lumotlar keltiriladi. Ibn Xavkalning “Yullar va yurtlar” asarida Kesh xakida kuyidagi ma'lumotlar saklangan: “Kesh shaxristonida turt darvoza bor: Temir darvoza, uning yonida Ubaydullox darvozasi va turtinchisi tashki shaxar darvozasi. Tashki shaxarda ikkita darvoza bor: ichki shaxar darvozasi va Barkanon darvozasi. Siyom toglaridan boshlangan daryo shaxarning janubida okadi, yana bir daryo - Asrud; Kashkrud rustokidan boshlanib, shaxarning shimolida okadi”. [8] Yana bir kancha muxim ma'lumotlarni uz ichiga olgan manba Abu Ja'far Muxammad ibn Jarir at- Tabariy (839-923)ning “Tarix ar-rusul va-l-muluk” (Tarixi Tabariy) asaridir. U kadimdan to 915 yilgacha bulgan tarixiy vokealar bayonini, jumladan, U rta Osiyoning VII-IX asrlar tarixini Uz ichiga oladi.[9] Mazkur manbada Kesh (Shaxrisabz)ning arab kUshinlarining ikki yillik (milodiy 669-702 yillar) kamaliga matonat bilan karshilik kursatgani va arablar tulov olish bilan kifoyalanib kaytib ketganliklari kayd etilgan. 704 yil vokealari bayonida esa, Kesh va Samarkand Xukmdorlari arablarga karshi birgalikda jang kilib galaba kozonganlikpari, sungra arablarga karshi Kesh, Nasaf va Buxoro kUshinlari birlashganligi xakida yozilgan. Arablar 709-710
yili Keshni bosib oldilar. Lekin Kesh arablarga karshi ozodlik uchun kurashda keyingi yillarda xam Movarounnaxrdagi asosiy shaxarlardan bulgan. Chunonchi, Abu Muslim (taxm. 727-755) xarakati yillarida (747-750) Kesh muxim Urin egallagan. Kesh dexkoni xukmdori Ixshid (Ixrid) 746-747 yillari Abu Muslimga karshi jang kiladi va xalok buladi. 777-778 yillari Mukanna kUzgoloni chogida Kesh kuzgolon markazi bulgani xam ushbu manbada berilgan. “Kitob al-masolik va-l-mamolik” Abu Zayd Balxiy, Istaxriy va Ibn Xavkal ijodi maxsulidan iborat geografik asar. Unda yozilishicha, IX-X asrlarda Kesh kal'a (kUxandiz), shaxar kUrgoni (xisn). va shaxar atrofi (rabod) kismlardan iborat bulgan. Kal'a arablar istilosi davrida xarob etilganicha, xal i tiklanmagan edi. Shaxar eniga va buyiga 2 km dan ortikrok maydonni ishgol kilgan va 4 ta darvozasi (tashki devorda 2 ta darvoza) bulgan. Shaxar yonidan daryo okib utishi, iklimi issikligi, mevalar mul-kulligi ta'kidlangan.[10] “Xudud-ul-olam” muallifi noma'lum, X asrda forsiy tilda yozilgan geografik asar.[11] Mazkur asarning Movarounnaxr tavsifi kismida Kesh xakida xam ma'lumot bor. Unda shaxarning shaxriston, kuxandiz va rabodi borligi, uning yonidan okib utuvchi daryo suvidan dexkonchilikda foydalanilishi, yakinidagi toglardan tuz va boshka kazilma boyliklar kazib olinishi yozilgan. Abubakr Muxammad ibn Ja'far Narshaxiyning (899-959) “Buxoro tarixi” (943-944 yillarda yozilgan) nomli asarida, asosan, Buxoroning urta asrlardagi tarixi xakida xikoya kilinsada, ayni paytda Movarounnaxrda kechgan tarixiy vokealarga xam Urin berilgan. Shu munosabat bilan Kesh shaxri va viloyati xam bir necha marta eslatib utiladi. Chunonchi, Sugd, Kesh va Naxshabdan 120 ming kishilik kUshin yigilib, arablarga karshi jangga shaylangani, Kesh va Naxshabdan katta lashkar tuplanib, Kutaybaga karshi chikilgani, Mukanna kUzgoloni va uning Kesh viloyatida kUllab-kuvvatlangani, kattik janglar bulgani xususida ancha batafsil yozilgan. [12] Abu Rayxon Beruniyning (973-1048) “Konuni Mas'udiy” asaridagi shaxarlar jadvali kismida Kesh beshinchi iklimdagi shaxarlar tarkibida berilgan va koordinatalari geografik uzunligi geografik kengligi 39°50' kursatilgan.[13] Ilk Urta asrlarda (V-VHI asrlarda) shaxar yangi joyga kuchib, aloxida mulk poytaxti sifatida karor topib, VII asr boshidan VIII asr urtalarigacha mavjud bulgan va arablar tomonidan tugatilgan Kesh karor topdi. Shi, boshkacha aytganda, Kyuysha yoki Gieshuan, ya'ni Kesh yoki Keshan mulkining kudratli xukmdori Dichjening atrofi 2 li (ya'ni bir km) doiragacha chuzilgan karorgoxi bulgan. U Sishi shaxrini bunyod ettirdiki, bu Kesh nomi shakllaridan biridir.[14] Kesh Kitob Urnida kolganmi yoki Shaxrisabz Urniga kuchib bulganmi? Garchi M.ye.Masson ilk urta asrlarda Kitob shaxrida axoli nisbatan zich joylashganligiga asoslanib Kesh Kitob Urnida bulgan, deb kat'iy aytgan bulsada, bu muxim masala
noanikligicha kolmokda. Vaxolanki, ye.M.Masson- ning fikricha Shaxrisabzda axoli zich joylashganligi izlari, bir nechta ifodasiz sopol parchalari va shu davrdagi bir nechta Shaxrisabz tangalarini istisno etganda, deyarli yuk.[15] Bu fikrni boshka olimlar xam kUllab- kuvvatlashgan. Shaxrisabzda XX asrning 80- yillarida olib borilgan arxeologik tadkikotlar masalaning boshkacha manzarasini beradi. Shaxrisabzning kup joyida ilk urta asrlar katlamlari kayd. etilgan. Bu joylar: Shaxrisabzning kal'a devori doirasidagi, vayron bulganiga karam ay, uzunligi 200 metrga yetadigan, 2,5 metrli madaniy katlami bulgan katta tepa joylashgan janubi-garbiy burchagi, Chorsu atrofi, ya'ni shaxar markazi, Oksaroyning shimoli, yani shaxarning janubdan shimolgacha bulgan 1,5 km uzunlikaagi kismidir.[16] Bundan tashkari, Shaxrisabz chekkasida bir kancha tepa, shu jumladan, Balandtepa (Zindontepa), Kalkontepa va boshkalar joylashgan. Bularning bari uz maydoniga kUra, Beyshida keltirilgan Kesh poytaxti maydoniga tugri keluvchi murakkab shaxar tuzilishiga uxshash juda katta manzilgox tasvirini beradi. Shaxrisabzdagi kazish ishlari jarayonida mil. VI- VII asrlarga oid kupgina tanga, shu jumladan, Kesh xukmdori Axurpatga oid beshta tanga topiladi. Kitobdan bunday tangalar umuman topilmagan, bu xol ushbu davrda ayni Shaxrisabz pul vositasida savdo-sotik olib . boriladigan yirik shaxar bulganligidan dalolat beradi. Bu davrda Kitobda atrofida manzilgoxlari bulgan dexxonlar saroyi (bek kal'asi Urniga) joylashgan edi. Arxeolog Z.Usmonovaning fikricha Shaxrisabz - Barknon urnidagi dastlabki manzil V- VI asrlarda vujudga kelgan, uning negizi Shaxrisabzdan 300 m shimolrokda joylashgan Balandtepa yoki Zindontepa xarobalari Urnida bulgan. [17] Shu davrda bu yerda maxalliy xukmdorning mustaxkam kasri joylashgan bulib, uning ichida zardushtiy ibodatxonasi xam bulgan. XIX asrda xam maxalliy axolining ayrim vakillari bu joyga kelib, eski zardushtiy dinining ma'budlariga sajda kilganlar; xar yili muxaddas Navruz bayramida esa bu yerda xalk sayillari utkazilgan. Dastlab bu kasr atrofida devor bipan Uralmagan manzillar bulib, VII-VIII asrlarda ularning maydoni kengaygan, IX-X asrlarga kelib esa bu shaxarcha muxim savdo- xunarmandlik markaziga aylanganligini ta'kidlagan.[18] Sugd poytaxti Kesh VI-VII asrlardayok Shaxrisabz Urnida bulgan va keyingi asrlarda xam shu yerda rivojlangan. Shaxrisabz xududida joylashgan kadimgi yodgorliklardan Balandtepa (Zindontepa) muxim axamiyatga egadir. Rivoyatlarga kura, XIV-XV asrlarda tepa Urnida shaxar zindoni joylashgan, shuning uchun u Zindontepa deb atalgan. M.ye.Massonning fikricha, VI-VIII asrlarda bu yerda baland poydevorli uy-kUrgon joylashgan. Xozir xam Zindontepa xarobalarining balandligi 15-
Arxeologlar tomonidan olib borilgan tadkikotlar natijasida Zindontepaning markaziy kismida yirik inshoot koldiklari topib, tekshirildi. Ammo arxeologik kazishlar davrida topilgan xonalarda oshxona uchoklari va kul katlamlari, mexnat kurollari, don saklash uchun ishlatilgan katta xajmli sopol idishlar (xumlar, xumchalar) va ruzgor buyumlari uchramadi. Balandtepa urnida dexkonchilik xujaligi bilan boglik bulgan oddiy uy-kUrgonning rivojlanganligi uz isbotini topmadi. Shu bilan birga, bir kator malumotlarga kura, baland va mustaxkam poydevor ustiga kurilgan yirik inshoot, xonalarda uy-ruzgor, oshxona va xujaliklar (dexkonchilik chorvachilik) bilan boglik ashyolar uchramaganligi bone Balandtepa urnida, extimol, ilk asrlarga oid ibodatxona bulgandir, deb taxmin kilinadi.[19] VII asrda Kesh atrofida axoli tomonidan kadrlangan maxsus ibodatxona bino kilingan. Xarbiy yurishlardan oldin ushbu ibodatxonaga Keshliklar 10 mingta kUy kurbon kilib, uz xudolaridan dushmanlar ustidan golib chikishda madad sUraganlar. Bu vokealar Kesh Sugdiyonaning poytaxti bulgan davrga (Shishpir xukmdorligi davri) tugri keladi. VIII asrda Keshning mashxur ibodatxonasi vayron etilgan. Kesh xokimlari orasida 600-620 yillarda xukmronlik kilgan Tish (Dichje, boshka manbalarda Ticho) eng kudratli deb ta'rif etiladi. Xitoy yilnomalari Ten-shu va Suy-shuda uning davrida Kesh uz elchilarini chet ellarga yuborganini va uzi elchilarni kabul kilgani ta'kidlanadi. Yana Tish (Dichje,Ticho) Ki-she-Keshga asos solgan deyiladi.[20] Urta asr tarixshunoslari va geograflarining asarlarida Kesh xakida ma'lumotlar kam bulsa-da, ularda voxa juda serxosil, tabiiy boyliklarga boy bulganligi, unda kuplab kishloklar va rustok markazlari shaxarlar borligi ta'kidlanadi. Yozma manbalar ma'lumotlari arxeologik tadkikotlar natijalari bilan birgalikda ushbu davr tarixiy- madaniy jarayonlarini baxolash imkonini beradi. [21] Urta asrlarda Kesh shaxarsozlik madaniyati xozirgi Shaxrisabzda davom etadi. IX-X asrlar arab-fors tarixchilari aynan Kesh-Shaxrisabzni tavsiflashgan, bu davrda Kitob Urnida, ayrim tadkikotchilar taxmin kilishganidek shaxriston joylashishi mumkin bulmagan, chunki Kitobda na IX-X asrlarda va na undan keyin shaxar izi yuk. Shaxrisabzning butun maydonida xamda uni urab turgan devor atrofida va undan tashkarida IX-X asrlar katlami kayd etilgan. Arab-fors manbalaridagi Kesh tavsifida eslatib utilgan barcha tarkibiy birliklar: kuxandiz, ichki va tashki madina, ichki va tashki rabod ushbu maydonga tula- tukis joylashishi mumkin. Urganilgan arxeologik va yozma manbalar, Kdshkadaryoning sharkiy kismidagi viloyat va uning shaxar markazi turli davrlarda turlicha nomlangan deb xulosa chikarishga asos buladi.
Amir Temur 1336 yilda Toshkent yaqinida Mo’g’iliston qo’shinlari bilan bo’lgan jangda chingiziy amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. Shundan so’n Toshkent va Sirdaryo bo’yidagi qator shaharlar Amir Temurning doimiy diqqat markazida bo’ldi. Amir temur shimolga yurishlari davrida 1361, 1363-1364, 1365, 1370, 1375, 1389 va 1390–1391 yillarda Toshkentda bo’ldi. Amir Temur davrida Toshkent shahrining mudofaa devorlarini tiklash va qayta qurish va qo’shimcha qal’alar bunyod etishga alohida e’tibor qaratildi. 1396–1397 yillarda Amir Temur so’fiy shayx Xoja Ahmad Yassaviy me’moriy majmuasi binolariga g’isht qo’yishda shaxsan ishtirok etish uchun Toshkent orqali Yassi-Turkistonga bordi. U Toshkentga oxirgi marta 1404 yilda keldi. U ulkan saltanati shimoliy-sharqiy hududlarini nabiralariga Shohruhning o’g’illariga taqsimlab berdi. Markazi Toshkent shahrida bo’lgan Sirdaryo bo’yidagi shaharlar hamda Mo’g’uliston Mirzo Ulug’bekka mulk qilib berildi. Temur vafotidan so’ng, 1406 yilda amir Temurning nabirasi Xalil Sulton Toshkentni qamal qildi va uni qo’lga kiritdi. Keyinchalik Toshkent Mirzo Ulug’bekka bo’ysundirildi. Dashti Qipchoqdagi hujumlarni bartaraf etish uchun qilgan yurishlarini Ulug’bek Toshkent orqali yurishida amalga oshirdi21.
Ushbu davrda Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Shohruhiya, Andijon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Toshkent va boshqa ko’pgina shaharlari o’zining topografik qiyofasi, aholisining kasb-kori, ichki va tashqi aloqalari bilan o’rta asr Sharqining hunarmandchilik rivoj topgan aholi gavjum savdo markazlariga aylandi. Shaharlarda hunarmandlarning ixtisoslashuvi bilan bog’liq bo’lgan yangi-yangi guzarlar, ko’chalar, bozor rastalari, tim va toqlar (usti gumbazli bozor) – chorsular vujudga keldi.



Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish