Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
239
Yuqoridagi keltirib o’tilgan ilmiy amaliy ishlarni aynan Namangan viloyatida ham
qilish bu shu ilmiy ishning dolzarbligi hisoblanadi. Hozirgi kunda Namangan shahridagi
ilmiy tajriba stansiyasida ham gilos navining hosildor turini ko’paytirish yo’lga qo’yilgan
bo’lib, yaqin 5 yillik kelajakda gilos eksportini bugungi kundagidan 2-3 barobar oshirish
reja qilingan. 2022-yilgi (500 ming tup) gilos ko’chat yetishtirish 2021-yilga (310 ming tup)
qaraganda 1,6% oshdi. Bu ko’rsatkich 2023-yilga 800 ming tupga chiqarish ko’zda tutilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Deikmann M., Putter C.A.J. Stone Fruits. FAO/IPGRI Technical Guidelines for the
Safe Movement of Germplasm. No. 16 b- 35
2. Woo E.N. Y. & G. R. G. Clover & M. N. Pearson First report of Cherry leaf roll
virus (CLRV) in Malus domestica Australasian Plant Dis. Notes (2012) 7:151–156 DOI
10.1007/s13314-012-0072-8 b-4
3. Subcommittee on Plant Health Diagnostics (2018). National Diagnostic Protocol for
Cherry leaf roll virus (cherry and walnut strains)– NDP10 V2. (Eds.
4. Subcommittee on Plant Health Diagnostics) Authors Rodoni B, Mackie J and
Constable F; Reviewer Thomas J, Veerakone S. ISBN-13: 978-0-6481143. B-
5. Hikmet Murat Sipahioglu, Zekerya Tekin and Mustafa Usta Detection and partial
characterization of two distinct walnut isolates of cherry leaf roll virus (CLRV) b-1 ISSN
1684–5315 © 2011 Academic Journals.
KIMYODAN AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOSLIGI
L.Adasheva, F.Muminova, T.Saypiyev, Sh.Abdullayev
Bugungi kunda shaxsni har tomonlama mukammal va barkamol qilib shakllantirish
vazifasi eng dolzarb masala hisoblanadi. Tahlim tizimida islohotlar o‘tkazish
pedagoglarning psixologik bilimdonligi hamda amaliy ko‘nikmalarini tobora oshirib
borishni taqozo etadi. Bunda tahlim jarayoniga yangicha yondashish, uslub va mazmunan
takomillashgan vositalardan unumli hamda o‘rinli foydalanish zarurdir.
Har bir darsni tashkil etishda o‘qituvchining maqsadi mavzuni o‘rganuvchilarga
etkazishgina bo‘lmay, balki ana shu mavzu orqali ularning bilish jarayonlarini
rivojlantirish, o‘ziga xos individual psixologik xususiyatlarni tarkib toptirish hamdir. Bu
o‘rinda o‘qituvchining interaktiv usullardan foydalanishi va darslarni treninglar shaklida
tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
Interaktiv usul bu - o‘rgatuvchi va o‘rganuvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida
tahlim samaradorligini oshirish, o‘rganuvchilarda mustaqil fikrlash, mustaqil mulohaza
yuritish, u yoki bu masala bo‘yicha o‘z fikrini bildirish, munosabatini bayon etish hamda
zarur ko‘nikmalarni shakllantirish demakdir. Bu usullarda o‘quvchilar faol ishtirok etish
orqali berilgan muammolarga javob izlaydilar, fikrlaydilar, baholaydilar, o‘z fikrlarini
yozma va og‘zaki bayon etadilar, dalillarni isbotlaydilar, hamda zarur xulosalarni
chiqaradilar.
Dars jarayonini munozarali tarzda tashkil etish ko‘tarilayotgan mavzu mohiyatiga
yetib borish, tushunish, anglash va kerak bo‘lsa yangi fikrlar bilan to‘ldirish imkoniyatini
yuzaga keltiradi. Munozarada qatnashish shaxsning fikr doirasini kengaytiradi, fikrlar
xotirasida yaxshi o‘rnashadi va o‘zini auditoriyada namoyon eta olishiga olib keladi.
Lekin munozarada quyidagi shartlar amalga oshishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |