TIMSS XALQARO BAHOLASH DASTURI-TA’LIM TARAQQIYOTI MEZONI.
Mamadjanova Sayyora Ravshanbekovna
Namangan viloyati Namangan shahar 1-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-
internati birinchi toifali kimyo fani o’qituvchisi
Hozirgi ilm-fan takomillashib borayotgan davrda o’quvchilar bilim samaradorligini
ortishida Xalqaro baholash dasturlari muhim o’rin egallamoqda. Xalqaro baholash
dasturlarida PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS ta’lim taraqqiyotining mezoni bo’lib hisoblanadi.
Amaliyotda qo’llash bo’yicha Xalqaro baholash dasturlaridan foydalanib, ular asosida
topshiriqlar tuzishda aksariyat pedagoglarimizda tushunmovchiliklar kuzatilmoqda. Shu
o’rinda aytib o’tish kerakki, mamlakatimiz o’quvchi yoshlarining Xalqaro baholash
dasturlaridan foydalangan holda bilim samaradorligini oshirishda pedagoglarning roli
Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
208
muhim ahamiyatga ega. Demak, har bir pedagog Xalqaro baholash dasturlari haqida to’liq
va to’g’ri ma’lumotlarga ega bo’lmogi lozim.
TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study)-maktabda matematika va tabiiy
fanlarni o’qitish sifatini xalqaro monitoringi hisoblanadi.Ushbu tadqiqot 4 yilda bir marta
o’tkazilib, turli davlatlardagi 4- va 8- sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy fanlar
bo’yicha egallagan bilim darajasi va sifatini tahlil qilish hamda milliy ta’lim tizimidagi
farqlarni aniqlashga yordam beradi. Qo’shimcha ravishda maktablarda matematika va
tabiiy fanlar bo’yicha berilayotgan ta’lim mazmuni, o’quv jarayoni, o’quv muassasasi
imkoniyati, pedagoglarning salohiyati o’rganiladi. Ushbu ma’lumotlar belgilangan
fanlarni o’zlashtirish holatini ko’rsatishda asos bo’ladi. TIMSS dasturida har bir
o’quvchining 4 yil davomida, ya’ni 4- va 8-sinflarda matematika va tabiiy fanlardan bilim
samaradorligini alohida o’rganiladi va tahlil qilinadi.
O’quvchilarning egallagan bilim va ko’nikma,malakasini umumiy ravishda tahlil
qilish yurtimizdagi ta’lim sifati ko’rsatkichini aniqlab beradi.Buning uchun o’quv yili
mobaynida har bir ta’lim muassasasida ichki va tashqi monitoring tashkillab
boriladi.O’tkazilgan ichki va tashqi monitoring natijasiga ko’ra, eng na’munali ta’lim
muassasalarining o’rni, pedagoglar bilim salohiyati va ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish
darajasini aniqlash mumkin. TIMSS jarayoni ta’lim rivojini aniqlovchi asosiy omillardan
biri bo’lgani uchun,Xalq ta’limi vazirligi ko’rsatmasiga binoan,umumiy o’rta ta’lim
maktablaridagi o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash bo’yicha xalqaro dasturlarni
amaliyotga tadbiq etish maqsadida birinchi qadamlar tashlandi. Ta’lim muassasalarida
o’quvchilarning egallagan bilimini xalqaro talab darajasiga javob bera olishini tahlil qilib
borish uchun TIMSS xalqaro monitoring baholash dasturlarini ko’proq qo’llash bo’yicha
amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan tashqi monitoring jarayonida ushbu
xalqaro baholash materiallaridan qisman foydalanish orqali o’quvchilar xalqaro ta’lab
darajasiga o’rgatib borilmoqda.
Quyida TIMSS asosida tuzilgan kimyo fanlaridan topshiriqlardan na’munalar
berilgan.
Kimyo fanidan TIMSS asosida tuzilgan topshiriqlar.
1. Agar kislorod (O
2
) ozon(O
3
)ga aylansa uning qaysi xossalari o’zgaradi, qaysi
xossalari o’zgarmaydi? Javobingizni quyidagi jadvalning har bir qatorining tegishli
ustuniga “x” belgisini qo’yib tasdiqlang.
Xossalari
O’zgaradi
O’zgarmaydi
Agregat holati
Elektr o’tkazuvchanligi
Massasi
2. Yod, “quruq muz” qanday umumiy xossaga ega?
__________________________________________________
3. Quyidagi moddaning grafik formulasidagi “X” qaysi elementlar bo’lishi mumkin
va shu element valentligi nechaga teng?
Do'stlaringiz bilan baham: |