Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
162
gacha bo‘lishi mumkin. O‘lchamlari 22 x 16 mkm bo‘lgan bitta o‘rtacha hujayraning
og‘irligi taxminiy hisob-kitob bo‘yicha 17.7 x 10-9mg atrofida bo‘ladi [3].
Xloroplastlari rangi ko‘pchilik xollarda yashil, ba
ʼ
zan sariq, jigarrang yoki qizil
rangga ega. Shakli jihatidan odatda piyolasimon perenoidli va ko‘zchali.
1-
rasm.
Dunaliella salina
mikroskopik suvo‘ti xloroplastlari rangining davriy o‘zgarishi
Hujayraning qavariq apikal uchiga ikkita xivchin birikadi. Odatda hivchinlar bir xil
uzunlikda, hujayra uzunligiga teng yoki undan katta bo‘ladi. Yosh va yangi bo‘lingan
hujayralarda xivchinlarning biri ikkinchisidan qisqa bo‘lishi mumkin.Dunaliella
hujayralari izokontan va xivchinlarning kuraksimon xarakati bilan xarakterlanadi. Butun
hujayra singari hivchinlar ham protoplazmatik membrana bilan qoplangan. Ularning
yupqa tuzilishi odatdagi konstruksiyasi bilan xarakterlanadi.
D. salina
uchun jinssiz (shu jumladan vegetativ) va jinsiy ko‘payish turlari xarakterli
hisoblanadi. Birinchisi ko‘payish turi ustunroq hisoblanadi, asosan qorong‘ulikda
bo‘ylama hujayralar bo‘linishi yoki ona hujayradan qiz hujayralarining kurtaklanishi bilan
amalga oshadi. Qari hujayralarda Organellalar bo‘linishining ketma-ketligi qat
ʼ
iy
deterministik bo‘lmaganligi sababli yengil buziladi va shu bilan birga noodatiy shakllarni
ham hosil qiladi.
Hujayralarining ko‘ndalangiga bo‘linishi yadroning bo‘linishidan boshlanib, darhol
hivchinlar orasidagi hujayraning oldingi uchida va ko‘p o‘tmay hujayraning qarama-
qarshi (orqa) uchida egat hosil bo‘lishi bilan kuzatiladi. Xloroplast va pirenoidning
bo‘linishi bilan bir vaqtda qiz hujayralar faqat hujayralarning oldingi va orqa uchlari
o‘rtasida joylashgan yupqa, rangsiz sitoplazmatik ko‘prik bilan bog‘languncha davom
etadi. Bu vaqtda ikki qizi hujayralari xivchinlar o‘sadi. Bu xivchin deyarli to‘liq uzaygach,
ikki qiz hujayra alohida hujayralarga ajralgunga (sitoplazmatik ko‘prik buzilgunga) qadar
qarama-qarshi yo‘nalishda aylana boshlaydi.
Noqulay sharoitlarda (past sho‘rlanish darajasida, azot yetishmasligi va sovuq qish
sharoitida)
D. salina
jinssiz sistalar, boshqacha qilib aytganda aplanosporalar hosil qilishi
mumkin. Sistalar sharsimon formaga, qalin qo‘sh qobiqga va granula tarkibiga ega bo‘lib,
ular qobiqdagi bo‘shliq orqali chiqariladi. Sistaning o‘sishidan oldin uning qizil rang
tutishi yashillashadi va 2-4 ta hujayralar hosil bo‘ladi. Ba
ʼ
zan noqulay yashash
muhitlarida (odatda sho‘rlanish darajasining keskin o‘zgarishi bilan
) D.salina
palmellalar,
ya
ʼ
ni shilliq qobiqlar hosil qilib unda ko‘p marotaba ko‘payadi. Shuningdek, hujayralar
xivchinlarini va ko‘zsimon dog‘larini yo’qotadi, yanada yumaloqlashadi va shilliq qavat
ajratib, uning ichida ko‘p marotaba ko‘payadi va matriksda ko‘p miqdorda yashil
Do'stlaringiz bilan baham: |