Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
37
kirib borgan ekan, kartografiya sohasida, yer haqidagi fanlarda informatikaning
qo’llanishi maxsus yo’nalish – geoinformatika (geoaxborot) sohasini keltirib chiqaradi.
Geoinformatsiyani prof. A.M.Berlyant shunday ta’riflaydi. U geosistema
strukturasini, bog’liqlikni, dinamikasini (o’zgarishini, zamon va makon bilan bog’liqligini)
kompyuterda modellashtirish yo’li bilan o’rganuvchi ilmiy sohadir. Bu soha faqat
geosistemada emas texnologiyada va ishlab chiqarishda ham ishlatilmoqda. Geoaxborot
tizimi (GAT) avtomatlashtirilgan tizim bo’lib, makon ila zamon koordinatsiyalashtirilgan
geoinformatsiyani yig’uvchi, ishlov beruvchi, saqlovchi, tasvirlab beruvchi va tarqatuvchi
ilmiy sohadir
1
.
Dastlabki GAT o’tgan asrning 60-yillarini o’rtalarida Kanada va AQSHda tashkil
qilingan. Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamalakatlarda minglab GAT sistemasi
iqtisodiyotda, siyosatda, ekologiya sohasida, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda,
tabiatni muhofaza qilishda, kadastrlashda, fan va ta’lim sohasida qo’llanilib, undan global,
regional milliy va mahalliy masalalarni hal qilishda foydalanilmoqda.
Keyingi yillari O’zbekistonda geoaxborotli tizim kartalashtirish uchun keng
qo’llanila boshlandi. Geoaxborot tizimi texnologiyasi ushbu alohida-alohida ajratilgan
ma’lumotlarni to’plash hamda yagona ko’rinishda saqlash, yangilab turish, tahlil qilish,
istalgan operatsiyalarni bajarishga, barcha o’zgarishlarni kuzatib borishga, turli tuman
kartalar, planlar, jadvallarni olishga imkon beradi.
Geoaxborot tizimi uning foydalanuvchilariga quyidagi imtiyozlarni beradi:
turli xil axborotli ta’minotini qabul qilish uchun yagona ma’lumotlar bazasiga
barcha axborotlarni bog’lash va kelishish;
turli darajadagi maydalashgan axborotlar bo’yicha foydalanuvchi tomonidan olish,
tahlil qilish va qaror qabul qilish uchun regional geoaxborot tizimidan foydalanish;
kartalarni yaratish va yangilab turish bo’yicha xarajatlarni kamaytirish.
GAT texnologiyalari orqali tuzilgan karta oddiy grafikli kartadan yaxshi bezalgani,
kompyuterli shakldaligi, qo’lda bajarib bo’lmas darajadagi aniqligi va boshqa bir qator
afzalliklari bilan farq qiladi. Kartaga istagancha o’zgartirish kiritish, yangi mazmun berish,
diagramma va boshqa ma’lumotlarni kiritish, o’chirish va boshqa ishlarni bajarsa bo’ladi.
GATni bilishning eng oddiy usuli – u bilan ishlash, uning imkoniyatlarini ish
jarayonida bilib olishdir. Aslida GAT – bu bitta texnik vosita bo’lib, uning yordamida
faqatgina chiroyli qilib kartani jihozlash emas, balki yechimi mavjud bo’lmagan ba’zi
masalalarni yechish ham mumkin. SHu sababli GATning imkoniyatlari juda katta. Demak
GAT – turli usul va uslublar yordamida real borliq to’g’risida to’plangan katta hajmli
axborotlarni o’zining ma’lumotlar bazasida jamlab, ishlay oladigan keng rivojlangan
kompyuterlashgan aniq tizimdir
2
.
Zamonaviy usulda tuzilgan kartalarning ananaviy usulda tuzilgan kartalardan farqi
juda kattadir. Malumotlarni yetkazib berish, matematik asosning aniqligi, ma’lumotlar
bazasining boyligi, hududda biron bir tabiiy o’zgarishlar sodir bo’lsa kartalarning
Do'stlaringiz bilan baham: |