Adabiyotlar ro’yxati
1.
Sumner J. 1st ed. Portland: Timber Press; 2001. The Natural History of
Medicinal Plants; pp. 110–5.
2.
Heywood VH, Ball PW. Flora Europea. In: Tutin TG, Heywood VH, Burges
NA, Mooze DM, Valeutine DH, Walters SM, editors. Cambridge: Cambridge University
Press; p. 1972.
3.
Pistelli L. Secondary metabolites of genus
Astragalus
: Structure and biological
activity. In: Atta-Ur-Rahman, editor. Studies in Natural Products Chemistry (Bioactive
Natural Products, Part H) Amsterdam: Elsevier Science; 2002. pp. 443–545.
4.
7. Verotta L, El-Sebakhy N. Cycloartane and oleanane saponins
from
Astragalus
sp. In: Atta-Ur-Rahman, editor. Studies in Natural Products Chemistry
(Bioactive Natural Products, Part F) Karachi: Elsevier Science; 2001. pp. 179–234.
5.
https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC4791984/
6.
pda.litres.ru/uriy-konstantin
Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
105
ALKANLAR MAVZUSINI O’QITISHDA SWOT-TAHLILI USULIDAN FOYDALANISH.
N.F.Jamoliddinova talaba,G’.O.Mamajanov
Hozirgi vaqtda yosh avlodning har tomonlama rivojlanishi, ularning ma‘naviy boy,
yuksak salohiyatli, bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishini taminlash bugungi
kunning dolzarb mavzularidan biridir.
O‘quvchilarning bunday yuksak kamoli uzluksiz ta‘lim tizimida ta‘lim-tarbiya
jarayonining tashkil qilinishiga, boshqarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Har tomonlama
rivojlangan shaxsning tarkib topishi uchun avvalo u ham ma‘nan ham jismonan sog‘lom
bo‘lishi, yuqori saviyadagi, sifatli ta‘lim-tarbiya olgan bo‘lishi kerak. Ma‘lumki barcha
turdagi ta`lim jarayonining asosiy vazifasi avvalo ta`lim berish, tarbiyalash va
rivojlantirishdan iborat xisoblanadi. Ta`lim oluvchi o`rganilayotgan ma`lumot yoki
materialga befarq qaramasa, bee`tibor bo`lmasa, ma`lumot yuzasidan o`z fikr
mulohazalarini bildira olsa ya`ni mustaqil fikrlasagina natija kutilganday bo`lishi
mumkin. Boshqacha qilib aytganda o`quvchi o`tilgan mavzuni tushunsa, qiziqsa, bu
haqida mustaqil fikrlay olishi mumkin[1].
An`anaviy o`qitish usullarida yuqoridagilar asosida kimyoviy moddalarni tabiatdagi
muhim birikmalari, laboratoriya va sanoatda olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi
to`g‘risida ma`lumotlar ushbu ketma-ketlikda o`rganilib kelinmoqda. Bugungi kunda
boshqa barcha ta`lim yo`nalishlaridagi kabi kimyo ta`limida ham yangi innovatsion
texnologiyalarni qo`llash sohaning muhim masalalaridan biridir.
Fanlarni o`qitishda ko`plab metodlardan foydalaniladi. Umumiy o’rta ta‘lim
maktablari, akdemik litseylar va kasb xunar kollejlari hamda oliy ta`lim muassasalarida
ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tilgan darslar o`zining yaxshi natija va
samarasini bermoqda. Jumladan, bugun zamonaviy o`qtuvchilar darsni "Aqliy hujum",
"Ta‘limiy o`yinlar", "Topqirlar baxsi", "So`z ustuni", "Kim to`g‘ri va tez topadi", "Sirli
maktub", So`z gavharini qadab qo`y", "Tushunchalar tahlili", "G‘oyaviy charxpalak",
"Sinkveyn", "Muammoli vaziyat", "Bingo", "Klaster" kabi 30 dan ortiq turli darajalardagi
metodlar orqali yanada qiziqarli olib borishmoqda[2].
SWOT-tahlili usuli kimyo fanining asosiy mavzularini o`qitishda qo`llanilishi
mumkin bo`lgan usullardan biri xisoblanadi. .
SWOT so`zi kuchli- Strong; zaif-Weak; imkon- Opportunity va tahdid- Threat
inlizcha so`zlarining bosh harflar jamlanmasidir. Bu usul barcha uchun juda qulay va
maqbul bo`lib, taqdim etilgan topshiriq, muammo yoki uning yechimi atroflicha o`zaro
taqqoslash orqali muhokama qilingan holda yoritilishiga olib keladi. Tahlil etilayotgan
yoki tadqiq orqali muhokama qilinayotgan, o`rganilayotgan material an`anaviy
usullardagi
kabi
bir
yoqlama
emas
balki
ob`ektning har taraflama, ya‘ni kuchli, kuchsiz, zaif va to`siq tomonlarini sharhlashga
imkoniyat yaratishi mumkin. Bu o`z navbatida o`rganuvchini mustaqil va taqqoslovchi
fikrlashga yo`naltiradi. O`rganuvchi ma`lumotni yo`naltirilgan holda bir biridan ajratadi
va
fikrlarini
taqqoslash
orqali
asoslay
oladi.
Taqdim etilgan matn yoki muammoli vaziyat, matnining tahlili to`g‘ridan-to`g‘ri
jadvalga yoki jadval ostiga yozilishi mumkin.
O`quvchilar berilgan keys asosida SWOT jadvalini to`ldirishadi. Bu usulni
boshqa metodlar bilan ham bog‘liqligi bor. O`rganuvchilar o`rganilayotgan ob`ektni turli
Do'stlaringiz bilan baham: |