Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
107
KISLOROD MAVZUSINI O’QITISHDA INSERT USULIDAN FOYDALANISH
A.A.Rasulov, R.R.O’rinboyeva, B.X.Tojibayev
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan isloxotlarning eng ustuvor
yo’nalishlaridan biri bu yoshlarga yaratilayotgan e’tibor va talabdir. Shunday talab va
e’tiborlardan biri yoshlarimizning ta’limga bo’lgan e’tibordir.
O’zbеkistоn respublikasi dеmоkrаtik huquqiy dаvlаt vа аdоlаtli fuqаrоlik jаmiyati
qurish yo’lidаn izchil bоrаyotgаnligi uchun kаdrlаr tаyyorlаsh tizimi tubdаn islоh qilindi,
dаvlаt ijtimоiy siyosаtidа shахs mаnfааti vа tа’lim ustuvоrligi qаrоr tоpdi. O’quv-
tаrbiyaviy jаrаyonni ilg’оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr bilаn tа’minlаsh zаrurаti hаm
“Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi”ni ro’yobgа chiqаrish vazifalaridan biridir[1].
Mamlakatimiz yoshlarining ma`naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda, ularni
kasbga yo`naltirishda xalq ta`limi tizimining ahamiyati salmoqlidir. Shuning uchun
umumta`lim fanlari mazmuni milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlarga va boy o`tmish
merosimizga asoslangan bo`lishi, shuningdek, mustaqil va bozor iqtisodiyoti sharoitida
yuzaga chiqqan davlat va milliy ehtiyojlarni qondirishga qaratilmog’i lozim. Umumiy
o`rta ta`lim maktablarida kimyo fanining mazmuni va uni o`qitishning umumiy maqsad
va vazifalari O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g’risida»gi qonuni, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ga mos davlat ta`lim standartlari talablaridan kelib chiqqan
holda aniqlanadi[2].
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan- texnika va
texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o`zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh
bo`lishi yoshlarimizdan fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi. Bu esa mamlakatimiz
ta`lim tizimiga kimyoni o`qitishning xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta`minlanadi.
Tа’lim-tarbiya jаrаyonidаgi pedagogik texnologiyalar dоimiy rаvishdа pеdаgоgik
fаоliyatgа yangiliklаr оlib kirish оrqаli tа’lim-tarbiya rivоjigа hissа qo’shаdi, pеdаgоgik
fаоliyatgа samarali ijоbiy tа’sir ko’rsаtаdi[3].
Shu maqsadda bugungi kunda Vatan taraqqiyotiga hissa qo’shadigan zamonaviy
bilimga ega bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash uchun ta’lim-tarbiya jarayonlarini sifat
va samaradorligini oshirish dolzarb vazifalaridan biridir.
Bu borada ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kеlgusi
taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum[4].
O’quv maqsadlari - muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan
o’zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo’lgan bilim, hatti-harakat bilan bog’liq bo’lgan
amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlar va xulqni belgilaydi.
Ta’lim metodlari- bu ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ta’lim o’quv maqsadlariga
qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo’l-
yo’rig’idir[5].
Ana shunday metodlardan biri “Insert” metodidir.
Kislorod mavzusini o’qitishda “Insert” metodi qo’llanildi va boshqa mavzularga xam
qo’llash tavsiya etiladi.
Insert-samarali o’qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib
mustaqil o’qib-o’rganishda yordam beradi. Bunda maruza mavzulari kitob va boshqa
materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o’qib chiqib (V); (‘); (-); (?) belgilari
orqali o’z fikrini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |