Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


IV. Pedagogik faoliyatni tashxislashning metodik jihatlari



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/218
Sana22.12.2022
Hajmi2,44 Mb.
#893814
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   218
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

IV. Pedagogik faoliyatni tashxislashning metodik jihatlari
. Bugungi
kunda 
ta’lim muassasalarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatini tashxislashda quyidagi 
metod, vosita va jihozlaridan foydalanilmoqda: darsni kuzatish; portfolio; ta’lim 
oluvchilarning yutuqlari; testlar; anketalar.
O‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash quyidagilar asosida 
amalga oshiriladi: pedagogning kasbiy faoliyatda erishgan yutuqlari to‘g‘risida 
ma’lumot beruvchi portfolio (malaka oshirish kurslarida tahsil olganlik, turli ko‘rik 
va tanlovlarda ishtirok etganlikka oid ma’lumotlar asosida); o‘quvchilarning 
tegishli fan bo‘yicha erishgan natijaviy (fan olimpiadalari, o‘zlashtirish) 
ko‘rsatkichlari; attestatsion diagnostika natijalari (bosma hamda elektron 
shakllarda o‘quv materiallarini tayyorlash, o‘quvchilarni fan olimpiadalari, turli 
tanlovlarga tayyorlash, OAVda ish tajribasini ommalashtirish va boshqalar 
asosida).
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash 
texnologiyalarini takomillashtirish muammosi doirasida tashkil etilgan oid ta’limiy 
tajribaning “yadrosi”ni maxsus metodikaning mazmunini yorituvchi axborotli-
didaktik ta’minot tashkil etdi.
J.E.Sarsekeeva
37
o‘quv fani misolida “axborotli-didaktik ta’minot” 
tushunchasini shunday ta’riflaydi: o‘quv fanining axborotli-didaktik ta’minoti – 
muayyan o‘quv fani yoki o‘quv fanlari u o‘quv-metodik majmua bo‘lib, u 
tamoyillar tizimi asosida shakllantiriladi. Mazkur majmua o‘zida didaktik 
maqsadlar va tarbiya, ta’lim va rivojlanish vazifalarini, pedagogika, psixologiya, 
ergonomika, informatika va boshqa fanlarning talablarini inobatga olgan holda 
ishlab chiqilib, o‘qitish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish uchun 
foydalaniladigan qog‘oz va magnitli tashuvchi ko‘rinishdagi turli foydali, 
mazmunli pedagogik axborotlarni aks ettiradi. 
Pedagogik tashxislash jarayonida foydalaniladigan axborotli-didaktik 
ta’minot tashkiliy, tahliliy, nazorat qiluvchi, korreksion, kommunikativ, refleksiv va 
bashoratlovchi vazifalarni bajaradi.
Tashxislash jarayonida foydalaniladigan axborotli-didaktik ta’minot sirasiga:
o‘quv-metodik materiallar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ta’limiy dasturlar, 
masalalar to‘plami, ma’lumotnoma xarakteridagi adabiyotlar, turli lug‘atlar, audio 
va video materiallar va boshqalar);
36
Гребенникова 
Л.В. 
Диагностика 
профессиональной 
компетентности 
учителя 
// 
https://kopilkaurokov. 
ru/zavuchu/planirovanie/ 
diaghnostika-profiessional-noi-kompietientnosti-
uchitielia. 
37
Сарсекеева Ж.Е. Информационно-дидактическое обеспечение учебных дисциплин в вузе // 
http://www.rusnauka.com/25_NPM_2009/ Pedagogica/ 51119.doc.htm.


32
kompyuter ishlanmalari (alohida kompyuter dasturlari, ma’lumotlar bazasi, 
elektron darsliklar, yaxlit kompyuter kurslari, dasturiy-metodik majmualar va 
hokazolar) 
tashxislovchi metod va vositalar;
didaktik ta’minotni amaliyotga tatbiq etish imkonini beruvchi tashkiliy-
pedagogik shart-sharoitlar kiradi
38
.
Pedagogik tashxislashda baholovchi vositalarni aniqlab olish ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ular metodik vositalar jamlanmasi sifatida e’tirof etilib, 
attestatsion sinov davrida mutaxassisning tayyorgarlik darajasini belgilangan 
standartlarga muvofiqligi darajasini belgilashga xizmat qiladi. Tashxislovchi 
vositalar 
jamlanmasini quyidagilar tashkil qiladi (9-rasm): 
Tashxis materiallari quyidagilarga ajratiladi: 
1) yechimini bir yoki ikki harakat (urinish) bilan topish mumkin bo‘lgan 
oddiy nazorat topshiriqlari (shu jumladan murakkab bo‘lmagan testlar);
2) doimiy, shuningdek, nostandart vaziyatlarda ko‘p martalik harakat 
(urinish)ni talab etuvchi majmuaviy nazorat topshiriqlari. 
Oddiy nazorat topshiriqlariga quyidagilarni kiritish mumkin: yopiq shakldagi 
javoblarni tanlashga asoslangan oddiy test topshiriqlari; qisqa javoblar yoki oddiy 
harakat (urinish)lar bilan hal qilinadigan oddiy vaziyatli topshiriqlar; matnni, 
yechimni yoki qo‘l harakatlarini yodga olish asosida bajariladigan murakkab 
bo‘lmagan topshiriqlar.
Oddiy nazorat topshiriqlari sodda bilim va ko‘nikmalarga egalikni tekshirish 
uchun mo‘ljallanadi. Bu kabi topshiriqlardan tashqari majmuaviy nazorat 
topshiriqlari ham mavjud bo‘lib, ularnining sirasiga ochiq shakldagi; yechimni 
bosqichma-bosqich topish mumkin bo‘lgan hamda javobi batafsil bayon etiladigan 
testlar, individual yoki jamoa bo‘lib bajariladigan loyihalar, laboratoriya ishi yoki 
trenajyor, stanok, maneken va boshqalarda amaliy harakatlarni bajarishga oid 
topshiriqlarni kiritish mumkin. Majmuaviy nazorat topshiriqlari muayyan soha 
38
Сарсекеева Ж.Е. Информационно-дидактическое обеспечение учебных дисциплин в вузе // 
http://www.rusnauka.com/25_NPM_2009/ Pedagogica/ 51119.doc.htm.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish