Boshqaruv xarakteridagi pedagogik tashxislash – o‘quv-tarbiya
jarayonining didaktik va metodik imkoniyatini, pedagoglar va o‘quv
muassasalari
rahbarlarining
kasbiy
malakasini
pedagogik
tashxislashning funksional hamda tuzilmaviy jihatdan o‘zaro
bog‘langan tarkibiy qismlarining mazmuni.
Tashkiliy-metodik tashxislash – o‘qituvchilarning metodik kompetentligi va kasbiy
tayyorgarligini, pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligini
pedagogik tashxislashning funksional va tuzilmaviy jihatdan o‘zaro
bog‘langan tarkibiy qismlarining mazmuni.
Attestatsion tashxislash – ta’lim sifatini boshqarishga qaratilgan umumiy tizimda
o‘qituvchilar faoliyatini kompleks ekspert baholash xususiy hodisa
bo‘lib, o‘qitishning tegishli sohasida pedagogik faoliyatni tegishli
muassasa ustavi, davlat ta’lim standartlari, mahalliy va xalqaro
tajribalarga muvofiq kelishini anglatuvchi qobiliyati sifatida e’tirof
etilishini ta’minlaydi.
Tezkor tashxislash – o‘qituvchi faoliyatini mezonlarning eng quyi
darajasini ifodalovchi tizimda pedagogik tizimni boshqarishni
takomillashtirish uchun qarama-qarshiliklar, muammoli muhit va
tayanch, dastlabki muammolarni aniqlovchi tezkor tashxisli tahlil
31
.
Pedagogik tashxislashning umumiy belgilari quyidagilar sanaladi
32
:
tashxis ob’ektining pedagogik tizimga uning tarkibiy elementi yoki bevosita
ta’sir etuvchi omil (faol va bevosita ta’sir etuvchi bir qadar yuqori darajadagi tizim
elementi) sifatida kiritilganligi;
tezkor boshqaruv jarayonida uni rivojlantirish va to‘g‘rilash imkonini
ta’minlovchi taxshislanuvchi ob’ekt, pedagogik bashoratlash (yoyilgan yoki
yig‘ilgan) holatini pedagogik baholash maqsadining mavjudligi;
tashxislashning tizimlilgi va takroriyligi kasbiy-pedagogik faoliyat sifatida
ta’lim-tarbiya jarayonining muayyan bosqichlaridagi tipik vaziyatlar (masalan,
mavzuni, kursni o‘rganishning boshi yoki oxirida, keyingi sinf (bosqich)ga
o‘tishda; og‘ish belgi (simptom)lari ko‘zga tashlanganda; belgilangan rejaga
muvofiq kelishida va boshqalar)da amalga oshirilishi;
30
Тот источник. – С. 10.
31
Тот источник. – С. 10-11.
32
Пермяков О.Е., Менькова С.В. Диагностика формирования профессиональных компетенций. –
М.: ФИРО, 2010.
– С. 33.
30
metodik, maxsus ishlab chiqilgan yoki aniq vaziyatlar, sharoitlardagi (jumladan,
etnomadniy, mahalliy) ma’lumotlarga moslashligi;
ularni tashkil etishda bajariladigan ish tartibining oddiy o‘qituvchi,
amaliyotchi yoki ta’lim muassasasining rahbari uchun mos kelishi
33
.
Tashxislash quyidagi vosita va jihozlar yordamida amalga oshiriladi:
pedagogik kompetentlikka xos rivojlanish belgilarning namoyon
bo‘lishini
aniqlash maqsadida tashkil etiladigan belgilangan, tayanch (belgilarni qayd
etuvchi)
tashxislash metodikasi;
o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishi hamda u ega bo‘lgan tayanch
kompetensiyalarga oid bir-biriga zid ma’lumotlar mavjud bo‘lganda tashkil
etiladigan chuqurlashgan (etimologik) tashxislash;
kasbiy kompetensiyalarning rivojlanish imkoniyatlarini bashoratlash hamda
tuzatuvchi (korreksion) chora-tadbirlarni aniqlash uchun kompleks darajaviy
(tipologik) baholashda foydalaniladigan metodikalar
34
.
M.E.Inkov kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni tashxislashning tizimli
modelini taklif etgan. Uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
a) tegishli fan sohasi bo‘yicha ega bo‘lingan maxsus va kasbiy kompetentlik;
b) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini o‘zlashtirishga oid
metodik kompetentlik;
v) o‘zaro muloqot jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan
ijtimoiy-psixologik kompetentlik;
g) o‘quvchilarning o‘quv-bilish motivlari, qobiliyatlarini aniqlashga
qaratilgan tabaqalashtirilgan-psixologik kompetentlik;
d) shaxsning individual faoliyatidagi yutuqlar va kamchiliklarni baholashga
doir autopsixologik kompetentlik
35
.
Mazkur tarkibiy tuzilmalar kasbiy-pedagogik faoliyatning quyidagi jihatlarini
tizimlashtirishga imkon beradi: axborotli-nazariy; tezkor-amaliy; tashxisli-
vaziyatli; tahliliy-yakuniy.
O‘qituvchi faoliyatini tashxislash muayyan bosqichlarda kechadi. Har bir
bosqichda aniq vazifalar bajarilishi, ularning bajarilish holati yuzasidan hisobot
tayyorlanadi. Tashxislash vositasi xarita, sxema, shkala va hokazolar bo‘lishi
mumkin.
L.V.Grebennikovaning ishlarida o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezonlari
sifatida quyidagilar e’tirof etilgan:
tegishli o‘quv fani bo‘yicha chuqur bilimga egalik;
pedagogika, psixologiya, bolalar va yosh fiziologiyasi asoslarini bilish;
o‘qitish metodikasini o‘zlashtirganlik darajasi;
kasbiy va ilg‘or tajribalar, metodik navatorlik, shaxsiy innovatsion
ishlanmalardan foydalanish malakasiga egalik;
33
Тот источник. – С. 33.
34
Иньков М.Е. Диагностика профессиональной компетентности учителя в условиях повышения
квалификации: Автореф....канд.пед.наук. – Ростов-на-Дону: 2009. – С. 11.
35
Тот источник. – С. 11.12.
31
shaxsiy kasbiy sifatlar (ijodkorlik, improvizatsiya qila olish, individual ijodiy
izlanish,
favqulodda
topqirlik,
kommunikativlik,
insoniylik,
demokratizm,
tashkilotchilik kabi qobiliyatlarga egalik);
ta’limning natijasi uchun mas’ullik;
hamkasblarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lish
36
.
Do'stlaringiz bilan baham: |