Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/218
Sana22.12.2022
Hajmi2,44 Mb.
#893814
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   218
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

4. Tarbiyalash funksiyasi. 
Ta’lim muassasalarida pedagogik nazoratning 
tashkil qilinishi o‘quvchilarning u yoki bu turdagi sifat, fazilatlarga egaligini 
o‘rganish va baholashga imkon beradi. Shu bilan birga pedagogik nazorat orqali 
o‘quvchilarning muayyan sifat, fazilatlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarini 
aniqlash, bu jarayonga ta’sir qilayotgan omillarni belgilash hamda ularni bartaraf 
qilish imkoniyatlarini izlash uchun sharoit yaratadi. Yaratilgan sharoit 
o‘quvchining bilimga qiziqish, tizimli ishlash qobiliyati, o‘zini tuta bilish va o‘zini 
o‘zi qadrlash kabi ijobiy fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi o‘quvchilarning ta’lim faoliyatining 
motivatsion asoslarini shakllantirishda yetakchi o‘rin tutishini ta’minlashga 
yordam beradi. 
O‘qituvchi pedagogik nazoratni tashkil qilish asosida sinf jamoasining 
o‘quvchiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirini, bu boradagi imkoniyatlarini aniqlaydi, 
tahlil qiladi va baholaydi. Pedagogik nazoratning tarbiyalash funksiyasi pedagogik 
jamoa, shuningdek, o‘quvchilar jamoasining o‘quvchiga nisbatan ijobiy ta’siridan 
samarali foydalanish uchun qulay muhitni hosil qiladi. 
5. Rag‘batlantish va rivojlantirish funksiyasi.
Ta’lim olishda o‘quvchining 
motivatsiyaga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Agar nazorat ob’ektiv tashkil 
etilgan, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining o‘quv-bilish va xulq-atvoriga 
qo‘yilgan baholar xolis, adolatli bo‘lgan bo‘lsa, u holda ta’lim oluvchilarda yangi 
bilimlarni o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha rag‘batlar paydo bo‘ladi. Bordi-yu, 
o‘qituvchining pedagogik nazoratda o‘quvchiga nisbatan sub’ektiv munosabatda 
bo‘lsa, u holda bilimlarni tizimli tekshirishga qaratilgan pedagogik nazorat salbiy 


65
natijalarga olib keladi. Natijada o‘quvchilarda o‘qituvchiga, shu bilan birga o‘quv 
faniga bo‘lgan salbiy munosabat shakllanadi. O‘quvchi ta’lim olishda va shaxs 
sifatida rivojlanishini kafolatlovchi o‘z ustida ishlashdan soviydi. 
Qo‘shimcha testlarning tashkil qilinishi, nazorat topshiriqlarining berilishi 
o‘quvchilarda ta’limiy motivatsiyaning kuchayishiga yordam beradi.
Pedagogik nazoratni tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi, 
o‘quvchilar faoliyatini samarali uyushtirilishi, o‘quvchilarning o‘rganilayotgan 
bilim, ko‘nikma, malaka hamda ma’naviy-axloqiy sifatlarga egaligining xolis 
baholanishi ta’lim oluvchilarni har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi. 
Xolis tashkil qilingan nazorat o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatadi, ularning 
xotirasini kuchaytiradi, mavjud bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikma va 
malakalariga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Test va nazorat topshiriqlarining mohiyati, mazmuni, ularni bajarish uchun 
yaratilgan sharoit, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolligi pedagogik nazoratning 
rivojlantiruvchanlik xarakterini oshiradi.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish