Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


 Qutbli shkala (qarama-qarshi tomonli, ya’ni, musbat (+) va manfiy



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/218
Sana22.12.2022
Hajmi2,44 Mb.
#893814
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   218
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

2.5. Qutbli shkala (qarama-qarshi tomonli, ya’ni, musbat (+) va manfiy 
(–)ga ajratuvchi shkala). 
Ahamiyatli qarama-qarshi belgilar (masalan, mehribon 
– qahri qattiq, issiq – sovuq, yaxshi – yomon va shu kabilar) chekka nuqtalari 
bo‘lgan ushbu usul shartli shkalani baholash uchun tavsiya qilinadi.
Qutblar orasi ixtiyoriy miqdordagi qism (ball)larga ajratiladi. 
Masalan, o‘quvchining matematika faniga bo‘lgan ishonch darajasi qutblar 
oralig‘idagi quyidagi shkalalardan birini ko‘rsatishi lozim (qutblar o‘qituvchi yoki 
mutaxassis tomonidan mustaqil tanlanadi): 
(Juda qiziqadi) 1
0 – 9 – 8 – 7 – 6 – 5 – 4 – 3 – 2 – 1 (Mutlaqo qiziqmaydi). 
3. Intervalli shkala (intervalli o‘lchash).
Bu turdagi shkala ham pedagogik 
diagnostika va tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. 
 Intervalli shkala (intervalli o‘lchash) – ob’ektlar orasidagi masofa 
aniqlanganda hamda barcha ob’ektlar uchun umumiy turg‘un o‘lchov 
birligi belgilanganda ob’ektlar soniga beriladigan tartib, maqomni 
ifodalovchi shkala.
Boshqacha aytganda, intervalli shkalada o‘lchashning birligi va mashstablari 
ifodalanadi. Shkalaning boshlang‘ich (nol) nuqtasi ixtiyoriy tanlanadi. Masalan, 
test sinovi shkalasi, o‘quvchi tomonidan muayyan fanni o‘zlashtirish dinamikasini 
qayd etuvchi shkala.
Intervalli shkala – miqdoriy ko‘rsatkich bo‘lib, unga misol qilib sonlarda, 
bo‘lish amalidan tashqari, ifodalanadigan barcha arifmetik amallarni ko‘rsatish 
mumkin. Ammo, intervalli shkala test nazoratida bir ob’ektning ustunligini uning 
javoblari (10 ta to‘g‘ri javob)ini boshqa ob’ektning kam nisbatan javoblari (5 ta 
to‘g‘ri javob)i asosida belgilashga xizmat qilmaydi.
4. Munosabatlar shkalasi.
Bu shkala intervalli shkaladan shunisi bilan farq 
qiladiki, uning boshlang‘ich (nol) nuqtasi ixtiyoriy tanlanmaydi, balki to‘la holda 
o‘lchanadigan xususiyatlarning mavjud bo‘lmasligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. 
Bunga qandaydir ko‘plikka asoslangan ob’ektlarni qaytadan sanash asosida 
olingan barcha miqdoriy ko‘rsatkichlar (o‘quvchilar, darslar, sinovlar va imtihonlar 
soni kabilar) kiritiladi
56
.
Pedagogik diagnostika va tadqiqotlarda barcha sohalardagi ilmiy izlanishlarda 
bo‘lgani kabi olingan natijalarning ishonchliligi, asoslanganligi hamda amaliy 
qiymatga 
ega 
bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Natijalarning ishonchliligi, 
asoslanganligi hamda amaliy qiymatga egaligi pedagogik o‘lchash sifatining turli 
jihatlarini anglatuvchi o‘zaro bog‘langan muhim xususiyatlari sanaladi.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish