Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/218
Sana22.12.2022
Hajmi2,44 Mb.
#893814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

 
 


5
I BOB. “PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA VA KORREKSIYA”
FANINING NAZARIY ASOSLARI 
1-mavzu. Pedagogik diagnostikaning predmeti va tarixiy rivoji
 
Reja: 
1. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fani sifatida shakllanishi 
hamda rivojlanishi.
2. “Pedagogik diagnostika” tushunchasining mohiyati. 
3. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining mazmuni. 
4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining asosiy tushunchalari. 
Tayanch tushunchalar:
diagnostika, pedagogik diagnostika, korreksiya, 
tashxis (diagnoz), tashxislash, tashkil etish, nazorat qilish, korreksiyalash, 
baholash.
 
I. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fani sifatida 
shakllanishi hamda rivojlanishi.
Zamonaviy sharoitda “Pedagogika” fani har 
tomonlama rivojlangan, komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish masalasini hal 
qilishga yo‘naltirilgan. Asrlar davomida shakllangan ta’lim va tarbiya tizimi 
yuksak ong, tafakkur, dunyoqarash, axloqiy fazilatlar va hayotiy tajribaga ega 
shaxsni tarbiyalashga doir boy an’analarni o‘zida aks ettiradi. Kishilik 
taraqqiyotining turli bosqichlarida pedagogika amaliyotida ana shu boy 
an’analarga tayanib kelingan. Biroq, mavjud pedagogik an’analar turg‘un 
xarakterga ega bo‘lmay, o‘z g‘oyalarini ijtimoiy borliqda ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar, erishilayotgan yutuqlar asosida dinamik, dialektik ravishda boyitib 
boradi. Bu esa o‘z navbatida pedagogika jarayon, faoliyat va ilmiy-tadqiqot 
sohalarida yangidan yangi yo‘nalishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yangi 
yo‘nalish g‘oyalari, tamoyillarining tobora boyib, ko‘payib borishi esa pedagogik 
turkum fanlar sirasida mustaqil fanlarning shakllanishini ta’minlaydi. So‘nggi 
chorak asr mobaynida pedagogik turkum fanlarining soni “Ijtimoiy pedagogika”, 
“Pedagogik texnologiya”, “Innovatsion pedagogika”, “Pedagogik innovatika”, 
“Pedagogik konfliktologiya”, “Pedagogik diagnostika va korreksiya” kabi mustaqil 
fanlar hisobiga oshdi. Mazkur fanlarning amaliyotida o‘zining munosib o‘rniga ega 
va ular dolzarb pedagogik muammolarni samarali tadqiq qilishga yordam 
bermoqda.
Garchi diagnostika va korreksiyalash masalalari juda qadimdan o‘rganilgan 
bo‘lsa-da, “Pedagogik diagnostika va korreksiya” nisbatan yangi o‘quv fan 
sanaladi. Jahon ta’limi amaliyotida o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lganiga hali 
unchalik ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, ushbu fan ta’lim jarayonining 
ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondirish borasida muayyan tajribaga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida esa mazkur fanning o‘quv fani 
sifatida o‘qitilishi borasida daslabki tajribalar to‘plangan bo‘lsa-da, biroq, 
o‘qituvchilar “Pedagogik diagnostika va korreksiya”n o‘quv faniing barcha 
imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish bo‘yicha boy amaliy tajribalarga ega 


6
emaslar. Shu bois ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida fan 
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga 
jiddiy e’tibor qaratilmoqda
3

Ushbu tushuncha ilk marta tibbiyotda qadimgi Gresiyada qo‘llanilgan
4

Qadimgi yunonlar muvaffaqiyatli davolash uchun kasallik va uning sabablarini 
to‘g‘ri anglash, bemor organizmi xususiyatlari, kasallikning kechishi tavsifidan 
xabardor bo‘lish, turli davo vositalarining ta’sirini bilish va shu sababli kasallikni 
davolashdan ko‘ra unga to‘g‘ri tashxis qo‘yish muhim ekanligini anglashgan. 
Ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, 
sub’ektlarning hayot tarzidan kelib chiqqan holda “diagnostika” tushunchasi turli 
(texnika, iqtisodiyot, psixologiya) sohalarda ham qo‘llanila boshlandi
5
.
Kishilik jamiyatining ilk bosqichida tibbiyotda oddiy va ko‘z bilan ko‘rish 
mumkin bo‘lgan kasalliklarga tashxis qo‘yishda suyak sinishi, jarohat, qayt qilish, 
ich ketish, og‘riqni his qilish, isitma kabi belgilarga tayanilgan. Qadimgi Misr va 
Hindistonda tana haroratining ko‘tarilishi, yurak faoliyati eshitish, tanani 
paypaslab ko‘rishga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, qadimgi Xitoyda tomir orqali yurak 
pulsini o‘lchash, Gresiyada esa tashxis qo‘yish ilmiy klinik (ham tashxis qo‘yish, 
ham davolash ishlari birga olib boriladigan) tibbiyot uchun boshlang‘ich asos 
bo‘lib xizmat qildi. Tibbiy diagnostikaning asoschisi Gippokrat hisoblanadi. Uning 
tashxis qo‘yish uslubi bemor holatini kasallikning dastlabki va keyingi davrdagi 
holatini sinchiklab o‘rganish, kasallikning ayrim belgilariga ta’sir ko‘rsatish, 
ma’lum uskuna (masalan, naycha – naysimon asbob) yordamida ichki organlar 
holatini tekshirish, o‘pkadagi xirillash, o‘pka pardasidagi ishqalanishni eshitish, 
jigar va taloqni paypaslab ko‘rishdan iborat bo‘lgan.
Tibbiyot sohasida kasallikka tashxis qo‘yish borasida o‘sha davrlardayoq 
izlanishlar olib borilgan. Xalqning boy hayotiy tajribasi, o‘ziga xos davolash 
iqtidoriga ega shaxs (tabib, kohin)larning izlanishlari natijasida turli kasalliklarga 
to‘g‘ri tashxis qo‘yish amaliyoti ilmiy bilimlar bilan boyigan.
Uyg‘onish davri, ayniqsa, VIII-XIX asrlarda tibbiyotda yangi, jumladan, 
harorat o‘lchovchi asbob (termometriya), tanaga barmoq bilan urib ko‘rib eshitish 
(perkussiya), yurak urushi va o‘pkani eshitib ko‘radigan asbob (stetoskop), 
Laennekning eshitib ko‘rish metodi va boshqa tashxis metodlari yaratildi. 
Shunga ko‘ra dastlab “diagnostika” tushunchasi negizida kasalliklarni 
aniqlashda qo‘llaniladigan metodlar va ular to‘g‘risidagi ta’limot ifodalangan. 
Zamonaviy sharoitda esa mazkur atama bemor shaxsi, u mansub bo‘lgan ijtimoiy 
muhit, ruhiy holati, organizmining irsiy va fiziologik xususiyatlari, kasallikning 
kelib chiqish sabablari, kechishi, organizmda kechayotgan fiziologik holatlar, 
organizmning tashqi muhit omillari, turli davo vositalariga ta’sirchanligi, 
shuningdek, davo vositalarining boshqa organlar faoliyatiga ta’siridan iborat yaxlit 
3
Расулов 
И.М. 
Таълим 
жараёнида 
педагогик 
ташхис 
тамойилларини 
қўллаш 
// 
https://cyberleninka.ru/article/n/talim-zharayonida-pedagogik-tashhis-tamoyillarini-qo’llash. 
4
Диагностика // http://referat-kursovaya.repetitor.info.
5
Инназаров М.А. Малака ошириш тизимида педагог кадрлар касбий компетентлигини ташхислаш 
ва баҳолаш технологиялари: пед.фанл.бўйича PhD ...дис. – Т.: 2020. – 35-36-б. 


7
jarayonni hamda davolovchi vrachning kasallikni aniqlash va bemor holati
bo‘yicha kuzatishlari, mulohazalarini ham anglatadi.
Pedagogik diagnostikaning rivoji psixologik diagnostika bilan bog‘liq 
va 
bevosita uning negizida yuzaga kelgan. Psixologik diagnostikaning o‘zi XIX 
asrning oxiri va XX asrning boshlarida psixologiya sohasida olib borilgan qator 
tadqiqotlarning g‘oyalariga asoslangan holda mustaqil fan sifatida shakllana 
boshladi.
Bu davrda Vilgelm Maksimilian Vundt (1832-1920) va Vilyam Shtern (1871-
1938 yy.) tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda nafaqat yuqori psixologik 
funksiyalarni ifodalovchi holatlarga asoslanuvchi umumiy psixologik qonuniyatlar, 
balki shaxsning individual xususiyatlari (idrok, xotira, diqqat, ta’sirlanish tezligi va 
sh.k.) keng ko‘lamda o‘rganildi. Biroq, bilish sohasida “psixologik diagnostika” 
tushunchasining qo‘llanilishi German Rorshax (1884-1922 yy.) bilan bog‘liq.
Psixologik 
tahlil 
(psixoanaliz) 
masalalari 
bilan 
qiziqqan 
hamda 
Shveysariyaning nufuzli tibbiyot vakillari orasida tobora mashhur bo‘lib 
borayotgan psixologik tahlil metodini yoqlovchi faollardan biriga aylangan
German Rorshax til iste’molida ilk marta “psixologik diagnostika” tushunchasini 
qo‘lladi. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish