Tashxislovchi texnika – pedagog yoki mutaxassis tomonidan samarali
o‘zlashtirilib, o‘rganilayotgan shaxs (o‘quvchi, tarbiyalanuvchi) yoki
shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga pedagogik ta’sir
ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llashga imkon beradigan
bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalar yig‘indisi.
Me’yor (tashxislovchi me’yor) – 1) tashxislash jarayonining avvali
(boshi) va yakuni (oxiri) da qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro
solishtirish uchun xizmat qiladigan standartlashtirilgan o‘lchov
birliklari, ko‘rsatkichlar; 2) o‘rganilayotgan shaxs yoki shaxslar guruhi
(masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos bo‘lgan xulq-atvor, ma’lum xatti-
harakatni tashkil qilish, shuningdek, ma’lum jarayonga xos
xususiyatlarni tadqiq qilish uchun namuna, andoza.
Standart (davlat ta’lim standarti – DTS; ingl. “standard” – meyor,
namuna) – uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari
mazmunining zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv
yuklanmalarning maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining
tayyorgarlik darajasini, ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiy-
texnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-metodik, kadrlar taminoti)ning
asosiy talablarini aniqlab beradigan meyor va talablar
18
. Diagnostika
nazariyasida “standart” tushunchasi quyidagi uch jihatga ko‘ra
qo‘llaniladi: 1) o‘lchash, o‘zaro solishtirish, tahlil qilish va baholash
uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatkich; 2) psixologik-pedagogik ko‘rsatkich
(shkala)larni shakllantirish uchun asos bo‘ladigan ixtiyoriy etalon
(namuna); 3) muayyan jamiyat tomonidan e’tirof qilingan ijtimoiy axloq
mezoni.
Talab (psixologik-pedagogik talab) – turli xatti-harakatlarni bajarish,
muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal
qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy –psixologik xulq-atvor me’yorlari va
17
Педагогика. Катта изоҳли луғат / М.Усмонбоева, Ф.Асқарова. – Т.: “Сано-стандарт”, 2017. –
282-б.
18
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова.
– Наманган: НамДУ, 2014. – 130-б.
13
tarbiyaviy ta’sir usuli. U ma’lum harakatlarni rag‘batlantirish yoki
to‘xtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega bo‘ladi.
Psixologik va pedagogik diagnostikada talab (psixologik-pedagogik
talab)lar to‘rtta guruhga ajratiladi. Ular: 1) nazariy xarakterga ega
talab (psixologik va pedagogik ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, maslahat; o‘lchov
birliklari); 2) amaliy xarakterga ega talab (tashxislash jarayonida
ustuvor bo‘lgan omillarga tayanishni taqozo qiladigan psixologik-
pedagogik talab; o‘lchov birliklari); 3) ob’ektiv qonuniyatlar asosida
shakllantiriladigan tashxis tamoyillari; 4) tashxislash jarayonini tashkil
qilish tartibi va qoidalari.
Mezon (yun. “kriteron” – muhokama (mulohaza qilish) uchun vosita) –
unga asoslangan holda baholash amalga oshiriladigan belgi;
nimaningdir tavsifi yoki tasnifi; baholash o‘lchovi.
Do'stlaringiz bilan baham: |