Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/218
Sana22.12.2022
Hajmi2,44 Mb.
#893814
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   218
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

tarbiyaning muayyan darajasi
– o‘qituvchi, ota-
onalar, kattalar yoki mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan pedagogik faoliyat 
samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi sanaladi.
Shaxsning muayyan yosh davrlari tarbiyaning ma’lum darajasini ifodalaydi. 
Masalan, maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchisi muayyan axloqiy 
fazilatlarga ega bo‘lsa ham hali ularda mehnat ko‘nikmalari yetarlicha 
rivojlanmagan bo‘ladi. Ammo u shu yoshda kattalar va tengdoshlari bilan ijobiy 
munosabatda bo‘lish, salomlashish, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish, o‘ziga 
yoqmagan holatlarni ayta olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Tarbiya darajasining dinamik holati, ya’ni, o‘quvchining axloqiy fazilatlari, 
mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajriba “hajmi”ning ko‘payib 
borayotganligi uning shaxsida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotganligini, borliqqa, 
atrofdagilarga va o‘ziga nisbatan qadriyat sifatida yondashayotganligini anglatadi.
Ta’limda ma’lum ma’lumot darajasiga ega bo‘lishning aniq vaqt chegarasi, 
muddati (boshlang‘ich sinf – boshlang‘ich ma’lumot olish uchun, umumiy o‘rta 
ta’lim – o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish uchun, o‘rta maxsus ta’lim – o‘rta maxsus 
ma’lumotga ega bo‘lish uchun, oliy ta’lim – oliy (kasbiy) ma’lumotga ega bo‘lish 
uchun) belgilanadi. Tarbiyada ta’limdan farqli ravishda shaxsda ma’lum sifatni 
hosil qilish uchun muddat, vaqt chegarasi belgilanmaydi. Ayrim sifatlar shaxsning 
80-90 yoshida ham hosil bo‘lishi mumkin. Ba’zan shaxsda keksalikda ham avval 
ega bo‘lgan ijobiy sifat o‘rnida salbiy odatlar, yoki aksincha, salbiy illatlar o‘rniga 
ma’naviy-axloqiy xislat namoyon bo‘ladi.
Buning sababi tarbiyalovchi vaziyatlar, ichki (shaxsning hayotiy intilishlari, 
maqsadlari, tamoyillari, borliqqa, atrofdagilar va o‘ziga bo‘lgan munosabati) 
hamda tashqi (jamiyatda shakllangan qarashlar, ularning rasman yoki norasman tan 
olinishi, shaxs mansub bo‘lgan mikromuhitdagi psixologik holat, shaxslararo 
munosabatlar va boshqa) omillarning shaxs tarbiyasiga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan 
izohlanadi
93
.
93
Определение уровня воспитанности подростков / Т. Н.Матафонова и др. // Инновационные 
педагогические технологии. Мат. IV Междунар. науч. конф. (г. Казань, май 2016 г.). – Казань: Бук, 
2016. – С. 8-11.


104
Shaxsni tarbiyalash (yoki shaxsning tarbiyalanish) jarayoni umr bo‘yi davom 
etadi. Ammo, shaxsni tarbiyalashda “qiyin o‘tish davri” hisoblanadigan o‘smirlik 
davri alohida o‘rin tutadi. Aynan shu yosh davrida o‘quvchi shaxsida hayotiy 
maqsadlar, intilishlar, ijtimoiy qarashlar shakllanadi.
O‘smirlikning “qiyin yosh davri” bo‘lishi o‘quvchi organizmida kechadigan 
keskin fiziologik o‘zgarishlar va uning shaxsga psixologik ta’siri bilan bog‘liq. 
Shu sababli oilada, ta’lim muassasalarida o‘smir bilan ishlashga yanada jiddiy 
yondashishga e’tibor qaratiladi. Bunda o‘quvchi shaxsi, uning xatti-harakatlari va 
faoliyatiga nisbatan oqilona pedagogik talablarni qo‘yish, ularning izchil bo‘lishiga 
erishish muhim ahamiyatga ega. Har qanday pedagogik talab keskin taqiqlar va 
cheklovlardan xolis bo‘lishi lozim. Qolaversa, imkon qadar uning qo‘yilayotgan 
talabning o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi borasida fikrini bilish muhim. 
O‘quvchining fikri, o‘qituvchi, ota-onalar va mutaxassislarning yondashuvlari 
o‘zaro qiyosiy o‘rganilgan holda tarbiyaviy faoliyat rejalashtirilishi zarur. Tarbiya 
jarayonida imkon qadar har bir o‘quvchi uchun individual yondashuv bo‘lishi 
kerak. Zero, o‘quvchilar turlicha psixologik xarakter, fizologik imkoniyat (ayniqsa, 
mehnat ko‘nikma, malakalarini shakllantirishda inobatga olinadi), hayotiy 
maqsadlar, muayyan darajada ma’naviy-axloqiy fazilatlar, hayotiy tajribaga ega. 
Pedagogik diagnostika yordamida o‘quvchi shaxsning tarbiyalanganlik 
darajasiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lish “Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab 
chiqish, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, hayotiy tajribaning dinamik o‘sishini kuzatib 
borishga yordam beradi. Boshlang‘ich nazorat yordamida qo‘lga kiritilgan 
o‘quvchining rivojlanganlik darajasiga oid ma’lumotlar pedagogik diagnostikada 
orqaliq va yakuniy nazorat muddatlarini belgilash, tarbiyalovchilik faoliyatini 
rejalashtirish hamda tarbiya jarayonini izchil kuzatib borish uchun imkoniyat 
yaratadi. 
Ta’lim jarayonida bo‘lgani kabi tarbiyada ham yakuniy nazorat natijalari 
boshlang‘ich nazoratning natijalari bilan o‘zaro taqqoslanadi. Ular o‘rtasidagi farq 
tarbiyaviy faoliyat samaradorligini belgilashga xizmat qiladi. 
O‘quvchining tarbiyasini tashkil etayotgan o‘qituvchi, eng avvalo, tarbiya va 
ta’lim maqsadlarini ajratib olishi zarur. Tarbiya jarayonida o‘quvchini intellektual 
rivojlantirish asosiy maqsadga aylanmasligi kerak. Zero, agar to‘g‘rirejalashtirilsa 
va oqilona tashkil etilsa, o‘quvchini intellektual rivojlantirish ta’lim jarayonida 
ta’milanadi. Eng muhimi, tarbiya jarayonida o‘quvchining yosh va psixologik 
xususiyatlarini, fiziologik-jismoniy imkoniyatlarini inobatga olishdir.
Tarbiya jarayonida tarbiyalovchi vaziyatlardan foydalanish kutilgan 
natijalarga erishishni ta’minlaydi.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish