Reja.
Tabiat haqida tushunchalar.
Qishloq xo`jalik mehnatida ish turlarining shakllari.
Sinflar bo`yicha ish turlari.
Texnika xavfsizligi qoidalari.
Tabiatni asrash.
Ko`chat o`tkazish.
Gul o`stirish.
Mexnat tahlimi dasturining kishlok xujaligi mexnati bulimi kishlok xujaligi va eng kup tarkalgan gullar, sabzavot, meva xamda rezavor-meva usimliklarni ustirish xakidagi bilimlar mazmunini belgilab beradi.
Bu darslarda o’quvchilar sinfdagi jonli tabiat burchagi va maktab o’quv tajriba hovlisida o’simliklarni o’stirishga oid ishlar bilan shug’ullanadilar. Jonli tabiat burchagida 1- sinf o’quvchilari xona o’simliklarini parvarishlashda hosil qilingan malakalarini mustahkamlaydilar. O’quv tajriba hovlisida olib boriladigan ishlar sabzavot, gulli va manzarali o’simliklarni ko’chat qilish, o’stirish, manzarali va mevali daraxtlarni parvarish qilish, ayrim dala o’simliklarini tajriba uchastkasida o’stirishni o’z ichiga oladi. O’qituvchi maktab hovlisida olib boriladigan ishlarda gulli, manzarali o’simliklarni o’stirish bilan cheklanmasligi, shu asosda bolalarga dasturda talab etilgan bilim va malakalarni berishni ko’zda tutishi kerak.
Boshlang’ich sinfda bolalar faqat o’simliklarni o’stirishga oid bilim va malaka hosil qilish bilangina cheklanmay, balki eng muhimi qishloq xo’jaligi mehnatini sevishlari, uyushib ishlashlari va maqsadga erishish uchun astoydil harakat qilishlari kerak.
2 sinf dasturida ko’zda tutilgan qishloq xo’jaligi mehnati turi va murakkabligi jihatdan xilma-xildir, binobarin bolalar bu ishlarni bajarishga uyushtirish ham har xil bo’ladi. Bu bolalarning tayyorgarlik darajasi va mahlum bir ravishda ularning oldiga qo’yilgan maqsadiga bog’liq. O’qituvchining vazifasi mehnatni mumkin qadar bolalarning uyushqoqligini, do’stligini va o’rtoqlarcha o’zaro bir-biriga yordam berishni mustahkamlaydigan formada tashkil etishdir.
3 sinfda bolalar sabzovat, gulli va manzarali o’simliklarni ko’chat qilib o’stirishga oid tajriba almashish ishlarining asosiy mavzusi o’simliklarni o’sishi va rivojlanishini boshqarishning usul va vositalari bilan tanishadilar. Uchinchi sinfda o’quvchilar ikkinchi sinfda boshlagan ayrim o’simliklarni turlarini o’rganish va navlarini sinash ishlarini davom ettirish bilan birga, o’simliklarni o’g’itlash va qo’shimcha oziqlantirishni tajriba qiladilar.
3-sinfda o’quvchilar pamidor ko’chati yoki bir yillik gulli, manzarali o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qo’shimcha oziqlantirishga tegishli eng yaxshi o’g’itni aniqlaydilar. SHu maqsadda bolar bir yashikdagi ko’chatni to’liq mineral o’g’it eritmasi bilan, ikkinchisini organik o’g’it eritmasi bilan, uchunchi yashikdagini esa mahalliy o’g’it bilan oziqlantiradilar.
Kishlok xujaligi darslarini sinfda xam maktab uchastkasida xam muvaffakiyatli utkazishning asosiy sharti barcha ukuvchilarni ish bilan band bulishidir. SHuning uchun xam bu darslarga tayyorlanishda mexnat jarayonida ukuvchilarni uyushtirish yullarini puxta uylab kurish lozim.
Agarda sinfda 30 tadan ortik ukuvchi bulsa, sinfni ikki guruxga ajratish maksadga muvofikdir. Ukuvchilarni maktab uchastkasiga olib chikishdan oldin ularga xatti-xarakat koidalarini eslatish lozim. Yulaklardan yugirilmasdan xarakat kilinsa, usimliklar oyok ostida toptalmaydi. Ayniksa xaskash, ketmon kabi dexkonchilik asboblari duch kelgan joyga tashlansa utgan odamning oyogiga urilib jaroxatlashi mumkin.
Ukuvchilarga kishlok xujaligi ekinlarini parvarish kilish ishi ularning usish va rivojlanishini, ular tomonidan muntazam kuzatilishini tashkil etish kerak. Kuzatishni ikki boskichda amalga oshirish mumkin: birinchisi – usimlikni rivojlanishining turli boskichlarida bevosita kuzatish, ogzaki tasvirlash, ularni ulchash. Ikkinchisi - kuzatish natijalarini kayd etish. Ukuvchilar ukituvchi aytib turgan narsalarni kuzatish daftariga yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |