Tajribaning umumiy mavzusi:
Pomidor yoki gulli, manzarali o’simliklar ko’chatini stakan, yashik yoki parnikda o’stirish.
Ortiqcha shoxlarni olib tashlashning pamidorning pishish muddatiga tahsiri.
Bir, ikki va uch poyali pomidorlarni o’stirish.
Mineral va organik ozuqalarning pomidorning o’sishiga va rivojlanishiga tahsiri.
Turli nav pomidorlarni bir xil to’proqda o’stirish
( boshqa sabzovatlar ustida ham shu tarzda tajriba olib borish
mumkin). O’rni bilan ish davomida paydo bo’ladigan savollarni
hal eta oladigan oddiy tajribalar ham o’tib turish zarur.
Tajriba davomida o’quvchilarning mustaqil fikrlashlariga, tug’ilgan savollarini mustaqil hal qilishlari mumkin qadar kengroq imkon yaratib berishlari lozim. SHunda ular tajriba o’tkazish yo’llarini, shunungdek tajribadan ko’zda tutilgan maqsadni yaqqol tushunib oladilar.
Bolalar uchun urug’ni stakan, yashik va yerga ekish, yaganalash, o’simliklarni o’sishiga va rivojlanishiga qanday tahsir etishini tajriba qilib ko’rish ayniqsa qiziqarlidir. Masalan pomidor urug’i 18 fevralda ivitildi, bo’rtgan urug’ 24 fevralda tuproq to’ldirilgan yashik va qog’oz stakanchalarga ekiladi. Yashikdagi va stakandagi o’simliklar sug’oriladi va to’prog’i yumshatiladi, qisqasi yashik va stakandagi o’simliklar bir xil parvarish qilinadi. O’simliklar ikki kundan keyin nish uradi. Dastlabki 2 barg ko’rinishi bilan o’simlik urug’ sepiladigan yashikdan olinib, ko’chat ekiladigan yashikka o’tkaziladi. Ko’chirib o’tkazish vaqtida asosiy ildizning bir qismi olib tashlanadi, keyin o’simlikning faqat ildizi emas, balki poyasining ham bir qismi ham tuproqqa ko’miladi. 22 mart o’simlik ko’chat yashikdan olinib, birinchi asosiy bargcha poyasini tuproqqa ko’mib parnikka o’tkaziladi.
Aprelg’ oyining boshida bolalar ko’chatlarning aralash usulda ochiq joyga ekdilar va bir oy davomida kuzatdilar. Qog’oz stakanchalarda o’stirilib, keyin o’tkazilgan o’simliklar bir joyga ekilib, shu yerda o’sgan o’simliklardan tubdan farq qiladi. Tarmoqdagi pamidorning poyasi kalta, baquvvat, barglari sersuv, to’q yashil rangli, yaxshi rivojlangan ildizida juda ko’p tomirchalar paydo bo’lgan. Bu ildizchalar o’simlikning yerdagi poya qismidan o’sib chiqqan. Aksincha bir joyda urug’dan o’stirilgan pamidorning ildizi bequvvat va kam edi. Buning sababi bolalardan so’ralganda bolalar bu savolga osongina javob berdilar.
Biz ko’chirib o’tkazish vaqtida asosiy ildizning bir qismini olib tashladik. U asta-sekin o’sa boshladi, yonidan chiqqan ildizchalar esa tez o’sib ketdi, poyadan ham shoxchalar o’sib chiqdi. O’simlikni poyasi bir oz tuproqqa ko’milgani uchun qo’shimcha ildizlar o’sib chiqdi.
Tajriba natijasida bolalar pamidor ildizini sistemasining o’sishi va rivojlanishini kishilarning harakatiga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Tajriba uchun ikki hovli bo’lishi kerak. Birinchi hovlidagi pamidorning bachki shoxlari olib tashlanadi, ikkinchi hovlidagi pamidorning shoxlari olinmaydi. Tajriba vaqtida o’qituvchi bolalarga bachki shoxlarni yulish usullarini o’rgatadi. Bahzida bolalar bir va ikki poyali o’simlikni birinchi gulbargi ostidan bargini sezmay qoladilar. Natijada bir poyali o’simlik o’rniga ikki poyali, ikki poyali o’simlik o’rniga uch poyali o’simlik o’sadi.
Bundan tashqari bolalar ikki poyali o’simlikning ikkala poyasida ham hosil payqaydilar. U poyali o’simlikning hosili ikkita poyasida, ayrimlarida esa faqat asosiy poyasida ekanligini guvohi bo’ladilar. O’quvchilar ikki poyali pamidorning mevasi yirikroq bo’lib tezroq pishishini bilgach, qishloq xo’jaligi uchun ikki poyali pamidor o’stirish foydali degan xulosaga keladilar.
Sungra ukuvchilar tajriba asosida ruy bergan jarayonni kuzatishlari asosida suxbatlar olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |