GLOSSARIY
ABULIYA - juda oddiy, osongina masalalar bo‘yicha ham ma‘lum bir
qarorga kelish qobiliyatining yo‘qligida namoyon bo‘ladigan irodasizlik.
AVTORITARIZM - buyruq asosida ishlab chiqilgan talablarni o‘ylamasdan
qabul qilish, ko‘r-ko‘rona bo‘ysunish va joriy etish.
ADEKVATLIK - tenglik, o‘xshashlik, muvofiqlik va o‘zaro moslik.
AKMEOLOGIYA - tibbiy, ijtimoiy va tabiiy fanlar negizida insonning
kamolotga erishish pog‘onasini o‘rganadigan fan.
AKSELERATSIYA - bolalar va o‘smirlarda oldingi avlodga nisbatan
jismoniy va jinsiy taraqqiyotning tezlashish xodisasi.
ALTRUIZM – shaxsning o‘zi uchun qabul qilgan qadriyatlar yo‘nalishi,
uning asosiy mohiyatida boshqa odam yoki ijtimoiy guruhning manfaatlarini
himoya qilish yotadi.
AMBIVALENTLIK - bir vaktning o‘zida bir-biriga qarama-qarshi hissiy
kechinmalarning namoyon bo‘lishi.
ANTROPOGENEZ - odamning kelib chiqish jarayoni.
AN‘ANA - avloddan-avlodga o‘tadigan muayyan bir ijtimoiy guruhlar
ichida uzoq vaqt saklanadigan ijtimoiy va madaniy meros namunalari.
ASTENIYa-kuchli hissiy toliqish va organizmning ruhiy holsizlanishida
namoyon bo‘ladigan xolat.
AUTIZM-bolaning uni o‘rab turgan atrofdagi odamlardan o‘zini chegaralab,
o‘z shaxsiy kechinmalariga berilishi, ruhan begonalashuv holati.
AUTOGEN MASHQ - shaxsning o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini idora
qilishiga asoslangan psixoterapevtik usul.
AFFEKT-ongning ma‘lum bir muddatga susayishi natijasida ro‘y beradigan,
kuchli, jo‘shqin tarzda kechadigan, nisbatan qisqa muddatli kechinmalar tarzida
ro‘y beradigan hissiy holat.
AHLOQ - shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini
belgilab beruvchi me‘yorlar tizimi, ma‘naviy hulq qoidalari.
BILISHGA
QIZIQISH
-
aqliy-intellektual
hislar
mahsuli,
bu
odamning tevarak-atrofdagi olamni bilish ehtiyojida namoyon bo‘ladi.
BIOGRAFIK METOD - odamni uning tarjimai holi, ya‘ni bosib o‘tgan
hayot yo‘liga doir ma‘lumotlar orqali o‘rganish usuli.
BIXEVIORIZM - XX asr boshlarida AQSHda maydonga kelgan yo‘nalish,
asoschilari D.Uotson, E.Torndayklar bo‘lib, psixologiyaning o‘rganish predmeti
sifatida hulq-atvor olingan.
BOSHQARUV PSIXOLOGIYaSI - boshkaruv faoliyati bilan bog‘lik bulgan
muammolarni, shaxs va shaxslar guruxi tomonidan boshka guruxlar faoliyatini
samarali tashkil etish va birgalikda faoliyatni amalga oshirishning psixologik
mexanizmlarini o‘rganadi.
VIJDON - ahloqiy ong tushunchasi. U yaxshilik va yomonlikni ajrata olish,
o‘z xatti - harakatlariga axloqan javob bera olishga qaratilgan ichki e‘tiqoddan
iborat.
124
VYURTSBURG MAKTABI - XX asr boshlarida nemis psixologlari
(K.Byuller, N.Ax, O.Kyulpe va boshqalar) asos solgan ilmiy maktab. Unda dastlab
tafakkur maxsus tajribalar predmeti sifatida o‘rganildi.
GENEZIS - biron bir hodisa yoki narsaning rivojlanish jarayoniga xos
bo‘lgan qonuniyatlarni aks ettiruvchi tushuncha.
GENETIK METOD - psixik holatlarning paydo bo‘lishi va ularning
quyidan yuqoriga qarab rivojlanish jarayonini o‘rganish usullari.
GENETIK
PSIXOLOGIYA
-
odamdagi
individual-psixologik
xususiyatlarning kelib chiqishi, ularning shakllanishida genotip va ijtimoiy
muhitning rolini o‘rganadigan soha.
GENOTIP - ota-onadan farzandga o‘tadigan genlar, irsiy asos.
GERONTOPSIXOLOGIYa – yosh psixologiyasining keksalik davrining
psixologik xususiyatlarini o‘rganadigan sohasi.
GESHTALTPSIXOLOGIYa - XX asrning 30-yillarida Germaniyada
shakllangan ilmiy maktab, asoschilari M.Vertgeymer, V.Kyoler, K. Koffka bo‘lib,
psixik xodisalarni tushuntirishda xodisalarning bir butunligi, yaxlitligi asos qilib
olinadi.
GIPNOZ - bosh miyaning ayrim nerv markazlarini tormozlash natijasida,
maxsus ravishda hosil qilinadigan sun‘iy uyqu xolati.
GURUH - birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki o‘zaro muloqotda bo‘lish
ehtiyoji kabi bir qator belgilarga asoslangan kishilar uyushmasi. Guruhlar real va
shartli, katta va kichik, rasmiy va norasmiy bo‘lishi mumkin.
DEPRESSIYa - tushkunlik kayfiyati; odamda intilishlar va qiziqishlarning
susayishi, harakatlarning tormozlanishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladigan
iztirobli ruhiy holat.
DETERMINIZM – psixologiya fanining asosiy tamoyillaridan biri.
Tabiatdagi barcha narsalar, shu
jumladan, psixik hodisalarning ro‘y berishi
ob‘ektiv sabablar va qonuniyatlar bilan belgilanadi.
DIALOG - ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro fikr almashishi.
DIFFERENTSIAL PSIXOLOGIYa - psixologiya fanining alohida tarmog‘i
bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi individual-psixologik farqlarni o‘rganadi.
DIQQAT - ongning muayyan bir ob‘ektga yo‘naltirilishi va unda
to‘planishidan iborat psixik holat. Diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy, va ixtiyoriydan
so‘nggi turlarga ajratiladi.
DOMINANTA - markaziy nerv tizimining vaqtincha hukmron qismi
bo‘lib, boshqa qismlar faoliyatini tormozlaydi.
YETAKCHI FAOLIYaT - faoliyat turlaridan biri bo‘lib, bunda faoliyat
ta‘sirida ma‘lum davr ichida shaxs sifat jihatidan o‘zgaradi, ruhiy yangilanishlar
yuz beradi. Masalan, bog‘cha yoshi davridagi o‘yin faoliyati.
YOSH - individning ma‘lum bir aniq vaqt davomida belgilangan jismoniy
va psixik taraqqiyotining bosqichi.
YOSH PSIXOLOGIYaSI - psixologiya fani tarmoqlaridan biri bo‘lib, turli
yoshdagi odamlarning psixik taraqqiyoti, psixologik xususiyatlari va rivojlanish
qonuniyatlarini davrlarga bo‘lgan holda o‘rganadi.
125
JAMOA - jamiyat manfaatlariga mos keladigan umumiy maqsad va faoliyat
ko‘rsatish uchun birlashgan kishilar uyushmasi.
ZAVQLANISH - muvaffaqiyatli biror bir ijodiy ishni ko‘rish, eshitish,
sezish orqali paydo bo‘ladigan psixik holat.
IDEAL - biror narsaning namunasi, ayrim odam yoki gurux xatti-harakatlari
va intilishini belgilovchn oliy maqsad.
IDENTIFIKATSIYa - shaxsning o‘zini o‘zga odam bilan emotsional va
boshqa tomondan tenglashtirishi.
IDEOMOTOR AKT - muskullar harakati haqidagi tasavvvurlarning real
xarakatlarga ta‘siri.
IDROK - sezgi a‘zolariga ta‘sir etib turgan narsa va hodisalarning bevosita
yaxlitligacha aks ettirilish jarayoni.
IDROKNING KONSTANTALIGI - idrok sharoiti o‘zgarsa-da, idroq
qilishdan hosil bo‘lgan narsalar (ularnnng shakli, rangi, hajmi) idrok etilishining
nisbatan o‘zgarmasligi, turgunlik holati.
IDROKNING PREDMETLILIGI - jamiki olamdan olingan ma‘lumot- lar-
axborotlarni ichki olam ob‘sktiga kiritish xususiyati.
IERARXIYA - narsa va hodisalarni ketma-ketlik bilan bir-biriga teng
bo‘ysundirish usuli.
IMIDJ – shaxsning tashqi qiyofasi, yurish-turishida aks etadigan, shaxsning
boshqalar tomonidan tan olinadigan o‘ziga hos xususiyatlari.
INDIVID -biologik turga
kiruvchi alohida tirik mavjudot.
INSTINKT - organizmning hayotiy ehtiyojlarining qondirilishi munosabati
bilan namoyon bo‘ladigan, nasldan-naslga o‘tadigan tug‘ma harakatlar tizimi.
INTERVYu - bu ijtimoiy psixologiya metodi bo‘lib, qo‘yilgan savollarga
berilgan javob tariqasida axborotlarni to‘plash usuli.
INTERIORIZATSIYa - tashqi amaliy harakatlarning ichki aqliy amallarga
aylanish jarayoni.
INTROVERSIYa – shaxs uchun o‘z fikrlari, sezgilari, kechinmalarining
birlamchi qadr-qiimmatga egaligi, ishki olamga yo‘nalganlik.
INTROSPEKTSIYa - kishining o‘z-o‘zini kuzatishidan iborat metod.
INFANTILIZM - ba‘zi katta yoshdagi odamlarning gavda tuzilishi va
psixik
funktsiyalarida
bolalik
xislatlarining
saqlanib
qolishidan
iborat
psixofiziologik nuqson.
ISTE‘DOD - shaxs qobiliyati rivojining yuqori darajasi.
KAYFIYaT - birorta emotsiyaning barqaror kechishi.
KASB TANLASH – insonning ijtimony foydali mehnatga o‘z hissasini
qo‘shishi zarurligini anglashi natijasida kasbga yo‘nalish olishi.
KASB-HUNARGA YO‘NALISH BERISH - yoshlarni ishga yo‘llash
maqsadida ularning xohishlari, qiziqishlari, shakllangan qobiliyati, layoqatiga
qarab tegishli psixologik-pedagogik va tibbiy tadbirlarni o‘tkazish.
KICHIK GURUH - a‘zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va
bevosita shaxslararo munosabatda bo‘luvchi kishilar guruhi.
126
KONTENT ANALIZ (TAHLIL) - turli mantlarni o‘rganish bilan
matnlarning o‘zi- ga xos xarakterli tomonlarini aniqlash.
KONFORMLIK - individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina
qo‘shilib, ichki tomondan esa qo‘shilmay o‘z fikrida qolishi, guruhga ongli
ravishda moslashishi.
KUZATISH - psixologiya metodlaridan biri bo‘lib, odamning xatti-
harakatlarida namoyon bo‘ladigan turli hodisalarni hisobga olish va sub‘ek- tiv
psixik hodisalar to‘g‘risida fikr olishdan iborat.
KUZATUVCHANLIK - shaxs xususiyatlaridan biri, u idrok qilish
jarayonida narsaning kamdan-kam uchraydigan ammo muhim tomonlarini payqay
olishida namoyon bo‘ladi.
KO‘NIKMA - odamning ma‘lum ishni bajarishga tayyorligida
ko‘rinadigan qobiliyati. K. mahoratning asosini tashkil qiladi.
LABORATORIYa
TAJRIBASI
-
psixologiya
metodlaridan
biri,
tekshiriluvchiga ta‘sir etuvchi barcha omillarni qat‘iy nazorat qilgan holda sun‘iy
sharoitda o‘rganish.
LAYoQAT - nerv tizimining irsiy determinatsiyalashgan anatomik-
fiziologik xususiyati, odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlani- shining
dastlabki tug‘ma, tabiiy zaminidir.
LIBIDO – psixoanaliz ta‘limotining asosiy tushunchalaridan biri, jinsiy
maylni bildiradi.
LOKUS
NAZORAT
-
odamnning
o‘z
faoliyati
natijalariga
javobgarligini tashqi kuchlardan ko‘rishi (eksternal yoki tashqi lokus nazorati)
yoki o‘zining qobiliyatlaridan, intilishlaridan ko‘rish xislati (internal yoki ichki
lokus nazorati).
LONGITYUD TADQIQOT - tekshiriluvchilarni uzoq muddat va doimiy
ravishda o‘rganish. L.t. odamdagi individual va yosh davrlardagi o‘zgarishlarni
qayd qiladi.
MAYL - shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan
shug‘ullanishga jalb etilganligi.
MALAKA - mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarishning
avtomatlashgan usullari.
MALAKALAR
INTERFERENTSIYaSI
-
avval
hosil
qilingan
malakalarning keynchalik boshqa yangi malakalar hosil bo‘lish jarayoniga salbiy
ta‘sir ko‘rsatishi natijasida yangi malakalarning susayib qolishi.
MANIPULYaTSIYa - bir yoki har ikkala qo‘lning ma‘lum bir vazifani
bajarish maqsadida harakatlantirish.
MASHQ - o‘zlashtirish maqsadida qayta-qayta bajariladigan harakatlar.
MEDITATSIYa - inson psixikasi va ongini chuqur jamlangan holatga
keltirish maqsadida o‘z-o‘ziga aqliy ta‘sir o‘tkazish. Bu holatda odamning tanasi
bo‘shashgan, hissiy kechinmalar va tashqi muhit ta‘sirlaridan holi bo‘ladi.
MELANXOLIK - temperament tiplaridan biri, psixik faollikning sust, tez
ta‘sirlanuvchanlik, hatto, arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur taa‘surotga
berilishi bilan xarakterlanadi.
127
«MEN», «U», «OLIY MEN» - Avsriyalik psixiatr Z.Freyd ta‘limoti
bo‘yicha shaxs tuzilmasi komponentlari.
MEN-KONSEPSIYA - odamning o‘zi to‘g‘risidagi nisbatan barqaror,
aniqlangan, o‘z kechinmalarida ifodalanadigan taassurotlar tizimi.
MENTALITET – muayyan bir millatda psixik xususiyatlar, sifatlar
va
jarayonlarning o‘ziga xos tuzilishi, yig‘indisi, shaklini anglatuvchi umumlashgan
tushuncha.
METOD – muayyan bir fanning ma`lumotlar to‘plash usuli, dunyoni
bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
MEHNAT PSIXOLOGIYASI – psixologiya sohasi, turli mehnat
faoliyatining psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
MILLIY XARAKTER - biror bir millatga xos xususiyatlar.
MILLIY STEREOTIP - ma‘lum millatning obrazi bo‘lib, u o‘zida o‘sha
millatga xos shaxs xususiyatlari, xulq-atvor sifatlarini ifodalaydi.
MONOLOGIK NUTQ - bir odamninig o‘z fikrlarini ogzaki yoki yozma
ravishda ifodalash nutqi.
MOTIV - ma‘lum bir ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga
undovchi, unga mazmun beradigan ichki kuch, sabab.
MOTIVATSIYA - odamni faollikka undovchi sabablar majmuasi.
MOTIVLAR KURASHI - qaror qabul kilish bilan bog‘liq irodaviy
harakatlar bosqichi.
MUAMMOLI VAZIYAT - bilish ehtiyojini qondirishda tafakkur qilish
sharti bo‘lgan psixologik vaziyat.
MUAMMOLI TA‘LIM - o‘quvchining faolligini oshirishga qaratilgan va
o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan o‘qitish usuli.
MULOQOT - ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta‘sir
etishi. Odamlar o‘rtasida axborot almashish, o‘zaro ta‘sirning yagona yo‘lini ishlab
chiqish, o‘zgalarni idrok qilish va tushunib baholashni o‘z ichiga oladi xarakteriga
ega.
MUSIQIY TERAPIYA - asab tizimi buzilgan bemorlarni davolashda
musiqadan foydalanish.
MUSIQIY QOBILIYAT - shaxsning musiqiy layoqatini belgilovchi
psixologik xususiyatlari.
MUSIQIY PSIXOLOGIYA- san‘at psixologiyasining sohasi bo‘lib, odamga
va uning faoliyatiga musiqa ta‘sirini o‘rganadi.
MUHANDISLIK PSIXOLOGIYaSI - psixologiya tarmog‘i, odam mehna-
tining psixologik xususiyatlarini, faoliyat jarayonida texnika vositasi bilan
munosabatda bo‘lishni o‘rganadi.
NARKOMANIYa - narkotik vositalarni qabul qilish natijasida vujudga
keladigan kasallik.
NEGATIVIZM - atrofdagi kishilarga nisbatan bolaning sababsiz ko‘rsatish.
NEYROPSIXOLOGIYA - muayyan psixik jarayonlar sodir bo‘lishini
ta‘minlaydigan neyron tarmoqlarini o‘rganuvchi fan.
128
NUTQ - odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishining tarixan tarkib topgan
shakli. N. muloqotda tildan foydalanish jarayoni.
OLIGOFRENIYa - aqliy zaiflik, psixik funktsiyalarning taraqqiyotdan ortda
qolishini o‘rganuvchi fan.
OLIY NERV FAOLIYTI TIRI - oliy nerv faoliyatida, asab tizimi
xossalarining barqaror yig‘indisi (kuchi, muvozanati, harakatchanligi).
ONG - ob‘yektiv borliqni psixik aks ettirishning faqat insongagina xos
bo‘lgan eng yuqori va oliy shakli.
ONGSIZLIK - odam ongiga borib yetmagan psixik jarayonlar majmuasi.
ONTOGENEZ - organizmning individual rivojlanish davri.
ORZU - shaxsning o‘zi uchun yoqimli bo‘lgan istiqbol obrazlarni ongida
yaratishdan iborat xayol turi.
PANTOMIMIKA - inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonatsiyalar bi-
lan birga uning psixik holatini ifodalovchi xarakatlari.
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYa - psixologiya tarmog‘i, ta‘lim va tarbiya
qonuniyatlarining psixologik asoslarini o‘rganadi.
PROAKTIV TORMOZLANISH - avvalgi faoliyatning qayta-qayta ko‘p
takrorlanishi natijasida keyingi materiallarni esga tushirishning yomonlashuvi.
PROYEKTIV METOD - shaxsni tadqiq qilish metodlaridan biri.Bu
metodda masalan, tajriba vaziyatlarida rasmlar idrok qilinib, uning talqini beriladi.
PROFESSIOGRAMMA - professiografiya natijalarining rasmiylashtirilgan
ko‘rinishi bo‘lib, uning maqsadi mavjud kasblarning turli mezonlarini ta‘riflash va
klassifikatsiya qilishdan iborat.
PSIXIKA - yuksak darajada tashkil topgan materiya - miyaning
funktsiyasi. Uning mohiyati voqelikni tuyg‘ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va
boshqalar ko‘rinishida aks ettirishdan iborat.
PSIXOANALIZ - ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani o‘rganishga
asoslangan psixologik ta‘limot. XIX asr oxiri XX asr boshlarida avstriyalik
psixiatr Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan.
PSIXOGIGIENA - umumiy gigienaning insonning nerv-psixik salomatligini
saqlash va mustahqamlash tadbirlarini ishlab chiqadigan bo‘limi.
PSIXODIAGNOSTIKA - psixik taraqqiyot darajasi va individual psixologik
xususiyatlarni aniqlash mahsadida odamni har tomonlama tekshirib ko‘rish usuli.
PSIXODRAMA - guruxiy psixoterapiya turi bo‘lib, bunda ishtirokchilar
navbatma-navbat aktyor va tomoshabin rolida bo‘lishadi. D.Moreno tomonidai ilk
bor qo‘llanilgan.
PSIXOLOGIYA - odamning ob‘ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-
hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan.
PSIXOFIZIOLOGIYa - psixologiya va neyrofiziologiyaning psixikani uni
neyrofiziologik asoslari bilan birga o‘rganishga xizmat qiluvchi.
PUBERTAT DAVR - jinsiy yetilish davri.
RELAKSATSIYA - odamdagi jismoniy zo‘riqishning psixik keskinligi
tugashi natijasida paydo bo‘ladigan osoyishtalik holati.
129
REMINISTSENTSIYA - avval unutilgan deb hisoblangan materiallarning
keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni, ya‘ni vaqtanchalik unutish
holati.
RESPONDENT - psixologik tadqiqot o‘tkazishda ma`lum bir savollarga
javob beruvchi sinaluvchi shaxs.
RETROAKTIV TORMOZLANISH - oldin eslab qolingan materiallarni
keyingi faoliyat ta‘sirida vaqtincha unutishdan iborat jarayon.
REFERENT GURUH – shaxs uchun etalon vazifasini o‘taydigan, shaxs
ergashadigan, uning ishonchini qozongan, o‘ziga yaqin tutgan guruhi.
RETSEPIYENT - o‘ziga yo‘llangan xabarni qabul qilib oluvchi kishi.
RIVOJLANISHNING ENG YAQIN ZONASI - murakkab vaziyatni hal
etishda bolaning mustaqilligi hamda qattalar rahbarligida bajarilgan vazifa
orasidagi farq. Bu tushuncha L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan.
SANGVINIK - temperament tiplaridan biri. Ushbu tip chaqqon,
xarakatchan, taassurotlari tez-tez o‘zgarib turadigan, boshqa kishilarga nisbatan
dilkashlik va mehribonlik qilishi bilan xarakterlanadi.
SEZGILAR - psixik aks ettirishniig oddiy usuli tariqasida hayvonlarga ham,
odamlarga ham xos xususiyat. Voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim belgi va
xususiyatlarini bilib olishni ta‘minlaydi.
STENIK HISLAR - shaxsning faolligini oshiruvchi hislar (masalan:
xursandchilik).
STRESS - kuchli qo‘zg‘ovchilar ta‘sirida yuzaga keladigai ruxiy xolat.
SUHBAT - psixologiya metodlaridan biri. Nutq yordamida bevosita yoki
bavosita ma‘lumot berish va olish jarayoni.
TABIIY EKSPERIMENT - tekshiriluvchining o‘ziga bildirmagan holda uni
o‘yin, o‘qish, mehnat faoliyatida o‘rganishdan iborat psixologik tajriba.
TASAVVUR - sezgi a‘zolariga qachonlardir ta‘sir etgan narsa va
hodisalarning yaqqol hissiy obrazi.
TAFAKKUR - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va
tasavvurlar orqali bevosita bilib bo‘lmaydigan narsa va hodisalar T.da ongli
ravishda aks etadi. T. jarayonida fikr vujudga keladi, bu fikrlar inson ongida hukm,
tushuncha, xulosa shakllarida yuzaga keladi.
TAXISTOSKOP - qat‘iy belgilangai qisqa vaqt davomida ko‘rish
qo‘zg‘atuvchilarini namoyon qilish asbobi. Idrok, xotira, diqqat va boshqa jarayon-
larni tadqiq qilishda qishlatiladi.
TEST – qisqa, qolipga solingan va standartlashtirilgan psixologik sinov.
TOLERANTLIK - bag‘rikenglik, sabr-toqatlilik, boshqa bir millat
vakillarining dini, urf-odatlari va rasm-rusumlariga nisbatan hurmat hissi.
USTANOVKA - kishing tevarak atrofidagi odamlarga yoki ob‘yektlarga
nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi, ularni ma‘lum darajada idrok qilish, sezish,
ularga baho berish va harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan holat.
FAOLIYAT – shaxsning faqat insongagina xos bo‘lgan, ong bilan
boshqariladigan, muayyan bir maqsad asosida yuzaga kelgan ehtiyojlar tufayli
paydo bo‘ladigan va tashqi olamni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan faolligi.
130
FAOLLIK - tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit
bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lishida namoyon bo‘ladi.
FIZIOGNOMIKA - insonning tashqi ko‘rinishi va uning biror shaxs turiga
mansubligi o‘rtasidagi qat‘iy bog‘liqlik haqidagi ta‘limot.
FILOGENEZ
-
muayyan
tirik
mavjudot
turining
yerda
hayot
boshlanganidan keyingi evolyutsion taraqqiyot jarayoni.
FLEGMATIK - temperament tiplaridan biri. Bu harakatlarning sekinligi,
barqarorligi, emotsional holatlarning tashqi ko‘rinishlari kuchli emasligida
namoyon bo‘ladi.
FRENOLOGIYA - odamda u yoki bu xildagi qobiliyatlarning
rivojlanganini bosh suyagining tuzilishiga qarab aniqlash mumkin degan nazariya.
Bu nazariya avstriyalik vrach F.Gall tomonidan ishlab chiqilgan.
FRUSTRATSIYA - kishining maqsadga erishish yo‘lida uchragan, ob‘ektiv
ravishda yengib bo‘lmaydigan yoki sub‘ektiv ravishda shunday tuyuladigan
qiyinchiliklar tufayli paydo bo‘ladigan psixik holat.
XARAKTER - kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning individual birligi.
U shaxsning mehnatga, atrofdagi narsa va hodisalarga, boshqa kishilarga va o‘z-
o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida ifodalanadi.
XARAKTER AKSENTUATSIYaSI - xarakterning alohida xususiyatlari
haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqinlashuvi).
XOLERIK - temperament tipi, hissiyotning jo‘shqinligi, kayfiyatning
birdaniga tez o‘zgarib qolishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umumiy
harakatchanligi bilan ifodalanadi.
SHAKLLANTIRUVCHI TAJRIBA
-
psixologiya metodi, bu metod orqali
shaxsda zaruriy psixik jarayon yoki sifatlar rejali ravishda shakllatiriladi.
SHARTLI GURUH - odamlarning ayrim belgilari (yoshi, kasbi va h.k.) ga
qarab birlashtiriluvchi guruh.
SHAXS - ijtimoiy munosabatlarning sub`yekti va ob`yekti, ongli, muayyan
bir faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan, nutq faoliyati orqali muomala layoqatiga
ega bo‘lgan, o‘zining ijtimoiy o‘rniga ega bo‘lgan odam.
EGOSENTRIZM - individualizm va egoizmning eng tuban ko‘rinishi,
shaxsning o‘z manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yishi.
EKSPEKTATSIYA –ijtimoiy kutilma, individ tomonidan ijtimoiy rollarni
talablar(ijtimoiy normalar)ga muvofiq ravishda bajarilishini kutish.
EKSTERIORIZATSIYa - ichki psixik faoliyatning tashqi amaliy faoliyatga,
jonli mushohadaga aylanishi.
EKSTRAVERSIYA – ochiqlik, shaxs ruhiyati va ichki kechinmalarining
tevarak-atrofdagi odamlarga, tashqi olamga yo‘nalganligi.
EMPATIYA - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish, his qilish va
ularga hamdardlik bildirish qobiliyati.
ETNOPSIXOLOGIYA - psixologiya fanining alohida sohasi, muayyan bir
millat, elat va xalqlarning etnik belgi va xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy
o‘zligini anglash jarayoni, qadriyatlari singari fenomenlarni o‘rganadi.
131
Do'stlaringiz bilan baham: |