Kasbiy еtuklik tushunchasiga yuqori darajada shaxsiy va kasbiy jihatdan rivojlangan, yuqori professionalizmni o‘zida namoyon qiladigan, malakali, qolaversa, ahloqiy-ma’naviy, etik, madaniy, ijtimoiy va kasbiy muhim xususiyatlarni hamda shaxsiy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan mehnat sub’ektining xususiyati deb izohlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mutaxassisning shakllanishi faqatgina chuqur va keng doiradagi bilim, ko‘nikma va malakalarga, kasbiy tajriba va mahoratga ega bo‘lish bilan cheklanib qolmaydi, balki еtuk shaxs taraqqiyoti ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxs tomonidan shaxsiy va ijtimoiy maqsadlar, pozitiv kasbiy motivatsiyaning shakllanishi, ijtimoiy va kasbiy mas’uliyat, ishchanlik qobiliyati va mehnatga tayyorlik, tashabbuskorlik va ijodkorlik, mehnatdan qoniqqanlik, mehnat sub’ektining еtukligini anglatuvchi boshqa xususiyatlarni rivojlantirishga intilishini aniqlashtiruvchi faoliyat mazmuni va natijalari anglanilgandagina, mahoratning kasbiy komponentlari egallanadi, rivojlantiriladi va faollashtiriladi. Kasbiy еtuklik shaxsiy ideallar, ustanovkalar, qadriyatlar, hayot va faoliyat mazmunini ijtimoiy, psixologik muhitning kasbiy talablari bilan muvofiqligida aks etadi.
Mutaxassis shaxsining kasbiy еtukligi quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin:
Kasb bilan bog‘liq ma’naviy qadriyat tizimini tushunish;
Tajriba orttirish va shaxsiy tajribani tahlil qilish;
Namunaviy mutaxassisning adekvat modelini qabul qilish va unga o‘xshash uchun o‘z ustida ishlashga intilish;
Oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun shaxsiy kuch va resurslarni maksimal darajada safarbar etish;
Mehnatdan qoniqish hissining paydo bo‘lishi;
O‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish;
Shaxs xulqida buzilishlarning mavjud emasligi;
Shaxs organizmi va psixikasining funksional imkoniyatlari va ularning kasbiy talablarga muvofiqlik darajasi haqida tasavvurlarga ega bo‘lish va boshqalar.
Mutaxassisning еtuk shaxsga aylanishi sub’ektning faqatgina kasbiy taraqqiyoti bosqichida amalga oshmaydi. Umuman olganda, shaxs butun umri davomida komillik sari odimlaydi, ya’ni shaxsning ma’naviy-ahloqiy, etik, psixologik dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari jamiyat talablariga muvofiq ravishda shakllanib boradi. Shaxsning kasbiy faoliyat jarayoniga jalb qilinganligi uni yangi talablarga muvofiq ravishda shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lib, motivatsion qadriyatlar tizimini, mehnat ustanovkalarining shakllanishida, hayot mazmunini va faoliyatni korreksiya qilishda aks etadi.
Kasbiy еtuklik, birinchidan, mehnat sub’ektining kasbiy taraqqiyoti, muhim kasbiy psixologik xususiyatlarning shakllanishi va namoyon bo‘lishiga asoslangan yuksak mahorat sari harakatlar nuqtai nazaridan, ikkinchidan, yuqori malakaga erishish va mutaxassis kompetentligining shaxs taraqqiyoti bilan muvofiqligi natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Bu jarayon shaxsning ontogenezda rivojlanishi qonuniyatlari va uning professionallashuvi bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi, bu xususiyatlarning ta’siriga bog‘liq holda, ya’ni aniq faoliyat ko‘rinishlariga nisbatan qo‘yiladigan talablarda, taraqqiyot fazalarining geteroxronligi va betartib o‘zgarishida, me’yoriy inqirozlarning yuzaga kelishi va shaxs deformatsiyasida, shaxs va kasbiy taraqqiyotning aniq bir bosqichi hamda shakllarida, еtuklik davrida namoyon bo‘ladigan shaxsiy xususiyatlarning o‘ziga xosligida aks etadi. Mehnat sub’ektining shakllanishida faqatgina shaxsiy, psixologik (kognitiv, intellektual, emotsional va boshqalar) va kasbiy sifatlar, jarayonlar va xususiyatlar ahamiyatga molik emas, balki ijtimoiy moslashishning samaradorligini oshirish hamda hayot va faoliyatda o‘zini o‘zi namoyon qilishni ta’minlash uchun shaxs va kasbiy faoliyatning o‘zaro ta’sirini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Biroq, “mutaxassis shaxsining еtukligi” va “kasbiy еtuklik” tushunchalari adabiyotlarda va psixologik amaliyotda qo‘llanilganda ular orasida ayrim tafovutlar uchraydi.
Nazorat savollari.
1.Kasbiy kompetentlikning mohiyatini tushuntiring?.
2.Kasbiy kompetentlilikni shakllantirishni tushuntiring?.
3.O’qituvchining akmeogrammasini tushuntiring?
4.Pedagogning psixologik-akmeologik kompetentliligini tushuntiring?
5.Pedagogning umumiy kasbiy komponenti turlari tushuntiring?
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT - E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |