Milt etib chiqdi quyosh Dedi:-Do`stlar, qish odosh. Ko`rsak yo`q qora bulut.
Yer yuzi ko`k gilam-o`t.
Shukur Sa’dulla bahorni yaratuvchi, insonlarga estetik zavq va mehnat in’om etgan fasl deb ta’riflagach, ko`rkam yoz fasli bilan bolalarni tanishtirishga o`tadi. Yoz kelishi bilan xursand bo`lgan bolalarning sevinchini shoir shunday ifoda etadi:
Keldi ko`klam kabi soz, Bizlar sevgan issiq yoz.
Shoir Vatanimizning boyligiga boylik qo`shgan, mehnatkashlar dasturxonini bezovchi noz-ne’matlarni vujudga keltirgan, “to`qson xil mevalarni pishirib”, “yangi dunyolar ochgan” kishilarni zo`r muhabbat bilan ajoyib misralarda ulug`laydi:
Ekin o`sdi yerlarda, Bug’doy pishdi qirlarda... Poliz to`la bodring, Bog’bon, tez uzib bering!
-Sabr qiling siz andek, So`yib beray handalak.
Shukur Sa’dulla yoz faslini ulug`lash bilan kuzning ham o`ziga xos fazilatlariga to`lalagigini tabiatning oltin davri deb ta’riflaydi, kuz faslining o`ziga xosligini obrazli tasvirlar orqali ochadi:
Quyosh tushar taptidan, Qo`rqib qishning aftidan. Sarg’ayadi ko`katlar, Barg to`kadi daraxtlar.
Hosil yig’ib olinar, Qishga zamin solinar.
Shoir qish faslining ham o`ziga xos chiroyli gashti borligini, kishilarda zavq-shavq uyg`otishini lirik bo`yoqlarda ko`rsatadi:
Dala-tishda tindi ish, Keldi mehmon bo`lib qish. Qish emas, u – qarbobo, Sovg’alari bor bobo...
Xuddi yozday, bahorday- Iliq, kuzgi nahorlay..
Qor yog’ar, kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Shukur Sa’dulla ikkinchi jahon urushi davrida yanada barakali ijod etdi. “Sen nima qilding?”, “Ona va bola”, “Shohista” to`plamlarini nashr ettirdi. Bu davr shoir she’riyatida bolalar kutgan voqealar o`z aksini topganini ko`ramiz. Mavzu rang-barangligi shoirning fikrlash doirasi kengligidan, bolalarni jon-dilidan sevishidan, ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbatidan dalolat berib turibdi. Buni “Sen nima qilding?”, “Bizning qahramon”, “Otliqlar”, “Mehmon qiz”, “Uning hikoyasi”, “Razvetkachi Kolya Kulikov”, “Shohista” kabi asarlari misolida ochiq-oydin ko`rishimiz mumkin.
Bu she’rlar ichida “Shohista” asari alohida ajralib turadi:
Ko`k chirog’i oy so`ndi, Barglarga shabnam qo`ndi. Tong oqarar ohista,
Turar sakrab Shohista,- misralarida shoir Shohista ismli jajji qizchaning mehnatga muhabbati, g’ayrati, bog’idagi uzumlarni qanchalik mehr qo`yib parvarishlashi bilan birga, uning frontda odamxo`r yovlarga qarshi kurash olib borayotgan otasiga bo`lgan mehr-muhabbatini badiiy bo`yoqlar bilan ifodalab beradi. Shohista asaldek tovlanib pishgan uzumdan dadasiga sovg’a hozirlaydi:
So`ngra pochtaga bordi, Dadasiga yubordi.
Dadasi botir jangchi, Shohistaning quvonchi.
Shukur Sa’dulla “Egizak”, “Sen menga do`st, men senga do`st”, “Ulug` shahar” (turkum), “Hovlimizning bolalari” kabi qator she’rlarida do`stlik g’oyalarini ilgari suradi.
Sh.Sa’dulla “Tulki va Qozlar”, “Lola va mushuk”, “Jo`jalar”, “Bola va Turg’un”, “Yomg’ir yog’aloq” kabi she’rlarida bolalar hayotidan xarakterli voqealar asosida yosh kitobxonni parranda, hasharot va hayvonlar dunyosi bilan tanishtiradi. Shoir har bir narsa va predmetning o`ziga xos xususiyatlarini bolalar uchun sodda va qiziqarli qilib tasvirlaydi.
Bu jihatdan qaraydigan bo`lsak “Ninachi” she’ri muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Bog’da uchar ninachi,
Gulni quchar ninachi.
Shisha kabi ko`zi bor. Yum-yumaloq yuzi bor. Yozganda ikki qanot Xuddi ko`kda samolyot.
Shoir bolalar tarbiyasiga oid yana turli mavzularda she’rlar yozgan. Bu she’rlarda u bolalar tabiati ko`tarmaydigan quruq nasihatgo`ylikdan qochadi. Inson tabiatiga xos bo`lgan chinakam his va axloq qoidalarini bola hayotidagi oddiy voqealar asosida tashviq qiladi. “Kim yaxshi?” she’rida oilaning kenjatoyi Dildor oiladagi hamma kishilarga bir xilda munosabatda bo`ladi. Dadasini ham ayasini ham, buvisini ham, akasini ham bir xilda yaxshi ko`radi. Birortasini birov yomonlasa yig’lab yuboradi. Bu she’ri bilan shoir boladagi oilaga bo`lgan ilk muhabbatni va boladagi gumanistik hislarni tarbiyalaydi.
Shoir bolalar o`yinchoqlari va ularning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini ham to`g`ri tasavvur qiladi. Bolaning “o`zi yog’och, yoli qil” toychoqqa minib zavqlanishini ham, qizchalarning “Bolalarga ovunchoq” quyon qo`g’irchoqqa bo`lgan mehrini ham, ularning “Boshchasida shoxi bor, dumchasida oqi bor” echki bola bilan inoqligi va u bilan o`ynashishini ham maroqli tasvirlaydi. Bu tasvirda bola xarakteri va xususiyati ochiladi. Shu bilan birga shoir bolalarni o`yinchoqlarga to`g`ri munosabatda bo`lishga, ularni sindirmasdan, buzmasdan asrashga chaqiradi. Bu tarbiyaviy chaqiriqning o`yinchoq tilidan bayon qilinishi esa she’rning ta’sir kuchini yana oshirgan:
Buksangiz qayrilaman, Oyoqdan ayrilaman.
Mayli o`ynang erta-kech, Lekin ozor bermang hech.
Shukur Sa’dulla bolalarning o`yin mashg’ulotlari haqida ham ko`pgina chiroyli, ta’sirchan she’rlar yozgan. Bolalar o`yini bilan bog’langan she’r bolalar uchun qimmatli asardir. Bu yerda shu narsani ham ta’kidlab aytish kerakki, o`yinlar bola uchun jiddiy ishdir. “Tulki va g’ozlar” she’rida birlari tulki, qolganlari g’oz bo`lib tulkiga tutqich bermay uning ustidan kulib qochsalar, “Mehmondorchilik” she’rida qizchalar “G’ivirlashib hovlida” tut terib shinni pishiradilar va qo`g’irchoqlarni ziyofat qiladilar. Qo`g’irchoqlar ziyofatga qaramagach tovuq va mushukni taklif qiladilar. Ular hamma yoqni to`zitib, to`kib ketadilar. Shu bilan “mehmondorchilik odosh” bo`ladi. Bu she’rlarda shoirning izlanishi, bolalarga ma’qul o`yinlar topishi va uni bolaga moslab berishga intilishi ko`rinib turibdi. Shu bilan birga bu she’rlarning yana bir muvaffaqiyati shundaki, u umumiylikdan, quruq ritorikadan uzoq bo`lgan syujetli va voqeaband she’rlardir. Ma’lumki, voqeabandlik ayniqsa, bolalar asari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday she’r bolani zeriktirmaydi. U xuddi hikoya yoki ertak kabi bola ongiga, xotirasiga oson singadi.
Shoir ijodida yumoristik she’rlar ham bir talay: “Shalabbo”, “Aniqov”, “Injiq”, “Ivirsiq”, “Bizning oyi” kabi asarlarida shoir dangasa, o`z ustida ko`p ishlamaydigan, o`qish, izlanishni yoqtirmaydigan, injiq, ivirsiq bolalar ustidan qattiq kuladi.
Daftari ochiq-sochiq Qolgan vazifa chala.
Soat yurar: chiq-chiq-chiq, Echilmagan masala.
“Ivirsiq”da shoir o`yinqaroq, kun bo`yi koptok o`ynab, uyga berilgan vazifani bajarish, o`z vaqtida uyqudan turish o`rniga qotib uxlab darsdan kech qolgan Siddiq ismli bolaning maktab o`quvchilariga xos bo`lmagan qiliqlarini fosh qiladi:
Yana jaranglab soat, To`qqizga zang uradi. “Ivirsiqjon” betoqat – Endi shoshib turadi.
Shukur Sa’dulla xalq og’zaki ijodini sevgan va undan ijodiy foydalangan shoirlardan biri edi. U “Yoriltosh”, “No`xatpolvon”, “Laqma it”, “Ayyor chumchuq”, “Chol bilan bo`ri” kabi o`nlab asarlarini ertaklar asosida yaratdi. Xalq ertaklarini jo`ngina she’rga solib qo`ya qolmadi. Bolki unga ijodiy yondashdi. Davrimizga, bolalarning istak-armonlariga moslashtirdi.
Shukur Sa’dullaning “Komandirning boshidan kechirganlari”, “Kachal polvon”, “Aziz qishlog’im”, “Ism qo`yilmagan xat” qissalari o`zbek bolalar nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |