Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида



Download 260,9 Kb.
bet40/64
Sana29.04.2022
Hajmi260,9 Kb.
#589797
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Bog'liq
Fj6TLfgjpWfMcGKR628

Go`yo qanot yozganim, -
kabi misralarda bayon qiladi.
Hamza xuddi shu darslikdan o`rin olgan “To`g`ri so`zla” she’rida har qanday holatda ham, hatto boshingga qilich kelganda ham to`g`ri so`z bo`l, deb o`z o`quvchisini, yosh kitobxonni to`g`ri so`z bo`lishga undaydi:
To`g`ri so`zla ey o`g`ul,
Til burmagil yolg`onga hech. Bir masal bor: to`g`ri so`zlar Boshini kesmas qilich.
Hamzaning “Yengil adabiyot”ga kiritgan she’rlaridagi bosh qahramonlarning belgili xususiyatlaridan biri – to`g`ri so`zlik. Shoir bolalarni to`g`ri va rostgo`y bo`lishga, zararli va foydasiz ishlardan
qochib ijobiy ishlar bilan shug`ullanishga, kishilarning yaxshi sifatlaridan ibrat olishga chaqiradi. “To`g`ri so`z bola”da bu fikr yanada jonli chiqqanini ko`ramiz. Hamza bu she’rida barcha narsa pul va boylik bilan o`lchangan jamiyatda hamma narsadan ko`ra haqiqatni ustun qo`ygan bola obrazini yaratadi.
Bir bola o`qishdan qaytayotganida ikki kishi uning oldini to`sib, biri dedi: “Tanga berurman senga, so`zla bir ozgina yolg`on menga”.
Shunda bola unga juda donolik bilan javob beradi:
So`zlang, aka, qomatingizga qarab, Bu so`zingiz aslida yolg`on erur, Tangaga yolg`onni kim olgan erur. Sizda ko`p erkan o`zi yolg`on aka, Siz ani avval sotib aylang ado.
Qolsa kamib, yetmay agar sizdanam, O`rtog’ingizda ko`p erur bizdanam. Ofarin aytdilar aning so`ziga Tangani holis berubon o`ziga.
O`issa: kimki to`g`ri so`zi har qachon, Teguzadur doimiy bo`yla hison.
Hamza bu she’rida bolalarni yoshligidanoq rostgo`ylik ruhida tarbiyalash lozimligini uqtiradi, ularni yolg`onchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga chaqiradi.
Shu kitobda “Qimorning boshi” degan bir she’r bor. Bu asarda Hoshimjon degan bolaning ayanchli qismatidan to`g`ri xulosa chiqarishga chaqiradi. Hoshimning “To`ptosh”, “Juftmi-toq” degan o`yinlarni o`ynashdan asta-sekin qimor o`ynashga o`rganganini, bora- bora qimorga mukkasidan ketib, oxirida bor-yo`g`ini boy berganini, nihoyat uning go`loxlikka tushib, xorlikda o`lib ketganini ifoda etadi.
“O`qish kitobi” Hamzaning ikkinchi darsligidir. Unda to`qqizga dars bo`lib, ularning har biri axloqiy masalaga bag`ishlangan. Barcha hikoyalarning qahramoni ijobiy fazilatlarni o`zida mujassamlantirgan maktab o`quvchisidir. “Bir aqlli maktab bolasining o`z-o`zicha domlasining qilgan tarbiyalari yodiga tushib, fikrlanib, degan so`zlari” sarlavhali ikkinchi darsda bolaning nutq-ta’rifi vositasida ustoz obrazi
chiziladi. Hamza o`zi orzu qilgan o`qituvchini bola tilidan bunday ta’riflaydi:
O`ylasak, bizning erurlar chin otamiz shul kishi, Chunki bizga bilmaganni bildirur ustodimiz...
Ota birla onamizdan yaxshiroq shafqat qilib, Bizdagi har kamchilikni ko`rsatur ustodimiz... Asta-asta bizda bo`lgan har yomon, shum fe’lni, Har kuni aylab nasihat yo`qotur ustodimiz.
Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga Hamza alohida ahamiyat beradi. Odamlarga mehru muhabbat qo`yish, kishilarning qadr-qimmatiga yetish, ularni hurmat qilib, izzat-ikrom bilan muomala qilish Hamzaning fikricha, yoshlardagi insonparvarlikning asosidir. Yoshlarni bunday ruhda tarbiyalash dastavval, bolalarning eng yaqin kishilariga ayniqsa, ota-onasiga nisbatan muhabbat tuyg`ularini rivojlantirishdan boshlanishi kerak. Shoir ota-onani hurmat qilishni bolaning eng yuksak insoniy fazilatlaridan biri deb hisoblaydi. “Ul aqllik bola otasini ham qilgan tarbiya va shafqatlarini yod etib degan so`zi” sarlavhali uchinchi va “Ul aqllik bolaning mushfiqa enasi uchinda qilgan tashakkurlari” nomli to`rtinchi darslarida ota-onalar qiyofasi chiziladi.
Hamza kitobda otaning lirik obrazini chizarkan, uning amri xalq amridan ham kuchli, deb ta’riflaydi. Onani esa «Otamizdan ham muqaddas onamiz» tarzida ulug`laydi. Ayni choqda, ota-onaning bola tarbiyasi uchun mas’ul ekanligi ta’kidlanadi.
“O`qish kitobi”dagi bir necha she’rlar o`qish, ilm, maktab hamda kitobning ta’rifiga bag`ishlanadi. Jumladan, «O`qi» she’rida shoir o`qish natijasida kambag’al-bechoralarning asoratdan qutulib, madaniyat va san’atdan bahramand bo`lishi turgan gap, deb uqtiradi. O`qishning qadrini muallif o`qituvchi – ustozlar tilidan shunday ta’riflaydi:

Download 260,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish