Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида



Download 260,9 Kb.
bet38/64
Sana29.04.2022
Hajmi260,9 Kb.
#589797
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Bog'liq
Fj6TLfgjpWfMcGKR628

Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar olmosdan bo`lur o`tkir. Fikrning oynasi o`lursa zang,
Ruh ravshan, zamir bo`lur benur.
Ha, bu ulug` pedagog Abdulla Avloniyning dil so`zlari. Bunday buyuklarning el-yurtga xizmati singan mo`’tabar kishilarning nomlari mangulikka dahldor bo`ladi. Asrlar osha bunday odamlarning xizmatlari ko`z-ko`z qilinaveradi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham ta’lim-tarbiya haqidagi ma`ruzasida albatta, Abdulla Avloniy haqida to`xtaladi. Uning ibratomuz so`zi va ishini misol qilib aytadi, - men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat, falokat masalasidir” degan fikrini ko`p mushohada qilaman”, - deb bu aziz ustozning bosib o`tgan hayot yo`lini yoshlarga ibrat qilib ko`rsatadi.
Ana shu mo`’tabar inson o`zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878- yilda Toshkent shahrida to`quvchi oilasida dunyoga keldi.
Abdulla Avloniy boshlang`ich diniy maktabda va madrasada o`qidi, ilm-fanga ixlos qo`ydi. O`zbek va boshqa sharq xalqlari adabiyotini berilib o`rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o`sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turadi.
Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o`zining birdan-bir burchi deb bildi va 1904- yilda o`zi yashab turgan joyda - Mirobodda maktab ochdi.
Abdulla Avloniy maktab har tomonlama bolani o`ziga tortishi uchun harakat qiladi. Uning qo`lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv taxtasi, parta yasab, barcha o`quv jihozlarini o`zgartiradi. Bu yerda o`qiydigan bolalarning asosiy ko`pchiligini kambag’allarning bolalari tashkil etganligi sababli muallim boy- badavlat do`stlarining ko`magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi. Bu bilan bolalarga kiyim – bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam bepul berilishini ta’minlaydi.
Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o`quvchilarning soni ko`paya boradi.
Abdulla Avloniy o`zi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga qaratib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand etishga harakat qildi. U bolalarga jo`g’rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan ma’lumotlar berdi.
1907- yilda “Shuhrat” deb nomlangan ro`znoma tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ’ib etdi. Jumladan, ro`znomaning birinchi sonida: “Matbuot har insonga o`z holini ko`rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong`u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g`oyalarini yoyuvchidir”, deb yozgan edi.
Abdulla Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” deb nomlangan to`rt qismdan iborat bo`lgan darsligida yoshlarni maorif madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi.
O`sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” – “Alifbo”, “Ikkinchi muallim” - “O`qish” kitoblari katta rol o`ynaydi.
Bu kitoblarda Avloniy o`tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ilm va ma’rifatning ahamiyatini yangicha talqin etdi.
“Birinchi muallim”da Avloniy dastavval 32 harfni yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so`z boshida, o`rtasida va oxirida yozilishini ko`rsatgan, so`ng alifni barcha “bosh harflar”ga qo`shib, bo`g`inlar hosil qilgan.
“Ikkinchi muallim”da axloq, odobga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalangan.
Kitob “Maktab” she’ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o`qisa, savodxon bo`lsa, juda ko`p narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi:
Maktab duru gavhar sochar, Maktab sizga jannat ochar, Maktab jaholatdan qochar,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon! Maktab sizni inson qilur, Maktab hayo ehson qilur, Maktab g`ami vayron qilur, G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!..
Darslikda ko`plab ibratomuz she’r, hikoya va ertaklar berilgan.
Abdulla Avloniy 1904 -yildan umrining oxiriga qadar o`qituvchi bo`lib ishlaydi. U o`nlab she’rlar, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yohud axloq” kabi darsliklari bilan o`zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo`ygan edi. Uzoq yillar qayta-qayta nashr etilgan “Turkiy guliston yoxud axloq” Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo`ston”, Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Donishning “Farzandlarga vasiyat” tipidagi o`ziga xos tarbiyaviy asardir. Unda Abdulla Avloniy o`zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asarning so`z boshisida muallif bu haqda shunday yozadi: “Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug` adabiyot muhiblari – axloq xavaskorlarining e’tiborlariga taqdim qildim”.
Darslikdagi har bir bo`lim ta’lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag`ishlangan bo`lib, ularning biri ikkinchisini to`ldiradi, takomillashtiradi. Har bir bo`limda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, she’riy parchalar yoki hikmatli so`zlarda qissadan hissa chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq og`zaki ijodidan keng foydalangan.
Abdulla Avloniyning “Bahor keldi”, “Bulbul”, “Bola ila gul”, “Yolg`onchi cho`pon”, “Tulki ila qarg`a” kabi juda ko`p she’rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga bag`ishlangan.
“Maktab bolasi” she’ri boshlang’ich sinf o`quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o`qishga muhabbat uyg’onishi umumiy yo`sinda bayon etiladi:
Yo`lga soldi til ila yo`ldoshin, Maktabga moyil ayladi boshin. Soldi o`rtog’ining so`zina quloq,
Bosdi ul ham o`quv yo`lina oyoq. Ikkisi birga bo`ldilar mullo, Chiqdi xatu savod ham imlo.
Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan, “Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga” g’oyasini ilgari suradi.
Abdulla Avloniy o`zbek adabiyotida drama janrining rivojlanishiga ham katta hissa qo`shdi. Uning “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va siz” pyesalari adabiyotimiz tarixida o`chmas iz qoldirdi.
Abdulla Avloniy 1934 -yilda vafot etgan. U ma’rifatchi, shoir, dramaturg, jurnalist, rejissyor, tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallim sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoladi.

Download 260,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish