Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning


Muammoning o’rganilganlik darajasi



Download 0,51 Mb.
bet6/44
Sana06.09.2021
Hajmi0,51 Mb.
#166953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
imkoniyati cheklangan osmirlarni ijtimoiy xayotga tayyorlashning pedagogik asoslari (3)

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Zamonaviy surdopedagogika sohasidagi qator yutuqlar so’nggi yillarda E.I.Leongard, E.G.Samsonova (1991), N.D.Shmatko, T.V.Pelimskaya (2003), I.V.Koroleva, V.I.Pudov, O.V.Zontova (2001), A.D.Salaxova, N.V.Kochegarova (2001), V.N.Svodina (1998) kabi yetuk olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari bilan bog’liq. Ularning tibbiyot hamda pedagogika sohasidagi yutuqlardan keng foydalangan holda olib borgan izlanishlari eshitishida muammosi bo’lgan o’smirlar rabilitastiyasi darajasining yuqorilashuviga, eshitish va nutq muammosining erta korrekstiya qilinishi orqali erta ijtimoiy moslashuviga samarali ta’sir ko’rsatmoqda. Eshitishida nuqsoni bo’lgan o’smirlarni ta’lim-tarbiyasi muammolarini tadqiq qilish L.S.Vigotskiy, R.M.Boskis, K.G.Korovin, V.A.Sinyak, A.G.Basova, S.F.Egorov, A.G.Zikeev, S.A.Zikov, A.I.Dyachkov, E.V.Mironova, N.G.Morozova, B.D.Korsunskaya, E.I.Leongard, M.K.Sheremet, N.D.Shmatko, L.A.Golovchist kabi rus olimlarining diqqat markazida bo’lib keldi.

Maktabgacha davr eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir, zero korreksion-pedagogik tadbirlarning barvaqt boshlanishi uning o’sishidagi nosozliklarini oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol, mustaqil fikrlovchi, bilimli shaxsni tarbiyalashga yordam beradi. (L.A.Golovchis). Psixolog va surdopedagog olimlar L.S.Vigotskiy, I.M.Solovyov, N.A,Rau, U.Fayzieva, F.Alimxodjaeva, F.Qodirova, I.Kislisinalar eshitmaydigan bolalarni ijtimoiy tarbiyalash tizimida dastlabki nuqta deb maktabgacha tarbiyani e'tirof etadilar.



Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari va istiqbollarini o’rganish didaktikaning vazifasiga kiradi. Shu asosda ta’limning maqsadi, mazmuni, printsiplari, metodlari, tashkiliy shakllari va vositalari ishlab chiqiladi. Surdopedagogika fani didaktik masalalarni ishlab chiqishda, masalan ahloqiy tarbiya masalalarini o’rganishda, estetik tarbiyaning maqsadi, yo’llari va usullarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika ahloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning ahloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda ahloqiy g’oyalar rolini tushunishini chuqurlashtiradi. Estetika insonnig voqelikka, san’atga estetik munosabatlari rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo’lib hizmat qiladi. (P.Yusupova) Fiziologiya maktabgacha surdopedagogika faninig tabiiy-ilmiy bazasi bo’lib, insonni biologik evolyutsiya maxsuli sifatida o’rganadi, inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv tizimining tipologik xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish tizimlari, ichki sekretsiya bezlari va shu singarilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Shuningdek, fiziologiya fanining ma’lumotlari, insonning oliy nerv tizimi haqidagi ta’limoti, shartli refleks aloqalarning shakllanishi, turli analizatorlarning faoliyati va bolaning psixik rivojlanishidagi tutgan o’rni to’g’risidagi ma’lumotlar surdopedagogika fanining tabiiy-ilmiy psixofiziologik negizi bo’lib hizmat qiladi. (I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, A.R.Luriya va boshqalar). I.P.Pavlov tomonidan shartli reflekslarning paydo bo’lishi va tormozlanishi, analizatorlar fiziologiyasi, asab faoliyatining turlari tadqiq etilgan. Bosh miya katta yarim sharlari qobig’ida qo’zg’olish va tormozlanish vaqtida hosil bo’lgan shartli reflekslar bola hayotining kun tartibini tashkil etishga yordam beradi. So’zlarni idrok etish va ifodalash bilan bog’liq bo’lgan, bosh miyada kinesteziya va eshituv qo’zg’atishlar ta’sirida paydo bo’lgan murakkab izlar tizimi, tilni o’rganishning fiziologik negizini tashkil etadi. I.P.Pavlov nutq a’zolarining harakati jarayonida hosil bo’lgan kinestetik qo’zg’olishlarni ikkinchi signal tizimining asosiy negizi deb e’tirof etadi. Kar va zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutqini o’stirishni ikkinchi signal tizimining murakkab shartli bog’lanishlarinin shakllantirish sifatida ko’rish mumkin. Ilk va maktabgacha davrida bola organizmining barcha funktsiyalari va organlarining o’sishi paytida, rivojlanishidagi xususiyatlarning o’rganilishi, kar va zaif eshituvchi bolalarning rivojlanishidagi nosozliklarni aniqlash hamda korrektsion ta’lim -tarbiyani samarali tashkil etish uchun imkon yaratadi. Maktabgacha surdopedagogika umumiy, maktabgacha va maxsus psixologiya bilan bevosita imkonini beradi. (L.V.Neyman, Yu.B.Preobrajenskiy, D.I.Tarasov va boshqalar). Maktabgacha surdopedagogika tibbiyot fanlari bilan ham bevosita bog’liqdir. Tibbiy ma’lumotlar birlamchi buzilish darajasini ob’ektiv baholash, eshituvning pasayishini boshqa psixik jarayonlari, xususan nutq va kommunikatsiya jarayonlariga bo’lgan ta’sirini aniqlashga yordam beradi. Tibbiy tekshiruv ma’lumotlari korrektsion-tarbiyaviy ishni qulay metodlarni tanlagan holda differentsial tashkil etishda muhim ahammiyat kasb etadi.

Yuqoridagi dolzarb muammolardan kelib chiqqan holda ularni amalga oshirishni o’ziga xos tomonlarini o’rganish va hayotga tadbiq etish orqali dissertatsiya mavzusini “Imkoniyati cheklangan o’smirlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik asoslari” deb nomladik.




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish