Estetika
«Estetika» atamasi yunoncha «estezis» ya’ni hissiyot, sezish, hayajon, qo’zg’olish ma’nolariga ega bo’lgan so’zdan olingan. (Bu tor tushuncha).
Aslini olganda estetika fani bir tomondan insonning atrof muhit, voqelikka, go’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi.
Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g’oviy, siyosiy-ma’naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi.
Shunday qilib, estetika fani voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg’u, sezgini idrok qilish vositalari orqali o’rganadigan fandir.
Estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o’zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini o’rganadi. Borliqni estetik o’zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shuning uchun estetika fani san’atning ilmiy-uslubiy metodlarini zamini boy xizmat qiladi.
Estetika faning o’ziga xos xusiyati shundan iboratki, bu fan inson tevarak atrofidagi moddiy vg ma’naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi go’zallik olamini san’at barcha turlari vositasida chuqur o’rganishlariga da’vat etadi. San’at esa estetik boyliklarni yaratish manbaidir.
Estetika fani – badiiy ongning vujudga kelishini va uning ziddiyatli rivojlanishini, shuningdek, inson estetika faoliyatining oliy shakli – san’atning mohiyatini ochib beradi. Estetika fani predmeti, uning muammolari va vazifalari o’zgarib boradi. Buninrg sababi ijtimoiy ziddiyatlarning mavjudligi, san’at, fan, falsafaning rivojlanishi, texnikaning taraqqiyoti va boshqalar ta’sir qildi. Bundan tashqari san’atning yangi tur va janrlarining vujudga kelishi, eskilarning o’zgarishi, kishilarning sub’yektiv qobiliyatlari, estetik kechinmalari, didlari va ideallarining doimo o’zgarib turishi estetika predmetining o’zgarib turishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Estetika so’zi dastlab fanning nomi sifatida 1775 yilda nemis filosofi A. Baumgartin tomonidan «Poetik asarning ba’zi bir masalalari to’g’risida falsafiy mulohazalar» degan asarida ishlatilgan. Bir oz Baumgertenni estetika fa nining asoschisi deb hisoblash noto’g’ri bo’lar edi, chunki estetika nazariyalari antik davrdayoq paydo bo’lgan edi. Keyinroq estetik fikr o’rta asrlarda Renessans davrida kengroq tarqaldi, rivojlandi. XVIII asrga kelib estetika falsafiy xarakterdagi mustaqil fan sifatida ish ko’rdi.
Nemis filosoflari I.Kant, V. Gegelь estetika faniga «Estetik» degan tushunchani kiritdilar. Bu yangi tushuncha estetika fanini konkretlashtirdi va chuqurlashtirdi. Shundan buyon hamma estetik tushunchalar, masalan, «g°zal», «chiroyli», «olijanob», «fojiali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did» va boshqalar «estetik» degan umumiy asosga ega b°ldilar. Bularning har biri o’z navbatida estetik kategoriyalar sifatida namoyon b°ldi.
«Estetik» kategoriyayalarning asoslanishi estetikadagi muhim kashfiyotlardan biri bo’ldi. Bu kategoriya fan sohasini ancha kengaytirdi, uni voqelikdagi estetik hodisalar bilan bog’ladilar, uning vazifa va maqsadlarini kionkretlashtirdi. XVIII – XIX asrga kelib Belinskiy, Chernishevskiy estetika fa nini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Estetika fanining predmeti olamni «go’zallik qonunlari asosida» shakllantiruvchi inson mehnatini o’z ichiga oladi.
Lekin inson olamini «go’zallik qonunlari asosida» shakllantirishdan, o’zgartirishdan oldin, u mehnat qurollarini yaratish lozim edi, Mehnat µurollari tufayligina odam tabiatni «go’zallik qonunlari» asosida o’zgartira boradi. Bundan tashqari inson tabiatni go’zallik qonunlari asosida o’zgartirishi uchun faol harakat qilishi ham lozim.
Biz tabaiat ob’yektlarini «go’zallik qonunlari asosida» o’zgartirishda quyidagi uch jarayon protsessini ko’ramiz.
1). Inson tomonidan mehnat qurollarini tayyorlash jarayoni;
2). Mehnat qurollarining inson a’zolari bilan qo’shilib ketish jarayoni (bu jarayon inson tafakkuri ishining ham o’z ichiga oladi);
3). Mehnat qurollarining san’at asoslari yaratish maqsadida tabiatgba ta’sir qilish jarayoni;
San’at asarlari paydo bo’lishi bilan yangi jarayon – san’at asarlarini «iste’mol» qiluvchilarga ta’sir qilish jarayoni boshlanadi, bu jarayon san’at asarini yaratgan san’atkorning o’zini ham ichiga oladi. San’at asarlarining insonga ta’sir qilish jarayoni – estetikaning tekshirish ob’yektidir.
San’at asarlarining «iste’molchilar»ga ta’siri jarayonida kishilarda estetik tuyg’u, estetik extiyoj, estetik did shakllanadi va natijada estetik ideal vujudga keladi. Bu ideal esa san’at asarini yaratishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |