Namangan davlat universiteti madaniyatshunoslik



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/142
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#783891
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142
Bog'liq
Мажмуа таргибот 3-курс

Nazorat savollari 
1.
Notiqlar deb kimlarga aytiladi? 
2.
Notiqlikning qanday ko‘rinishlari bor? 
3.
Voiz deb kimga aytiladi? 
4.
Notiqlikning voizlikdan qanday farqi bor? 
5.
Targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borishd notiqning o`rni qanday? 
 
8-mavzu: Targ’ibot-tashviqot ishlarining asosiy vosita shakl va usullari 
Reja: 
1.Targ‘ibot-tashviqot jarayonining asosiy vosita va omillari.
2.Targ‘ibot-tashviqot jarayonida ma'lumotning nima vositasida uzatilishi masalasi. 
3.Targ‘ibot-tashviqotni tashkil etishdagi tashkiliy tamoyillar va noan'anaviy usullaridan 
foydalanish. Targ‘ibot-tashviqot ishlarida tarbiyaviy tamoyil va usullar
4.Targ‘ibot-tashviqotda ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy ishlar ta'sirchanligini oshirish. 
5. Targ‘ibot-tashviqot ishlarida yangi texnologiyalardan foydalanish va auditoriyani turkumlarga 
ajratish. 
Tayanch so`zlar 
Tashviqot, targ`ibot, ma`ruza, mafkura, g`oyaviylik, san`at, voi zl ik s an`at i , t arg`i bot , 
t as hvi qot ning t a`s i rchanl i gi , targ`ibotchining vazifasi, milliy mafkura, milliy g`oya, 
nazariya.
 
 
Targ`ibot
(lotincha propoganda-tarqatiladigan) siyosiy, ilmiy, falsafiy, ba`diiy va boshqa 
qarashlar hamda g`oyalarni ijtimoiy ongda joriy etish, ommaviy faoliyatini faollashtirish 
maqsadida ularni tarqatishga aytiladi. Targ`ibot-tashviqot bir-biri bilan yaqindan bog`liq bo`lib, 
muayan guruxlar manfaatini ifodalaydi. Targ`ibot qilish g`oyalar, qarashlar, nazariyalarni 
og`zaki, matbuot, radio, televideniye, internet yoki boshqa vositalar yordamida yoyish demakdir.
Tashviqot
(agitatsiya) tushunchasi ham lotincha so`z bo`lib, keng xalq ommasiga siyosiy 
ta`sir ko`rsatishni bildiradi. Tashviqot deganda keng xalq ommasiga siyosiy ta`sir ko`rsatish 
orqali safarbar etish maqsadida axoli o`rtasida og`zaki yoki yozma ravishda olib boriladigan 
ommaviy, siyosiy ish, faoliyat tushuniladi. Qisqasi, tashviqot deganda, biz ommani xayojonga 
solish uni o`z orqamizdan ergashtirish uchun ularning hissiyotiga ta’sir etsh san`atini 
tushunamiz.
Keng ma`noda olganda, targ`ibot tushunchasi faoliyatning aloxida turini anglatadiki, 
ma`lum qarashlar, tasavvurlar va emotsional xolatlarni vujudga keltirib, ular orqali kishilarning 
xulq atvoriga ta`sir etish maqadida bilimlar g`oyalar, badiy boyliklar va boshqa xil axborotlarni 
etkazish hisoblanadi. Fan, mafkura, san`atdan farqli o`laroq, targ`ibotning asosiy vazifasi yangi 
ma`naviy boyliklarni yaratishdan iborat bo`lmasdan, balki ularni yoyish, joriy etishdan iboratdir. 
Fan soxasida, olamni badiy o`zgartirishda kashf qilingan jamiki narsalar targ`ibotchi-
tashviqotchi tomonidan idrok qilinadi, targ`ibot yordamida konkret shaxs bilan bog`liq yangi 
ma`lumotlar tarqatiladi. Targ`ibotning maqsadi faqat ma`naviy-ma`rifiy, madaniy, ijtimoiy-
siyosiy, g`oyaviy-tarbiyaviy jarayon bilan bog`liq ma`lumotlarni shunchaki kishilar ongiga 
etkazishdangina iborat bo`lmasdan, balki ularni konkret vaziyatni, auditoriya xususiyatlarini, bu 
ish kechayotgan sharoitni xisobga olgan xolda ijodiy tarzda qayta ishlashni ham nazarda tutiladi. 
Biroq, targ`ibotchining ishi bilan tashviqotchining vazifasi bir biridan farq qiladi. 
Targ`ibotchining vazifasi ommaga ko`proq g`oyalarni tarqatish va ommaviylashtirishdan iborat 
bo`lib, shu qadar ko`p g`oyalar berishi kerakki, bu g`oyalar nisbatan unchalik ko`p bo`lmagan 
kishilar tomonidan o`zlashtirilib olinadi. Tashviqotchining zimmasidagi vazifa esa, ma`naviy-
ma`rifiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy, g`oyaviy-tarbiyaviy jarayon bilan bog`liq masalalar xaqida 
gapirganda tinglovchilarning har-biriga alohida ta`sit etish. Tinglovchilarning hammasiga, har 
biriga ma`lum bo`lgan eng muhum misollarni tanlab olishga bitta g`oyani singdirish uchun bor 
kuchini sarflashdan va masaladagi qarama-qarshilikni to`la tushuntirish ishini tashviqot qilishdan 
iborat. 


50 
Targ`ibot ishlari ko`pincha bosma matbuot, OAV orqali tashviqot ishlari esa og`zaki olib 
boriladi. Jonli so`z ya`ni og`zaki tashviqotni asosiy maqsadi — konkret, yorqin, oddiy va 
tushunarli misollar asosida kishilarning davlat siyosatining to`g`riligiga ishontirishdan, 
vakiligimizdagi faktlar va xodisalarning ijtimoiy shakllantirish masalasigi aloxida e`tibor berib 
kelinmoqda. Ma`lumki targ`ibot va tashviqotning xarakteri, mazmuni, metodlari, maqsad va 
vazifalarini belgilashda xal qiluvchi rol o`ynaydi. SHu bois ham targ`ibot-tashviqot ishlarining 
zamon talabiga, ruxiga mos, yangi bosqichga ko`tarishda yangicha noan`anaviy metodlardan 
foydalanish maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Targ‘ibot-tashviqot jarayonining asosiy vosita va omillari. 
1. So‘z g‘oyaviy ta'sir vositasi.
2. 
Ezgu fikr ta'sirchanligi. 
3. 
Ezgu g‘oya va e'tiqodni shakllantirish omillari. 
4. 
Ta'sir ko‘rsatuvchi shaxs - ta'lim beruvchi.
5. 
Gapirayotgan kishining yoqimtoyligi.
6. 
Axborotning mazmuni.
7. 
Ta'sir vositasi (aloqa tarmog‘i).
Targ‘ibot-tashviqot jarayonida ma'lumotning nima vositasida uzatilishi masalasi. 
1) Ijtimoiy reklama.
2) Auditoriya: auditoriya psixologik jihatdan 4 tur bilan farqlanadi:
a) Passiv o‘zlashtiruvchi auditoriya.
b) Faol, ijtimoiy jihatdan barkamol auditoriya.
v) «E'tiqodi sust» auditoriya.
g) «Muqim uy» auditoriyasi.
Targ‘ibot-tashviqotni tashkil etishdagi tashkiliy tamoyillar. 
1. Uzluksizlik (axborotni singdirib borishni sodda shaklda). 
2. Keng qamrovlilik (jamiyat barcha a'zolariga fikrlar xilma-xilligi asosida targibot kilish) 
3. Bosqichma-bosqichlilik (oila-bog‘cha-maktab-kollej, litsey, oliy o‘quv yurtlari asosida). 
4. Ketma-ketlik (har bir bosqich uchun insonga xizmat qiladigan qadriyatlar asosida) 
5. Faollik (ko‘proq interaktiv usullardan foydalanish). 
6. Ish bilan so‘z birligi (nazariya va amaliyot birligi). 
7. Shaxsiy ibrat (targ‘ibot qiluvchining o‘zi shaxsiy hayotda ibrat bo‘lishi). 
8. Hayotiylik (yutuqlar bilan birga kamchiliklarni ham ko‘rsatish). 
9. Ilg‘or targ‘ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish.
10. Me'yoriylik (balandparvoz, rasmiyatchilik, takrorlanishlarga ko‘p ham yo‘l qo‘ymaslik).
Targ‘ibot-tashvikot ishlarida tarbiyaviy tamoyil va usullar 
1) Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo‘ndalik.
2) Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.
3) Ongga ta'sir ko‘rsatishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
4) Ziyolilar mavqyeini oshirish, ularga e'tibor va imkoniyat yaratish.
5) Turli bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash.
6) Ommaviy-axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy 
materiallarni ko‘paytirish, doimiy «aks ta'sir» tamoyi-liga amal qilish.
7) Televidenie va radio zamonaviy ish usullari va shakllarini egallashi uchun rasmiy 
xabarlarnigina emas, balki xalqaro mezonlarga muvofiq matbuot sahifalarida va televidenieda 
chuqur tahliliy material-lar, jiddiy siyosiy, iqtisodiy, xalqaro sharhlar, bahs-munozaralar ko‘rini-
shida bo‘lishi lozim.
Targ‘ibot tashviqotda noan'anaviy quyidagi usullaridan foydalanish 
1) 
Aqliy hujum.
2) 
Bahs -munozara (debat). 
3) 
Guruhlarga bo‘linib ishlash.
4) 
Ijodiy ish.
5) 
Intervyu.


51 
6) 
Interfaol.
7) 
Yo‘naltirish.
8) 
Musobaqa-tanlov asosida.
9) 
Baholash va qiyoslash asosida.
Targ‘ibot tashviqotda ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy ishlar ta'sirchanligini oshirish, 
ommani buyuk maqsadlar yo‘lida safarbar etish, uyushtirish uchun asosiy e'tiborni quyidagilarga 
qaratishni taqozo etadi:
1) Ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy ishlarga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish va uning 
qamrovini kengaytirish;
2) Garchi achchiq bo‘lsada, haqiqatni aytishdan cho‘chimaslik.
3) Soxtakorlikdan qochish.
4) Hayotdagi qiyinchilik, muammolarni ochiq-oydin bayon etish.
5) Ommani ruhlantirish, ishonch-e'tiqodni mustahkamlash. 
6) Prezidentimiz atrofiga yanada mustahkamroq jipslashishga da'vat etish, ziyoli, ma'rifatchi, 
mafkura ishi bilan shug‘ullanuvchi barcha targ‘ibot-tashviqotchilarning birinchi darajali 
vazifasidir. 
7) Maqsadimiz ma'rifatli jamiyat barpo etishdan iborat, bu jamiyatda qonun ustuvorligi, qonun 
oldida hammaning mas'ulligi, adolat, Vatan, xalq manfaati ulug‘ sanalishini inobatga olish.
8) Birovning haqiga xiyonat qilmaslik, diyonatlilik, iymonlilik, halollik mezonini ulug‘lash.
9) Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot-tashvikot ishlarining shaklan va mazmunan turi:
- ma'ruza, suhbat va bahs-munozaralar, seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish, ommaviy axborot 
vositalarida chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
10) Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot-tashvikot ishlarining asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, 
ta'sirchan, tushunarli tarzda yetkazish uchun odamlar qalbiga yo‘l topa oladigan fidoyi inson
ziyolilarga tayanish.
Targ‘ibot-tashvikot ishlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash. 
Targ‘ibot-tashvikot ishlarida yangi texnologiyalarni qo‘llashda jahonning bir qator 
davlatlarida to‘plangan ilg‘or tajribalardan foydalanish mumkin. Xususan, jahonda keng 
tarqalgan 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish