Namangan davlat universiteti madaniyatshunoslik



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/142
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#783891
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   142
Bog'liq
Мажмуа таргибот 3-курс

Voizlik sanʼati
oʻtmishda katta ijtimoiy qudrat kasb etgan
hozirgi notiqlik sanʼati rivojida muhim rol oʻynagan.
Kaykovusning XI asr
Sharq pedagogikasi tarixida G‘oyat qimmatli asarlar qatorida 
turuvchi «Qobusnoma»sida ham notiqlik sharhlari uchun alohida bob ajratilganligi bu san’atga 
bo‘lgan, uning san’atkoriga bo‘lgan qiziqishning orta borganligini ko‘rsatadi. «Qobusnoma»ning
«Suxandonlik bilan baland martabaga ega bo‘lish haqida» deb nomlangan yettinchi bobida 
va hunarni egallashga bag‘ishlangan oltinchi bobida notiqlik sirlariga doir bildirilgan 
mulohazalar nafaqat o‘sha davrda, balki hozirda ham katta ahamiyatga ega. 
Kaykovus hamma hunarlar ichida so‘z hunari-notiqlikni a’lo deb biladi. U notiqlikni 
egallashning yo‘li, birinchidan, «tinimsiz mehnat, o‘rganishdir», deydi. 
Ikkinchidan, nutqing go‘zal bo‘lsin, - deydi. «So‘zning ikki tomoni bordir: biri go‘zal 
tomoni, ikkinchisi xunuk tomonidir. Xalq oldida gapiradigan so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni 
xalq qabul qilsin». 
Uchinchidan, har bir fikrni ifodalashda tinglovchi qalbiga to‘g‘ri yo‘l topa bilish, shaklga 
e’tibor berish masalasi. 
To‘rtinchidan, har bir so‘z to‘g‘ri va asosli bo‘lmog‘i lozimligini uqtiradi. 
Beshinchidan, har bir nutq ma’lum ilmiy asosga ega bo‘lsagina, ta’sirchan bo‘ladi. Ya’ni 
nutq qaratilgan predmetni yaxshi o‘rganib chiqish lozimligini ta’kidlab: «Bilmagan ilmdan 
gapirmagil. Bilmagan ilm ma’rifatni bilaman deb, da’vo qilsang hech narsa hosil bo‘lmaydi va 
behuda zahmat chekasan», - deydi. Nutqni egallashdan maqsad xalq diliga yo‘l topa bilishdir, 
deb biladi muallif va «agar ko‘ngillarga sevimli bo‘lishni istasang, xaloyiqning maqsadini 
so‘zla», - deydi.
1
Umuman musulmon sharqi madaniyatining salmoqli zarvaraqlarini tashkil etuvchi notiqlik 
san’ati tarixiga oid talaygina manbalar bor bo‘lsa-da, ulardan hech biri Alisher Navoiy qoldirgan 
meros kabi qimmatli va boy emas. 
Alisher Navoiy o‘z davrining buyuk mutafakkiri, so‘z ustasi bo‘lish bilan birga kishilarga 
yaxshi so‘z bilan ta’sir eta bilish san’atini juda ham qadrlovchi, ulug‘lovchi, bunday san’at 
ustalariga e’tibor qilib, ehtirom ko‘rsatuvchi bir shaxs edi. Navoiy omma o‘rtasida yaxshi 
nutqning ta’siri va tarbiyasini ham chuqur his etadi. Notiqlikdagi yaxshi va yomon tomonlarni 
ko‘ra bilish va ularni farqlay olishga chaqiradi: 
To‘tiyu shorik agar notiqdurur, 
Har biriga o‘zga bir mantiqdurur. 
Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» nomli falsafiy asarining 24-faslini «Nasihat ahli va 
voizlar zikrida» deb ataydi va bunda voizlik san’atiga, va’zga, voizga o‘z munosabatini 
bildiradi.
2
Navoiy voiz qanday kishi bo‘lishi kerakligi haqida shunday fikr yuritadi: «Voiz Haq so‘zni 
targ‘ib qilishi, Payg‘ambar so‘zidan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o‘zi Haq va 
payg‘ambar yo‘liga kirishi, so‘ngra esa nasihat bilan elni ham shu yo‘lga solishi lozim. O‘zi 
yurmagan yo‘lga elni boshlamoq - musofirni yo‘ldan adashtirib biyobonga tashlamoq va sahroda 
uni yo‘qotmoqdir. O‘zi mastning elni hushyorlikka chaqirishi - uyquchi kishining odamlarni 
bedorlikka da’vat etganiga o‘xshash bir narsadir». Demak, voiz, avvalo, o‘zi shariat va tariqat 
yo‘liga kirgan notiq bo‘lishi kerak ekan.
Navoiy nazdida, «Va’zxon shunday bo‘lishi kerakki, uning majlisiga bo‘sh kirgan odam 
to‘lib chiqsin, to‘la kirgan odam esa yengil tortib, xoli qaytsin. Voiz olim va halol ish ko‘ruvchi 
bo‘lsa, uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo‘ladi. Agar u boshqalarga buyursa-yu
o‘zi qilmasa, uning so‘zlari hech kimga ta’sir etmaydi va foyda keltirmaydi. Voiz bilimdon, 
halol ish ko‘ruvchi, sidqu sadoqat bilan faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs bo‘lishi bilan birga, xalqning 
ruhiyatini yaxshi biladigan, xalqning dardi bilan yashaydigan bo‘lishi kerak. Ana shundagina 
uning va’ziga yurak-bag‘ri g‘am-alamga, dardu tashvishlarga to‘lib kirgan kishi dardlaridan 
1
B. O‘rinboyev, А.Sоliyev. O‘sha asar. 28–29- bеtlаr. 
2
B. O‘rinboyev, А.Sоliyev. O‘sha asar. 31– bеt. 


45 
forig‘ bo‘lib, ko‘ngli bo‘shab, yengil tortib chiqadi. Qalbida ma’naviy ruhiy bo‘shliq bo‘lgan 
odam esa bunday voizning suhbatidan olam - olam ma’naviy zavq olib, ko‘ngli, shuuri fikriy 
nurga to‘lib chiqadi. 
Alisher Navoiyning muxlisi, shogirdi va do‘sti bo‘lgan Husayn Voiz Koshifiy Sharqning 
mashhur allomalaridan biri bo‘lgan. U axloq, tarix, tasavvuf, nujum (astronomiya) riyoziyot, fiqh 
sohalariga doir qirqdan ortiq asar yaratgan. Uning «Futuvvatnomai sultoniy», «Axloqi 
Muhsiniy», «Javohir ut - tafsir», kabi o‘nlab asarlari besh yuz yildan beri sharqona odob, va 
axloq dasturi sifatida yurtma-yurt, qo‘lma - qo‘l o‘qib kelinmoqda.
Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari o‘zining jozibadorligi bilan har qanday kishini jalb qila 
olgan. Aytishlaricha, uning bunday so‘z san’atidagi mahoratini Alisher Navoiy bilan birga 
Sulton Husayn Boyqaro ham yuksak baholagan va ular o‘z asarlarini aholi o‘rtasida rasmiy ijro 
etish lozim bo‘lgan paytlarda bu ishga Husayn voizni munosib ko‘rganlar. 898 (1492) - yil 8 - 
noyabr kuni buyuk shoir, Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiyning dafn marosimida Alisher 
Navoiy o‘zining bag‘ishlov she’rini o‘qib eshittirishni, shu marosimda va’z aytgan Husayn 
voizga topshirganligi buning dalilidir.
1
Alisher Navoiy o‘zining «Majolis un-nafois» asarida Xo‘ja Muayyad Mehnagiy, Mavlono 
Riyoziy, Muin voiz kabi yana bir qancha voizlar haqida ham atroflicha fikr bildiradi. 
Shuningdek, mumtoz merosimizda axloq-odob o‘rgatuvchi voizning o‘z odobi haqida ko‘p 
fikr yuritiladi. Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al - G‘azzoliyning «Oxiratnoma» asarida 
ham shunday. G‘azzoliy voizlarning voizi bo‘lib, voizlarga dastur ul-amal tariqasida pand-
nasihat aytadi. U voizning tili – nutqiga, voizning uslubiga alohida e’tibor qaratadi: «Mabodo, 
va’z o‘qitishdan boshqa ilojing qolmasa, ikki narsada ehtiyot bo‘l: birlamchi-so‘zlaring ortiqcha 
ibora-yu ishoratlar, asli puch hikoyatlaru ma’nisiz baytlar ila yasangan, ya’niki sertakalluf 
bo‘lmasin! Chunki Olloh taolo takalluf qiluvchilarga g‘azab qiladi, ularni do‘st tutmaydi. 
Haddan tashqari sertakalluflik voizning batamom xarob, qalban g‘aflatda ekanidan dalolat 
qiladi». Darhaqiqat, notiqning nutqi asosiy maqsadga qaratilgan, har qanday ortiqcha so‘z va 
iboralardan xoli bo‘lishi kerak. Aksariyat notiqlar nutqlarini sertakalluf, jimjimador so‘z va 
iboralar bilan bezashga harakat qiladilar. Ular nutqlarining chiroyli bo‘lishini istaydilar va uning 
tashqi chiroyiga zo‘r beradilar. Aslida esa nutqqa chinakam zeb beradigan narsa fikrdir. Voizni 
eshitimli qiluvchi omillardan biri hayotiy va ibratli hikoyatlar va baytu g‘azallar bilan omixta 
gapirishdir. Albatta, me’yorni unutmaslik lozim. 
O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug’ullaning o’ziga xos 
mavqega ega. 
Taniqli siyosatshunos olim Nazrullo Jo’rayev o’zining «Agar ogohsen...» nomli kitobida 
haqli ravishda yozganidek, «Sivilizatsiya dunyoning turli mintaqalarida turlicha yuz berib, 
muayyan hududlar aholisi dunyoqarashi va turmush tarziga chuqur o’rnashgan. TSivilizatsiya, 
jumladan Yunonistonda nafosat, Hindistonda din, Ovrupada moddiy texnika taraqqiyoti, 
Turonda esa axloq tarzida vujudga kelgan. Yurtimizda axloq benihoya serqamroq, qiyosi yo’q 
tushuncha sifatida ardoqlanib kelingan. Ma’nili va bejirim gapira bilish, nutqdagi ma’qul va 
noma’qul so’zlarni ilg’ay olish, so’zning orqa o’ngini, munosib o’rnini farqlay bilish, nutq odobi 
kabi fazilatlar Turonda inson umumiy axloqining ma’naviy rasoligining tayanch ustunlaridan 
sanalgan». 
Va’zxonlikning, balog’at (chechanlik, notiqlik) san’atining usuli bilan nutq oldiga 
qo’yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr 
Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg’ariy, Zamahshariy kabilar tilga, 
lug’atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag’ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa 
sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar. 
Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o’zining «Geodeziya» asarining kirish qismida 
fanlarning paydo bo’lishi va tarmoqlanib ko’payishi haqida so’z yuritib, har bir fanning inson 
hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va 
1
B. O‘rinboyev, А.Sоliyev. O‘sha asar. 34- bеt.


46 
mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. Inson nutqi o’z tuzilishi materialiga ko’ra rostni 
ham, yolg’onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko’plab munozaralarga sabab bo’ladi. Inson bu 
munozaralar jarayonida rostni yolg’ondan ajratadigan «mezon» ni yaratadi. Bu mantiq fani edi. 
Inson nutqida shubhali o’rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Olim 
mantiqni o’rganmaganlarga: «Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan 
bog’lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o’lchovi) va mantiq (logika) ni mutolaa 
qilganda edi, so’z zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bulardi», - deydi. Demak, Beruniy 
nutqning ikki xil - nasr, nazm ko’rinishi borligini ko’rsatadi. Nutqning bu turlari ma’lum 
qoidalar asosida shakllanadi. 
Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. SHakl mazmunga xizmat qilishi 
kerak. Mazmunsiz har qanday chiroyli shakl ham el orasida e’tibor qozonmaydi. Nutqning nasriy 
shaklida ham nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir. Nutq o’zining har ikki shaklida ham 
so’zlovchi o’z oldiga qo’ygan ma’noni ifodalashi shart. Olim yozadi: «So’ngra so’z mana shu 
ikki qismda (nasr va nazmda) ham so’zlovchi maqsad qilgan ma’nodan iborat bo’lib qoladi». 
Nasriy va nazmiy nutqda mazmun (ma’no) bor yoki yo’qligini bilish tuzilgan gaplarni bir-biri 
bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Bu vazifani mantiq fani o’z bo’yniga oladi. 
«Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalaning 
zarur bo’ladi. Ularning birortasiga ham ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasining 
buzilishi, qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay iloji yo’q». 
Har qanday tilning o’z grammatik qurilishi, grammatikasi, uning o’z tartib - qoidalari 
bo’lishi, bu qoidalarning shu tilda tuzilgan nutq uchun ahamiyati beqiyos bo’lgani holda boshqa 
til uchun nozarur bo’lishi mumkin. Beruniy arab tilshunosi bilan fors tilshunosi orasidagi 
munozarani keltiradi. Fors tilini arab tilidan afzal ko’ruvchi tilshunos shunday deydi: «Eganing 
raf’da ( bosh kelishikda ), to’ldiruvchining nasbda (tushum kelishigida) bo’lganidan va sendagi 
tilning boshqa sabab va ajoyibliklaridan nima foyda bor. Men arab tiliga muhtoj emasman!». 
Olim bunda munozarachi bir tomondan haq bo’lsa, boshqa tomondan nohaqligini aytadi. «Uning 
bu xitobi o’ziga nisbatan to’g’ri, lekin mutlaqo to’g’ri emas», - deydi. Bu bilan olim har bir 
tilning afzalligi o’sha tidda so’zlovchilar uchui zarur, degan fikrni tasdiqlaydi. Beruniy arab 
tiliga xos balog’at san’ati xususida so’zlaganda yuqoridagi fikrni yana bir bor tasdiqlaydi. U 
balog’a (t) (notiqlik) arablar nutqiga xosligi, bunday nutq texnikasi arablar uchun fazilat 
ekanligini bayon etadi. Arab nutqida balog’aning mavjudligi «Qur’on» targ’ibotida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Balog’a arab nutqining ziynatidir. Ammo undan foydalangan bir kishining 
yuqori mansabga erishuvi va boshqa shunday kishining kambag’allikda yashashiga balog’a 
aybdor emas, deydi, bunday xol boshqa sabablarga asoslangan bo’lib, «balog’aning fazilatini 
tushurmaydi». Boshqa tillarda balog’ani egallaganlarning obro’ topmaganligiga sabab, «balki 
balog’aning arablar tilidan boshqa tillarga ko’chirishda bozori yurishmaganidir», - deydi. 
Ulug’ Vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy (870-950) to’g’ri so’zlash, to’g’ri mantiqiy 
xulosalar chiqarish, mazmundor va tugal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning 
naqadar ahamiyati zo’rligi haqida shunday deydi: «qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, 
fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so’rash va qanday javob berish (masalasi) ga 
kelganimizda, bu haqida bilimlarning eng birinchisi jismlarga (substantsiya -narsalar) va 
aktsidentsiya (hodisalar) ga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman». 
Ikkinchi ilm grammatikadir; U jismlarga berilgan ismlarni qanday tartibga solishni hamda 
substantsiya (narsa) na aktsidentsiya (hodisa) ning joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni 
ifodalovchi hikmatli so’zlarni va nutqni qanday tuzishni o’rgatadi. 
Gapirishdan maqsad so’zlovchi ko’zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni tinglovchiga to’g’ri, 
ta’sirchan yetkazishdan iborat. SHunday ekan, nutqning to’g’riligi, ravonligi va mantiqiyligiga 
erishish muhim ahamiyat kasb etadi 
O’zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo’lgan buyuk Alisher Navoiy notiqlik san’atini 
o’z davrida yuksak darajaga ko’taribgina qolmay, nutq madaniyati nazariyasi bilan ham jiddiy 
shug’ullangan. U «Mahbubul-qulub» asarining 24 - bobini voizlikka bag’ishlagan, 
«Muhokamatul lug’atayn» va «Majolisun nafois» asarlari esa bevosita tilshunoslikning nazariy 


47 
muammolarini hal qilishga, o’zbek tilining boshqa tillar o’rtasida tutgan o’rnini belgilab berishga 
hamda o’zbek nutqi madaniyatini o’rganishga qaratilgan Navoiy ijodi tufayli o’zbek adabiy tili 
XV asrda olamga mmashhur adabiy asarlar yaratishga kodir til ekanligini namoyish qildi. Uning 
asarlari ayniqsa, gazallari o’zbek adabiy tilida nutq madaniyati amaliyotining rivojiga bebaho 
hissa bo’lib kushildi. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish