41
Sinegorlar notiqlik san’ati va huquqshunoslikdan maxsus ta’lim olgan kishilar bo‘lib, ana
shu sud jarayonidagi qatnashuvchilar hisobiga o‘z himoyalaridagi kishilardan xizmat haqi olib,
tirikchilik qiluvchi professional notiqlar edi. Shu ma’noda ularni ixtisoslashgan notiqlar, deb
aytish mumkin. Chunki sud notiqligi oldida birovni oqlash uchun ular bor bilimlarini va
mahoratlarini ishga solishga majbur edilar.
Bugina emas, ular dastavval olgan ishlarini ipidan
ignasigacha o‘rganib chiqishlari va nihoyat jonli so‘z san’atiga oid bor mahoratlarini ishga solib,
sud jarayonida yutib chiqishga harakat qilishlari lozim edi. Shuning uchun ham sinegorlar sud
notiqligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar.
Logograflar
ham sinegorlarga juda o‘xshash kishilar bo‘lib, aslida ularni ham
sinegorlardan ajralib chiqqan muayyan ixtisosli kishilar, deb aytish mumkin.
Logograflar nutq matnlarini tuzuvchi yoki yozib beruvchi kishilar edi.
Sinegorlar ham
yozib, ham himoya qilgan bo‘lsalar, logograflar ko‘proq yozib berish bilan shug‘ullanardilar.
Biroq bu ularning shaxsan nutq so‘zlashlarini istisno qilmasdi.
Bu kasb egalari o‘z ixtisosliklari taqozosiga ko‘ra huquqshunoslik, notiqlik va nutq
matnini yozishda iqtidorli kishilar bo‘lganlar. Chunki ular qonunshunos mutaxassis, ta’sirchan,
mantiqiy izchil va ishontiruvchi nutqlarning yozuvchisi, o‘rni kelganda notiq sifatida o‘z
himoyalaridagi kishilarni keng omma oldida, demokratik sud oldida oqlab chiqishlari kerak edi.
Zabardast notiqlar nutqiga o‘rganib qolgan afinaliklar va sud hay’ati oldida bu
ishni bajarish juda
mushkul bo‘lgan. SHuning uchun ham logografiya bilan eng bilimdon, zehni o‘tkir, tadbirkor
kishilargina shug‘ullanganlar. Shunisi ham borki, logografiya bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib
kelgan kishilarning ko‘pchiligi bora-bora yo yirik davlat arbobi darajasiga ko‘tarilgan yo
yaxshigina badiiy ijodkor-yozuvchi bo‘lib yetishgan.
1
Yunoniston - jahon notiqlik san’atining yirik namoyandalarini yetkazib berdi. Perikl, Lisiy,
Demosfen, Aristotel ana shular jumlasidandir.
Perikl yirik siyosiy arbobgina bo‘lib qolmay, ko‘zga ko‘ringan notiq ham edi. Perikl
nutqlarining birorta matni ham bizga qadar yetib kelmagan. Lekin uning usta, ko‘zga ko‘ringan
notiq bo‘lganligi haqida grek tarixchisi Fukidid ma’lumot beradi.
Perikl nutqi fikrning
chuqurligi, shaklning soddaligi, samimiyligi bilan, tinglovchilar ruhiyatini e’tiborga olganligi
bilan xarakterlanardi.
2
Eramizdan oldingi V asr oxiri va IV asr boshlarida yashab o‘tgan taniqli sud notiqlaridan
biri Lisiy edi. U usta logograf ham bo‘lib, o‘z himoyasidagi ayblanuvchilarga
nutq matnini
yozib berardi. Lisiyning notiqligiga xos xususiyatlardan biri hamma notiqlar uchun zarur
bo‘lgan usul-fikrni yangicha shaklga solishni juda oson egallaganligidir. U gapirishi lozim
bo‘lgan kishining xarakterini, ijtimoiy ahvolini juda ham aniq tasvirlab beruvchi nutq matnini
ishlab
chiqishga usta ediki, bu nutq faqat o‘sha so‘zlovchigagina xos bo‘lardi.
Lisiyning notiq sifatidagi ikkinchi xususiyati, hikoyachilik san’atini egallab olganligidir. U
har qanday voqelikni sodda, jonli, qiziqarli shaklda hikoya qilishga usta edi. Uning notiqlik
san’atidagi uchinchi xususiyat uslubidagi aniqlik, soddalik va tabiiylik edi.
1
Qadimgi Yunonistonning buyuk notiqlaridan yana biri Demosfendir. Demosfen
eramizgacha 384 - yilda tug‘ilib, 322 - yilda vafot etgan. U dastlab o‘zini himoya qiluvchi sud
notig‘i sifatida tanilgan. Keyinchalik u logograflik qiladi.
Demosfen notiqlik san’atini o‘rganish uchun juda ko‘p vaqt sarflaydi.
Unda jismoniy
kamchiliklar mavjud edi, ovozi past va diksiyasi yomon bo‘lgan, kifti asabiy ravishda titrab
turgan. Ma’lumotlarga qaraganda Demosfen ovozini o‘stirish uchun og‘ziga mayda toshlarni
solib, dengiz qirg‘og‘ida nutq so‘zlardi va to‘lqin shovqin - suronini bosib ketishga harakat
qilardi. Kiftning titrashidan qutulish uchun shiftga qilichni shunday ildiradiki, uning o‘tkir uchi
kiftga yaqin turadi va kifti titragudek bo‘lsa, qilichning uchi tegib og‘ritardi. Shu yo‘sinda olib
1
S.Inomxo‘jayev. O‘sha asar, 66-67-bеtlаr.
2
B.O‘rinbоyеv А.Sоliyеv. Nоtiqlik mаhоrаti. -T.: 1984. 17-bеt.
1
B. O‘rinboyev, А.Sоliyev. O‘sha asar, 18 – bеt.
42
borilgan uzluksiz mashqlar Demosfenga jismoniy kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon bergan.
Tinimsiz mehnat tufayli u mashhur notiq bo‘lib yetishdi.
Demosfen nutqi uning xarakterini aks ettiruvchi oyna edi. Undagi
kuchli vatanparvarlik
tuyg‘usi nutqlarida o‘z ifodasini topardi.
Demosfendan keyin o‘zining notiqlik talanti bilan nom chiqargan Aristotel eramizdan
oldingi 335-yilda notiqlik san’ati nazariyasi - «Ritorika» asarini yaratdi.
Bu asar uch qismdan iborat:
1. Nutq xizmat qilishi lozim bo‘lgan tamoyillar tahlili.
2. Notiq uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyat va qobiliyat.
3. Notiq nutqida qo‘llaniladigan nutq texnikasi, nutq usullari.
Aristotel nutq uslubiga alohida e’tibor beradi. Aristotelning notiq uslubi haqidagi fikrlari
hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. U notiq nutqi uslubining layoqatliligi, uning
aniqligi bilan belgilanadi, deb juda to‘g‘ri ko‘rsatadi. Agar nutq aniq bo‘lmasa, notiq o‘z
maqsadiga erisha olmaydi, tinglovchilarga keraklicha ta’sir etolmaydi.
Taniqli faylasuf, ayrim
notiqlar nutqida epitet, o‘xshatish, metafora va boshqalarning o‘rinsiz qo‘llanishini qoralaydi va
ularni to‘g‘ri qo‘llay bilish nutqning ta’sirchanligini oshirishda muhim ahamiyatga ega
ekanligini aytadi.
1
Rim notiqlik san’ati Yunon notiqlik san’atining davomi sifatida yuzaga keldi. Rimdagi
iqtisodiy va siyosiy o‘sishning xarakteri notiqlik san’atining yangi tipini yaratdi.
Yunonistonda bo‘lganidek, Rimda ham notiqlikning, asosan, uch turini ko‘rsatish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: