Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi


Zamonaviy atmosfera – vakuum sharoitda haydash qurilmalari



Download 425,83 Kb.
bet3/8
Sana11.07.2022
Hajmi425,83 Kb.
#775571
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NEFTNI ATMOSFERA–VAKUUM SHAROITIDA HAYDASH NATIJASIDA OLINGAN FRAKSIYALARNI TARKIBINI O’RGANISH

1.1Zamonaviy atmosfera – vakuum sharoitda haydash qurilmalari
Birlamchi qayta ishlash jarayonida neft va gazning fizikaviy xossalariga ko’ra fraksiyalarga ajratildi. Shunga o’xshash atmosfera – vakuum qurilmalarida neftdan benzin distillyati, dizel yoqilg’isi, kerosin, turli qovushqoqlikdagi uch moy fraksiyasi va gudron olinadi.
Qurilmada bu mahsulotlardan tashqari quruq va og’ir gazlar, siqilgan gaz (reflyuks) va yengil vakuum gazoyli ham olinadi.
Neftni qayta ishlashda atmosferali haydash qurilmasi qoldig’i-mazutni qaynash haroratiga ko’ra fraksiyalarga ajratishda yuqori harorat evaziga qoldiqning termik parchalanishi kuzatiladi. Atmosferali haydash qurilmasi qoldig’i-mazutni fraksiyalarga ajratish muammosi mazutni past bosimda haydash orqali bartaraf etiladi.
Qoldiq-mazut neftni birlamchi qayta ishlash qurilmasi rektifikatsion kolonnasi tubidan kub qoldig’i sifatida chiqarilib, vakuumli haydash kolonnasiga uzatiladi. Bunda qoldiq harorati rektifikatsion kolonna ishchi parametrlariga ko’ra qaynay boshlash harorati, ba’zida 2°S yuqori haroratda bo’ladi. Qoldiq quyi bosim va katta diametrli kolonnaga kelib tushadi. Oddiy haydashda rektifikatsion kolonnadagi bosim 1,03 atm (1,47 psi (phunt/dyuym2)) bo’lsa, vakuumli haydash 0,32—0,40 atm(4,5 – 5,5 psi)ni tashkil etadi. Past bosimda qoldiq birdaniga qaynab, tez bug’lana boshlaydi. Bug’lanishni jadallashtirish maqsadida yuqori bosimli 400 °S (770 °F) haroratli o’tkir suv bug’i kolonna pastidan kiritiladi. Bug’ qoldiqni qizdirib, kolonnadagi haroratni saqlab turadi va uglevodorodli bug’larni o’zi bilan birga kolonna yuqorisiga chiqishga undaydi. Bug’ning yana bir muhim vazifasi-kolonnadagi bosimni rostlash.
Oddiy haydash qoldig’ini vakuumda haydash – uni 540-590 °S (1000-1100 °F) haroratda atmosferali haydashga ekvivalentdir.
Vakuum kolonnada bosimni siyraklashtirish-vakuum hosil qilish kolonnaning yuqori qismida o’rnatilgan vakuum nasosi yoki, vakuum hosil qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. Vakuumli rektifikatsion kolonnadan bir necha fraksiyailar ajralib chiqadi. Yengil vakuum distillyat va og’ir vakuum distillyat ko’pincha alohida fraksiya holida olinadi. Bu ikkala vakuum distillyat surkov moylari ishlab chiqarishda bazaviy distillyat sifatida ishlatiladi.
Ayrim hollarda ularni ajratmay aksincha, ikkalasini qo’shib vakuumli haydashning yengil fraksiyasi deb, nomlanuvchi mahsulot olinadi.
Asosan yuqori molekulyar birikmalardan tarkib topgan og’ir mahsulot vakuumli haydash kolonnasining tubida qoladi va u vakuumli haydash qoldig’i – gudron deb ataladi.GUDRON (fransuz tilida- goudron) — qora smola. Neftni atmosfera bosimi va vakuum ostida haydash paytida 450—600° oraligʻida qaynab chiqadigan fraksiya qoldigʻi. Gudron neftning tabiatiga qarab uning massasining 10—45% igacha hosil boʻladi. Gudron qovushqoq suyuklik yoki qattiq asfaltsimon yaltiroq mahsulotdir. Tarkibida parafin, naften katori va aromatik uglevodorodlar (45—95%), asfaltenlar (3—17%), shuningdek, deasfaltlangan mahsulotlardan silikagelda adsorbsiyalanadigan neft smolalari (2—38%) boʻladi. Gudronning zlementar tarkibi (massasiga nisbatan % hisobida): 85—87 S, 9,3 — 11,8 N, 0,2-6,3 S, 0,2-0,7 N, 0,08-1,25 O. Bundan tashqari, Gudronda neft tarkibida mavjud boʻlgan barcha metallar konsentrlanadi; unda vanadiyning miqdori 0,046% ga, nikel esa 0,014% gacha yetishi mumkin. Neftning tabiati va undan gazoyl franksiyalarini ajratib olish darajasiga qarab Gudronning zichligi 950—1030 kg/m3 ga, kokslanishi 8—26% gacha (massa jihatidan), qotish t-rasi 12—55° gacha, oʻz-oʻzidan yonish t-rasi 29 dan 350° gacha boʻladi. Gudron yoʻl qurilishi materiali sifatida yoʻlkalar va qurilish bitumlari, oz miqdorda kul hosil qiluvchi kokslar, surkov moylari, yoqilgʻi gazlar va motor yonilgʻilari ishlab chiqarishdada qoʻllaniladi.
Vakuumli haydash qoldig’i bitum olishda yoki, qoldiq yoqilg’i olish uchun komponenti bo’lib termik kreking xom ashyosi sifatida ishlatilishi mumkin.
Qoldiqning qaynab tugash haroratini aniqlash qiyinchilik tug’dirgani sababli, qoldiqlarni tavsifli uning zichligi, qovushqoqligi va shu kabi boshqa xosalari orqali ifodalanadi.



Download 425,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish